{"id":7909,"date":"2021-11-04T18:50:05","date_gmt":"2021-11-04T15:50:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7909"},"modified":"2021-11-04T18:50:06","modified_gmt":"2021-11-04T15:50:06","slug":"gozal-ayollar-uchun-moda-olami-42-maslahat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozal-ayollar-uchun-moda-olami-42-maslahat\/","title":{"rendered":"Go&#8217;zal ayollar uchun moda olami (42 maslahat)"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Doimo go&#8217;zal va betakror ko&#8217;rinishni istaganlar uchun moda haqida EVELINA XROMCHENKOdan 42 maslahat!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Teri rang tuflilar har bir ayolning garderobida bo&#8217;lishi shart!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Moda olamida stil bo&#8217;yicha 42 maslahat.<\/h2>\n\n\n\n<p>1. Garderobingizda albatta teri rang (tabiiy rang) tufli bo&#8217;lishi shart. Ular barcha milliy va zamonaviy liboslaringizga mos tushadi, hamda bo&#8217;yingizni balandroq ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Yana bir must have &#8211; bir qancha oq, yoqali ko&#8217;ylaklar. Qomatingizga mos erkaklar bichimidagi ko&#8217;ylak chiroyli ko&#8217;kraklaringizni, belingiz va bo&#8217;ksalaringizni ifodaliroq ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>3. Garderobingizda albatta &#8220;o&#8217;zim uchun&#8221; komplekt kiyimingiz bo&#8217;lsin. Uni siz ko&#8217;ngil yozish uchun, do&#8217;stlar bilan uchrashuvlarga kiysangiz bo&#8217;ladi. Hotirjam ranglar, qomatingizni ifodalamaydigan qavat qavat kiyim &#8211; sizning o&#8217;zingizni qulay sezishingiz uchun xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Albatta qora klassik shim, V kesimli qora jiddiy jemper va qora jiddiy qulay poshnali lodochka tuflilar harid qilib oling. Shim ustingizda qomat bo&#8217;yicha turishi kerak, jemper bo&#8217;lsa, bo&#8217;yningizni ifodaliroq ko&#8217;rsatadi. Bu obrazni ko&#8217;p marotaba har xil aksessuarlar bilan o&#8217;zgartirsa bo&#8217;ladi va har safar obraz yangi va juda go&#8217;zal ko&#8217;rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Kamarchali tuflilar tanlaganda ehtiyot bo&#8217;ling!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>5.&nbsp;Yodda tuting, oyoq kiyimdagi belbog&#8217; va kamarlar oyoqlarni kalta ko&#8217;rsatadi.&nbsp;Klassik lodochkalar esa qomatingizni uzunlashtiradi. Buni ayniqsa bo&#8217;yi baland bo&#8217;lmagan ayollar yodda tutishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Garderobdagi bir xil rang, andoza va stildagi kiyimlar &#8211; zerikarli! Haqiqiy urfdagi ayol rango-rang kiyinishi kerak &#8211; har xil stil, har xil kiyim, oyoq kiyim va aksessuarlar.<\/p>\n\n\n\n<p>7. Bir xil tondagi obraz qoidasi &#8211; yorqin rangdagi aksessuar va makiyaj bo&#8217;lishi kerak. Aksentni oyoq kiyim, sumka, brosh va ro&#8217;molga bersangiz bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>8. Bir xil rangdagi tunika va sumka &#8211; faqat soxil bo&#8217;yi uchun. Bu komplektda oyoqlar ko&#8217;rinib turadi, vyetnamka, hashakdan katta sumka va katta quyoshga qarshi ko&#8217;zoynaklar bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Yorqin tuflilar tanlaganda.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>9. Garderobingizda hech bo&#8217;lmasa bir juft poshnali oyoq kiyim bo&#8217;lishi shart. Poshnalar ayol kishiga ozgina muvozanatsizlik beradi. Bu esa erkaklarni jalb etadi va erkaklar ayolga ustun bo&#8217;lgisi keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>10. Yorqin rangdagi libos kiysangiz, libosdan e&#8217;tiborni tortmaslik uchun ko&#8217;zga tashlanmaydigan sodda turmak qiling.<\/p>\n\n\n\n<p>11. Kamarchali yorqin tufli harid qilsangiz, to&#8217;pig&#8217;i ochiq andozali tufli tanlang.<\/p>\n\n\n\n<p>12. Yodda tuting, agar ustki kiyimlaringiz hajmli katta bo&#8217;lsa, pastki kiyimlaringiz albatta yengil bo&#8217;lishi kerak. Muvozanat saqlang!