{"id":7928,"date":"2021-11-05T09:54:46","date_gmt":"2021-11-05T06:54:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7928"},"modified":"2021-11-05T09:54:47","modified_gmt":"2021-11-05T06:54:47","slug":"kiyinish-madaniyati-tarbiya-orqali-shakllanadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kiyinish-madaniyati-tarbiya-orqali-shakllanadi\/","title":{"rendered":"KIYINISH MADANIYATI TARBIYA ORQALI SHAKLLANADI"},"content":{"rendered":"\n
…Xo\u2018sh, aslida ham \u00abmoda\u00bb yoshlarimizni buzayaptimi? Ularning milliy an\u2019analarimizga xos kiyinishlariga nima to\u2018sqinlik qilayapti? Yoki modani taqiqlash kerakmi? Umuman, moda tushunchasi nima? Ularning tashabbuskorlari kim? Kiyinish madaniyati o\u2018zgarishi yoki buzilishiga faqat yangilikka o\u2018ch yoshlar sababchimi? …
Libos \u2013 inson ziynati. Davrlar, zamonlar yangilangani sari liboslar o\u2018zgarib boradi. Bir-biridan rang-barang, uzun-kalta, tor-keng, dabdabali-ko\u2018rimsiz, qimmat-arzon liboslar. Ko\u2018pchilik uchun bu liboslarning yarashgani, o\u2018ziga munosibligi, yoshiga, qomatiga, kiyadigan davrasiga to\u2018g\u2018ri kelish-kelmasligi muhim emas. Yangi chiqqan narsa, albatta, kiyilishi kerak, tamom. \u00abModa\u00bbning talabi shu.
So\u2018nggi paytlarda yoshlarimizning kiyinish madaniyati haqida juda ko\u2018p gapirilyapti. Ularning aksariyatida yoshlar sha\u2019niga nisbatan keskin, e\u2019tirozli fikrlar bildirilayapti. Ayrim yigit-qizlarning ko\u2018r-ko\u2018rona moda izidan quvishi, ularning kiyinishi milliy an\u2019analardan uzoqlashayotgani, tor, kalta, ochiq kiyimlarga qiziqish borgan sari ortayotgani, bu odatlar o\u2018zbekchilikka zidligi tan\u00adqid ostiga olinmoqda. Albatta, bunday munosabatda jon bor. Haqiqatan ham oxirgi vaqtlarda yoshlarning kiyinishi mislsiz darajada o\u2018zgardi. Vaziyatning bunday tus olishi kishini o\u2018ylantiradi.
Xo\u2018sh, aslida ham \u00abmoda\u00bb yoshlarimizni buzayaptimi? Ularning milliy an\u2019analarimizga xos kiyinishlariga nima to\u2018sqinlik qilayapti? Yoki modani taqiqlash kerakmi? Umuman, moda tushunchasi nima? Ularning tashabbuskorlari kim? Kiyinish madaniyati o\u2018zgarishi yoki buzilishiga faqat yangilikka o\u2018ch yoshlar sababchimi? Mazkur muammoga oydinlik kiritish maqsadida fikr-mulohazalarimizni aytib o\u2018tsak.<\/p>\n\n\n\n
Avvalo, kiyim-kechak inson hayotida qanday rol o\u2018ynaydi? Savolning bunday qo\u2018yilishi bejiz emas. Chunki har bir inson o\u2018zi kiyayotgan kiyimning foyda-zararini, qanday matodan tikilganini, kerak bo\u2018lsa, tarixi va ahamiyatini bilishi lozim. Hech kim hech qachon to\u2018g\u2018ri kelgan matoni ustiga ilib ketavermaydi. Kiyinishning inson ruhiyati, fe\u2019l-atvori, kayfiyati, tarbiyasi, did-farosati bilan bog\u2018liq jihatlari bor. Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlash joizki, kiyinish, shuning\u00addek, urf ham o\u2018z-o\u2018zidan paydo bo\u2018lmagan. Kishilik jamiyatida kiyim-libos qachon paydo bo\u2018lganligi haqida yakuniy to\u2018xtamga kelinmagan.
