{"id":7839,"date":"2021-11-04T15:50:57","date_gmt":"2021-11-04T12:50:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7839"},"modified":"2025-10-30T11:47:19","modified_gmt":"2025-10-30T08:47:19","slug":"zavqiy-1853-1921-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zavqiy-1853-1921-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Zavqiy (1853-1921) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Zavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o\u2018g\u2018li) (1853 \u2014 Qo\u2018qon \u2014 1921) \u2014 o\u2018zbek shoiri. Qo\u2018qondagi \u00abMadrasai oliy\u00bb va \u00abMadrasai chalpak\u00bbda tahsil olgan (1870\u201474). Maxsido\u2018zlik bilan shug\u2018ullangan. Ma\u2019lum muddat mirzalik qilgan, Xo\u2018jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, O\u2018sh, Andijon, Marg\u2018ilon shahrilarida bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tog\u2018asi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903 yil Qo\u2018qonga qaytgan. Zavqiy mumtoz o\u2018zbek adabiyoti an\u2019analarini davom ettirgan, Qo\u2018qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zavqiyning g\u2018azal, muxammas, muvashshaxlari (\u00abAylab keling\u00bb, \u00abRadifi Zavqiy\u00bb va boshqa)da o\u2018zi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuyg\u2018ularini qarama-qarshi qo\u2018yadi (\u00abYuzingni ko\u2018rsatib avval\u00bb, \u00abBodai vasling\u00bb va boshqa), kishilarni turmush go\u2018zalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zavqiyning bir qancha she\u2019rlari (\u00abKajdor zamona\u00bb, \u00abAjab zamona\u00bb, \u00abAbdurahmon shayton\u00bb va boshqa)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma\u2019muriyati himoyasida bo\u2018lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning \u00abMuncha ko\u2018p\u00bb radifli hamda \u00abAjab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi\u00bb misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19-asr boshlari she\u2019riyatidagi eng o\u2018tkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zavqiy ijodiy merosida o\u2018zbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta o\u2018rin tutadi (\u00abYangi Qo\u2018rg\u2018on qishlog\u2018i\u00bb, \u00abSuv janjali\u00bb, \u00abShohimardon sayohati\u00bb va b.). Bu asarlar Muqimiyning \u00abSayohatnoma\u00bbsi ta\u2019sirida yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yo\u2018lini davom ettirib, o\u2018zbek adabiyotida hajviy yo\u2018nalish taraqqiyotiga katta hissa qo\u2018shdi (\u00abObid mingboshi haqida hajv\u00bb va b.). Zavqiyning \u00abVoqeai qozi saylov\u00bb (1909\u201410), \u00abQahatchilik\u00bb (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. \u00abAjab ermas\u00bb radifli muxammasi 20-asr boshlari o\u2018zbek she\u2019riyatida muhim hodisa bo\u2018ldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator she\u2019rlari (\u00abTa\u2019rifi kalish\u00bb, \u00abOtim\u00bb, \u00abFonus\u00bb, \u00abSigirim\u00bb, \u00abPashshalar\u00bb va boshqa)da zaharxanda bilan kuladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning ishqiy g\u2018azal va muxammaslari o\u2018sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan (\u00abYor kelur zamona yo\u2018q, kelmasa-kelmasun netay?!\u00bb, \u00abKulbam aro, ey maxliqo, bir yo\u2018l xirom aylab keling\u00bb va b.). Zavqiyning she\u2019rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda og\u2018zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qo\u2018qon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va ko\u2018chaga Zavqiy nomi berilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o\u2018g\u2018li) (1853 \u2014 Qo\u2018qon \u2014 1921) \u2014 o\u2018zbek shoiri. Qo\u2018qondagi \u00abMadrasai oliy\u00bb va \u00abMadrasai chalpak\u00bbda tahsil olgan (1870\u201474). Maxsido\u2018zlik bilan shug\u2018ullangan. Ma\u2019lum muddat mirzalik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zavqiy-1853-1921-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7841,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7839","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7839","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7839"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7839\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163417,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7839\/revisions\/163417"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7841"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7839"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7839"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7839"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}