<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ochiq yorqin kiyimlaringiz bo&#8217;lsa.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>13. Yorqin, noodatiy va ochiq narsalarni faqat issiq o&#8217;lkalardagi dam olish maskanlarida kiysangiz, maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi va juda go&#8217;zal ko&#8217;rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>14. Yorqin ko&#8217;rinishni hoxlasangiz, dekolte qismingizni oching, qomatingiz bo&#8217;yicha turadigan va bo&#8217;yingizni uzunlashtiradigan shim kiying hamda qiziqarli aksessuarlar qo&#8217;shing. Kundalik ko&#8217;ylak bilan esa klatch, katta quyoshga qarshi ko&#8217;zoynak va yorqin ipak ro&#8217;mol juda chiroyli ko&#8217;rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>15. Oyoq orasidagi chizig&#8217;i tushurilgan, urfdagi shimlardan qo&#8217;rqish kerak emas. Ular bo&#8217;yni pasaytiradi degan fikr bo&#8217;lsa ham, qomatni juda chiroyli ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>16. Merilin Monroning o&#8217;ziga rom qiluvchi noz-karashmali qadam bosishini takrorlash mumkin. Buning uchun tizzadan ozgina pastroq uzunlikdagi, qadam bosishga noqulaylik tug&#8217;diruvchi yubka kiyish kifoya.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Och rangdagi yubkalar hammaga ham to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>17. Och rangdagi, masalan qaymoq rangdagi yubkalarni bo&#8217;yi baland, qomati kelishgan honimlar kiygani ma&#8217;qul.<\/p>\n\n\n\n<p>18. Atrofdagilarni e&#8217;tiborini tortish oson: lablaringizni yorqin lab bo&#8217;yog&#8217;i bilan bo&#8217;yang, katta quyoshga qarshi ko&#8217;zoynaklar taqing va yorqin sumka tutib oling.<\/p>\n\n\n\n<p>19. Palto qomatga mos bo&#8217;lishi shart emas. Bu ustki kiyim, demak u keng bo&#8217;lishi ham mumkin.20. To&#8217;la bo&#8217;ksalarga tizzadan pastroq uzunlikdagi ko&#8217;ylaklar va yubkalar yarashadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Pidjak kiyganda.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>21. Dekolte qismingizni chuqur kesimli pidjak bilan ko&#8217;rsatmoqchi bo&#8217;lsangiz, albatta kontrast rangdagi top kiying.<\/p>\n\n\n\n<p>22. Garderobingizda hayotingizdagi har bir hodisa uchun kiyim bo&#8217;lishi darkor. Bu uy uchun, haridlar uchun, ish uchun, tadbirlar uchun kiyimlardir. Bu barcha milliy va zamonaviy liboslar hodisalarga mos, sizga yarashib turadigan bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>23. To&#8217;la ayollar kamchiliklarni berkituvchi qora rangdagi liboslar kiyishlari mumkin. Ammo yutuqlarni ko&#8217;rsatish ham kerak. Bunda bir necha yorqin elementlar qo&#8217;shsa bo&#8217;ladi, masalan ko&#8217;krak sohasida.<\/p>\n\n\n\n<p>24. Agar libosning tepa qismi yengiltakroq bo&#8217;lsa, past qismi ham shu uslubda bo&#8217;lishi darkor.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bo&#8217;yingiz past bo&#8217;lsa.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>25. Kichik ayollar bo&#8217;yin va dekolte sohasini ochganlari ma&#8217;qul. Tugmachali liboslarni esa tugmachasini bo&#8217;yingacha taqmang.<\/p>\n\n\n\n<p>26. Yirik ayollar katta sumka tutmaganlari ma&#8217;qul, bo&#8217;lmasa yanada hajmli ko&#8217;rinadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>27. Zerikarli va aksessuarlarsiz komplektlardan qo&#8217;rqing.<\/p>\n\n\n\n<p>28. Bir tekis va tabiiy rangga bo&#8217;yalgan sochlar doim urfda bo&#8217;ladi. Melirovaniye va rang barang soch bo&#8217;yoqlarini unuting.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Moda olami &#8211; eng optimal obraz!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>29. Eng zamonaviy va urfdagi har kun uchun mo&#8217;ljallangan komplekt bu &#8211; yelka sohasida aniq bichilgan oddiy palto, qalam yubka, lodochka tufli.