Dastlab teri va jundan mato to\u2018qish va tikishni o\u2018rgangan odamzod, keyinchalik paxta va ipak tolalarining paydo bo\u2018lishi bilan liboslarga qulaylik va go\u2018zallik baxsh etdi. Demak, inson tafakkurining rivojlanishi uning libosiga ham madaniylikni olib kirdi.
Ajdodlarimizning kiyinish madaniyatiga nazar solsak, liboslari, zebu ziynatlari o\u2018ziga xos, rang-barang bo\u2018lganligini ko\u2018ramiz. Umuman, har bir davr libosi\u2014o\u2018sha zamon madaniyatining ma\u2019lum ma\u2019nodagi ko\u2018zgusi hisoblangan. Ya\u2019ni, libosga qarab har bir davr kishilarining kiyinish odobi, madaniyati xususida fikr yuritish mumkin. Qolaversa, bir mamlakat yoki millatning kiyinish madaniyatida boshqa bir xalq madaniyatining ta\u2019siri, albatta, seziladi.
Vaqt o\u2018tib, faqat liboslargina emas, shu bilan birga bosh kiyim, poyabzal, zebu ziynatlar, soch turmaklash, pardoz qilish \u2014 hammasi birgalikda kostyum ansambliga aylandi. \u00abKostyum\u00bb so\u2018zi frantsuz tilidan olingan bo\u2018lib, inson tashqi ko\u2018rinishining, kiyinishning butun bir tizimi \u2014 sistemasini anglatadi. Ana shu kostyumlar bugungi kunda ma\u2019lum shaxslar, ijodkorlar, ya\u2019ni modelerlar, libos dizaynerlari tomonidan yaratiladi. Bu kostyumlar ham ijod mahsuli hisoblanadi. Hozirgi paytda liboslar sanoati bilan shug\u2018ullanuvchi \u00abKristian dior\u00bb, \u00abVersache\u00bb, \u00abPol Makkarti\u00bb, \u00abShanel\u00bb kompaniyalarining mahsulotlari dunyo bozorida eng yuqori o\u2018rinlarni egallaydi. Uni urfga, odatda el nazariga tushgan kishilar, ya\u2019ni kiyim namoyish qiladigan manekenlar, mashhur artistlar, qo\u2018shiqchilar, sportchilar olib kiradilar. Boshqalar, ayniqsa, shunday kishilarning ixlosmandlari o\u2018z-o\u2018zidan ularga ergashadilar. Qarabsizki, o\u2018sha kiyim rusumi ko\u2018chaga chiqadi. Misollarga murojaat qilsak, Rossiya estrada yulduzi Alla Pugachevaning kiygan liboslari yoki soch turmaklashi 70\u201480-yillarda butun ayollarning urfi-modasi bo\u2018lgan yoki Madonna, Patrisiya Kass, Uitni Xyuston, Britni Spirs kabi qo\u2018shiqchilarning kiyinishlariga Yevropa va Amerikada e\u2019tibor katta. Basketbolchi Maykl Jordan, futbolchi Ronaldo, qo\u2018shiqchilar Tarkan, Sting yoki boshqalar kiygan kiyim tez orada yoshlar orasida urfga aylanadi.
Uzoqqa bormaylik, o\u2018zimizda ham shunday holatlarni kuzatish mumkin. Qo\u2018shiqchilar, ayniqsa, bu borada haqiqiy \u00abjarchilar\u00bbdir. Ularning kiygan kiyimlari, soch turmaklashlari tez orada muxlislar tomonidan o\u2018zlashtiriladi. Xulosa qiladigan bo\u2018lsak, ma\u2019lum bir davrda paydo bo\u2018lgan va urfga aylangan kiyinish uslubi bu \u2014 modadir.
