{"id":7852,"date":"2021-11-04T15:55:53","date_gmt":"2021-11-04T12:55:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7852"},"modified":"2025-10-30T11:47:06","modified_gmt":"2025-10-30T08:47:06","slug":"ziyovuddinxon-ibn-eshon-boboxon-1908-1982-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziyovuddinxon-ibn-eshon-boboxon-1908-1982-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908-1982) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 \u2014 Toshkent \u2014 1982.22.12) \u2014 muftiy, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon Abdumajidxon o\u2018g\u2018li qo\u2018lida, so\u2018ngra Toshkentdagi Baroqxon, Ko\u2018kaldosh madrasalarida tahsil ko\u2018rgan (1923\u201431). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini tugatgan, Makka, Madina shaharlariga ilmiy safarlar qilgan (1947).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qo\u2018mitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining o\u2018rinbosari (1943\u201457), raisi (1957\u201482) bo\u2018lgan. Toshkentda Imom Buxoriy nomidagi Islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning sa\u2019yi-harakati bilan Buxoroda Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945).<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida o\u2018tkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar o\u2018rtasida hamkorlik o\u2018rnatilishiga harakat qildi. Masjidlar bo\u2018yicha Butunjahon oliy kengashi a\u2019zosi etib saylandi (Makka, 1976).<\/p>\n\n\n\n<p>Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon diniy merosni keng targ\u2018ib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shug\u2018ullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini o\u2018zbek va rus tillariga o\u2018girgan (Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiyene, T., 1982).<\/p>\n\n\n\n<p>Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning \u00abDiyorimizda islom va musulmonlar\u00bb asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Futuhiy taxallusi bilan she\u2019rlar ham bitgan. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon xalqlar o\u2018rtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida do\u2018stlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo\u2018shganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAP ning oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998 yili tavalludining 90 yilligiga bag\u2018ishlab Toshkentda xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o\u2018tkazildi. Toshkentdagi Qaffol ash-Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan (rahmatullohi alayh).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 \u2014 Toshkent \u2014 1982.22.12) \u2014 muftiy, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon Abdumajidxon o\u2018g\u2018li qo\u2018lida, so\u2018ngra Toshkentdagi Baroqxon, Ko\u2018kaldosh madrasalarida tahsil ko\u2018rgan (1923\u201431). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziyovuddinxon-ibn-eshon-boboxon-1908-1982-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7854,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7852","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7852","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7852"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7852\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163413,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7852\/revisions\/163413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7854"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7852"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7852"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7852"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}