<\/p>\n\n\n\n<p>30. Yozuvli yoki ko&#8217;z qo&#8217;yilgan manikyur &#8211; didsizlikka kiradi. &#8220;<strong>Tirnoq dizayni<\/strong>&#8221; deb atalgan manikyur umuman didsiz va urfda emas.<\/p>\n\n\n\n<p>31. Jinsi shimlar tekkis, korreksiya qiluvchi bo&#8217;lishi kerak. Ular qomatni yaxshilashi, oyoqlarni uzunroq ko&#8217;rsatishi kerak. Kashtali, yaltiroq va to&#8217;rli jinsilarni unuting.<\/p>\n\n\n\n<p>32. Siyoh rang bilan shisha yashil rang, sovuq pushti rang, kulrang, qaymoq rang, moviy rang, och siyoh rang va xatto qizil ranglar juda mos.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bluzka matosiga ham e&#8217;tiborli bo&#8217;ling!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>33. Top va bluzkalar yetarlicha qalin bo&#8217;lishi kerak. Ularda chuqur dekolte va ochiq yeng bo&#8217;lishi mumkin, ammo ichingiz ko&#8217;rinishi kerak emas.<\/p>\n\n\n\n<p>34. Agar past qismingiz hajmli bo&#8217;lsa, sizga bo&#8217;ksa qismi qalin keng shimlar va qalam yubkalar yarashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>35. Bir komplektda gulli naqshni bir necha marta takrorlamang, masalan ham yubkada ham bluzada.<\/p>\n\n\n\n<p>36. Klassik libos harid qilayotganizda, o&#8217;lchamingizga ahamiyat bering, huddi o&#8217;zingizniki bo&#8217;lsin. Klassika bekamikost bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ko&#8217;rinadigan kiyimlarni kiymang!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>37. Yarim ko&#8217;rinadigan zamonaviy yozgi liboslar qomatingizni hunuk ko&#8217;rsatadi va behayo ko&#8217;rinadi. Ammo bunday libosni juda ham yaxshi ko&#8217;rsangiz, ustidan albatta hushbichim jaket kiying.<\/p>\n\n\n\n<p>38. Yungli kiyimlar sochingiz bilan uyg&#8217;un bo&#8217;lmasligi darkor. Bu kulgili ko&#8217;rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>39. Kechki tadbirlar uchun libosda faqat bir narsa yaltirashi mumkin, yoki ko&#8217;ylak, yoki aksessuarlar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tekkis tagcharmli oyoq kiyimlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>40. Oyoq kiyimdagi tekkis tagcharm &#8211; uy bekalari va boylarning belgisidir. Agar siz u toifaga ham bu toifaga ham kirmasangiz, baland poshna kiying.<\/p>\n\n\n\n<p>41. To&#8217;la qizlarga beldan past bichilgan jinsilar kiyish mumkin emas, ular qomatni kaltalashtiradi. Yaxshisi, klassik bichimdagi jinsi, turli xil ko&#8217;ylak va yubkalar tanlagan ma&#8217;qul.<\/p>\n\n\n\n<p>42. Agar sizga bayramona ko&#8217;rinish kerak bo&#8217;lsa, o&#8217;zingiz bilan katta sumka olmang, xatto rang va bichim bo&#8217;yicha to&#8217;g&#8217;ri kelsa ham. Yaxshisi hoxlagan shakldagi klatch yoki kichik sumka tutganiz ma&#8217;qul.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Doimo go&#8217;zal va betakror ko&#8217;rinishni istaganlar uchun moda haqida EVELINA XROMCHENKOdan 42 maslahat! Teri rang tuflilar har bir ayolning garderobida bo&#8217;lishi shart! Moda olamida stil bo&#8217;yicha 42 maslahat. 1. Garderobingizda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozal-ayollar-uchun-moda-olami-42-maslahat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7910,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-7909","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maslahatlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7909","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7909"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7909\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7911,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7909\/revisions\/7911"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7909"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7909"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7909"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}