Modani ikkiga bo\u2018lish mumkin. Birinchisi, tor doirada, ya\u2019ni mahalla, qishloq, shahar \u00admiqyosida hamda ikkinchisi, keng doirada mamlakat, dunyo miqyosidagi modalar. Tor doiradagi liboslarda milliy o\u2018ziga xoslik ustun bo\u2018ladi. Keng doirada, ya\u2019ni butun dunyoda urf bo\u2018lgan kiyinish ma\u2019lum mamlakatda paydo qilinsa-da, unga boshqa mamlakatlarning ta\u2019siri ham bo\u2018ladi.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda paydo bo\u2018layotgan har qanday liboslar, kostyumlar tez orada dunyo miqyosida urfga aylanyapti. Buning sababi nimada? Buning ikkita sababi bor. Birinchisi, urfga aylanayotgan kostyumni targ\u2018ib qiluvchi vositalarning hozirgi paytda kuchli taraqqiy etgani, ya\u2019ni sun\u2019iy yo\u2018ldoshlar, ommaviy axborot vositalari, internet orqali jahonda paydo bo\u2018layotgan kiyinish yangiliklari haqida axborotga ega bo\u2018lish. Ikkinchisi, hozirgi paytda erkinlikka intilish hamda madaniyatlarning o\u2018zaro yaqinlashuv jarayoni bilan bog\u2018liq. Muammolar umumiylashmoqda. Bu hodisa o\u2018z navbatida madaniyatga ham ta\u2019sir qilmay qolmaydi. Masalan, Braziliyada paydo bo\u2018lgan kiyinish G\u2018arbda ham, Sharqda ham bir xil qabul qilinayapti.
Bugungi yoshlarimiz juda qiziquvchan, yangilikka o\u2018ch. Ular har bir voqea-hodisani e\u2019tiborsiz qoldirmaydilar. Ayniqsa, dunyoda paydo bo\u2018layotgan modalar hamisha ularning diqqat markazida.
…Farzandlarim bilan bozorga kiyim-kechak xarid qilgani borgandik. Kichik o\u2018g\u2018lim tinmay Amerika bayrog\u2018i yoki burgut va yoxud boshqa timsollar aksi tushirilgan to\u2018rtburchak kichkina ro\u2018moldan (\u00abpandu\u00bb, deb nomlanar ekan) olib bering, deb xarxasha qilaverdi. \u00abO\u2018g\u2018il bola ro\u2018molni nima qiladi\u00bb, desam, \u00abShohruh repper ro\u2018mol o\u2018rab ustida kepka kiyib yuradi\u00bb deydi. Jahlim chiqdi. Ammo ikki kundan keyin o\u2018g\u2018limning maktabiga bayram tadbiriga borsam, sinfdosh o\u2018rtoqlari bozorda ko\u2018rgan ro\u2018moldan o\u2018rab, ustidan kepkani bostirib, qo\u2018llariga qo\u2018lqoplarni kiyib, ashula aytishdi. Hech narsaga tushunmadim. Lekin bolalarning qiliqlari, o\u2018zlarini tutishlarini ko\u2018rib, kattalar kulishdi. Nahotki, bayram tadbirini tayyorlagan ustozi uning mazmuni, ta\u2019siriga e\u2019tibor bermagan bo\u2018lsa? Demak, kiyimning ahamiyati, mazmunini bolalarimizga biz ota-onalar, ustozlari tushuntirishimiz kerak ekan.
Qayd etish kerakki, modalarning rivojlanishi va tarqalish darajasi baland. Eng qizig\u2018i, modalar bir mamlakatdan ikkinchisiga emas, balki bir paytning o\u2018zida dunyoga tarqalayapti. Bu albatta, tsivilizatsiyaning natijasidir. Ammo tsivilizatsiyaning ta\u2019siriga ko\u2018r-ko\u2018rona tushib qolmaslik kerak. Balki uni qabul qilishda ham did, fahm-farosat va bilim zarurdir.
Ko\u2018chadagi yoshlarga e\u2019tibor bersangiz, masalan, qizlarimiz egnida tor shim, ochiq koftalar, uzun-tor yoni ochiq, etagi keng, kalta yubkalarni ko\u2018proq kiyishayapti. Yigitlarimiz esa oq, qizil, alvon, yashil rangli shim, turli xil yengi bor, yengi yo\u2018q maykalar, tizzasidan yuqorida shortiklar kiyishadi. Muammo shundaki, ko\u2018pchilik yoshlarimiz qaysi joyda qanday kiyimni kiyish kerakligi, o\u2018zining bo\u2018y-bastiga nima ko\u2018proq yarashishi mumkinligi haqida o\u2018ylamaydilar ham.
Agar har bir inson o\u2018zining bo\u2018yi, gavda va yuz tuzilishi, sochi, ko\u2018zi, terisining rangini, qomatiga nima yarashishini bilsa, ko\u2018r-ko\u2018rona modaning ketidan quvmaydi. Qolaversa, bu sohada ularga yordam beradigan mutaxassislar bor. Ular yangi mavsumiy kiyimlarni reklama qilishda yoki modalar haqida matbuot, radio, televidenie orqali chiqishlarida yuqoridagi me\u2019yorlarni hisobga olib tavsiyalar beradilar.
Yoshlarimiz kiygan kiyimlari ularning muomalasi, yurish-turishi, xatti-harakatlari, o\u2018zini tutishi, og\u2018izlaridan chiqayotgan so\u2018zlariga ham ta\u2019sir etmay qolmaydi. Natijada, ba\u2019zan noo\u2018rin so\u2018zlar, xatti-harakatlar jamoatchilik orasida norozilik kayfiyatini uyg\u2018otadi. Har bir shaxs oilada kamol topadi. Uning atrofida tergaydigan ota-onasi, buvi-bobosi, amma-xolasi bor. Ammo ba\u2019zan ular o\u2018zlari o\u2018rtoqlaridan qolmasin, deb qizlariga tor shim, kalta yubka yoki yelkasi, qorni ochiq kiyimlarni kiyishga izn berayotgan ekan, demak, bu borada faqat yoshlarni ayblash adolatdan emas. Qolaversa, ma\u2019lum ma\u2019noda oiladagi, maktabdagi muhit ham bunga sababchi. Aynan oilaning o\u2018zi shunday kiyimlarni kiyishni, \u00abzamonaviy\u00bb bo\u2018lishni talab qilishi afsuslanarlidir.
…Bir o\u2018zbekona tarbiya ko\u2018rgan qiz o\u2018zga xonadonga kelin bo\u2018lib tushdi. Bu xonadon a\u2019zolari o\u2018ta \u00abzamonaviy\u00bb ekan. Qiz uyda atlas ko\u2018ylak-lozim kiyib yurganda miyig\u2018ida kulishibdi. Bundan uyalgan yostiqdoshi esa unga sport kostyumi sovg\u2018a qilib, \u00abUyda shunday yur\u00bb debdi. Qizning ne-ne orzu-havaslar bilan tiktirgan sarpolari javonda taxi buzilmay qoldi. Uydan ko\u2018chaga chiqqanlarida tor shim, kalta yubka, mehmonga, tomoshalarga borganda yelkasi ochiq ko\u2018ylaklar kiyishga o\u2018rgatishdi. Dastlab bularning hammasi unga erish tuyulib, onasiga yuragini yordi. Onasi ham \u00abBolam, oilang, turmushingning tinchligini o\u2018yla, endi biz senga xo\u2018jayin emasmiz, endi kuyov nima desa, shuni qilasan-da\u00bb dedi. Shu-shu qiz ham \u00abmoda\u00bbda kiyinadigan bo\u2018ldi. Shunga qarab avval bir gapni gapirishga iymanadigan qiz, hech narsadan tap tortmaydigan, xonasi kelsa, so\u2018kib yuboradigan bo\u2018ldi.
\u00abModa\u00bbda kiyinishga qarshi bo\u2018lganlar jon kuydirib bunday holatga chek qo\u2018yish, o\u2018quv muassasalarida taqiqlash lozimligini kuyinib aytadilar. Modani taqiqlash mumkinmi? Inson tabiatida taqiqlangan narsaga qiziqish kuchli bo\u2018ladi. Ota-onasi taqiqlasa ham bola avval shuni qilib ko\u2018radi. Yomon tomoniga guvoh bo\u2018lgach, bu ishdan o\u2018zini tortadi. 70-yillarda ba\u2019zi oliy o\u2018quv yurtlarida kalta kiyishni taqiqlash hollari bo\u2018lgan. Shuningdek, yaqingacha Toshkent davlat texnika universiteti qoshida malayziyaliklar bilan hamkorlikda ochilgan \u00abMenejment\u00bb fakultetida ham o\u2018quv dargohiga yigitlar krossovka yoki jinsida, qizlar kalta yubka yoki jinsida kelishlari man qilingan. Ammo bugungi yoshlarimiz bunga ko\u2018nadimi? Man qilishdan ko\u2018ra yoshlarga tushuntirish, ularning didi, fahm-farosatini tarbiyalash ko\u2018proq ijobiy natijalar bermaydimi? Shundan keyingina tanlash huquqini yoshlarning o\u2018zlariga qo\u2018yish kerakdir, balki. Muhimi, bu borada ota-onalar ham farzandlarini tushunib, o\u2018zlarini ularning o\u2018rinlariga bir zum qo\u2018yib ko\u2018rsalar, yomon bo\u2018lmasdi. To\u2018g\u2018ri, inkor qilmaymiz, me\u2019yor buzilgan. Shu ma\u2019noda, milliy liboslarimiz noyob namuna sifatida faqat ma\u2019lum bir davralar\u00adda, aytaylik, bayramlar, to\u2018ylarda kiyiladi. Shunda ham zamonaviy tus bergan holda, albatta. Ayniqsa, bu poytaxtda juda bilinadi. Viloyatlar, tumanlar, qishloqlar nisbatan kichkina hudud bo\u2018lganligi, hamma bir-birini tanigani bois, odamlar har holda andisha qiladilar.
Yoshlikning o\u2018zi go\u2018zal. Bugungi yoshlarimizning g\u2018arb modasiga mukkasidan ketayotgani, ular milliy kiyinish an\u2019analarini unutdilar, degani emas. O\u2018zbegimizning milliy iftixori bo\u2018lgan atlasga hamisha e\u2019tibor katta. U bizda hech urfdan tushmaydi. Shu bilan birga yaqin-yaqingacha unutilgan adras, banoras, beqasam matolar yana urfga kiryapti. Bu quvonchli hol, albatta. Hozirda bu matoga qiziqish ortdi. Zamonaviylik hamda milliy uyg\u2018unlik aks etgan andozalarda tikilgan liboslar qizlarimiz husniga yana ham ko\u2018rkamlik baxsh etadi. Bu matolarni faqat to\u2018yu tantanalarda emas, ish sharoitlari uchun ham moslashtirish niyatida mutaxassislarimiz izlanmoqdalar. Ularning namunalari yoshlarimizning egnida paydo bo\u2018lganligi hali bu borada yangi-yangi milliy libos rusumlari yaratilishiga umid uyg\u2018otadi.
Faqat modada kiyinish zamonaviylikni bildirmaydi. Zamonaviylik avvalo insonning ichki va tashqi dunyosini zamonga uyg\u2018unlashtirish demakdir. Shu ma\u2019noda har bir kostyum, libosning o\u2018z mazmuni bor. Uning to\u2018g\u2018ri tanlanishi, atrofdagilar tomonidan iliq qabul qilinishi ham urfni belgilaydi. Shu bilan birga kishining kayfiyati, qanday ish bilan shug\u2018ullanishida ham kostyum kiyishning o\u2018rni bor. Shu o\u2018rinda milliy me\u2019yor masalasiga to\u2018xtalmoq joiz, deb o\u2018ylaymiz. Barcha rivojlangan davlatlarda oiladan tashqari maktabda, o\u2018quv yurtlarida insonning turli davralarda o\u2018zini tutishi, muo\u00admalasi, buyumlarning ishlatilishi, o\u2018zi uchun munosib ki\u00adyimni tanlash borasida maxsus bilimlar beriladi. Bizda bunday bilimlar maktablarda \u00abOdobnoma\u00bb, \u00abOila psixologiyasi\u00bb, oliy o\u2018quv yurtlarida \u00abEtika\u00bb, \u00abEstetika\u00bb singari fanlarda umumiy o\u2018rgatiladi. Vaholanki, bu fanlarni har birining o\u2018z vazifasi bor. Aytmoqchi bo\u2018lganimiz, yoshlarning modaga ruju qo\u2018yishi, ochiq-sochiq kiyinishini faqat tanqid qilish, yomonlash bilan cheklanib qolmay, uning oldini olish choralarini, yaxshi tomonga o\u2018zgartirish yo\u2018llarini izlash lozim.
Har kimning kelbatiga yarasha didi, fahm-farosati ham bor. Eng zaruri, ana shu didni, fahm-farosatni to\u2018g\u2018ri tarbiyalay bilish kishini bezaydi, yanada xushsurat qilib ko\u2018rsatadi. Tarbiyalaydigan esa, jamoatchilik, ya\u2019ni sizu biz \u2014 barchamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"