{"id":8001,"date":"2021-11-05T14:18:57","date_gmt":"2021-11-05T11:18:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8001"},"modified":"2025-10-30T12:10:29","modified_gmt":"2025-10-30T09:10:29","slug":"komil-yashin-1909-1997-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komil-yashin-1909-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Komil Yashin (1909-1997) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil No\u2018monov) 1909 yil 25 dekabr kuni Andijon shahrida tug\u2018ildi. O\u2018rta maktabni tugatgach, 1925 yili Leningradga borib, O\u2018rmon xo\u2018jaligi institutiga o\u2018qishga kiradi. So\u2018ngra maktabda o\u2018qituvchilik qiladi. 1930\u20141936 yillarda Yashin O\u2018zbek Davlat muzikali drama teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949 yillarda O\u2018zbekiston Xalq Komissarlari qoshidagi San\u2019at ishlari boshqarmasida boshliq vazifalarini ado etadi. U yigirma yildan ortiq vaqt davomida (1958\u20141980) O\u2018zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi.&nbsp; Oybek vafotidan so\u2018ng (1968) \u00abO\u2018zbek tili va adabiyoti\u00bb jurnaliga muharrirlik ham qildi. U O\u2018zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a\u2019zosi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashinning ijodiy faoliyati 1925 yildan boshlanadi. Bu yillarda uning she\u2019r va ocherklari vaqtli matbuotda ko\u2018rina boshlaydi. Shoirning \u00abQuyosh\u00bb (1930), \u00abKurash\u00bb (1931), \u00abKomsomol\u00bb (1933) she\u2019riy to\u2018plamlariga kirgan asarlarida mehnatkash xalq hayotida sodir bo\u2018layotgan yangiliklar, yoshlar taqdiri va kelajagi haqidagi g\u2018oyalar o\u2018z ifodasini topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning birinchi dramatik asari \u00abIkki kommunist\u00bb 1929 yilda sahnaga qo\u2018yildi. U qishloqlarni jamoalashtirish davrida \u00abO\u2018rtoqlar\u00bb (1930) va \u00abYondiramiz\u00bb (1931) pesalarini yozdi. Yashinning \u00abNomus va muhabbat\u00bb (1935), \u00abHamza\u00bb (A. Umariy bilan hamkorlikda, 1940) sahna asarlari Ikkinchi jahon urushigacha bo\u2018lgan o\u2018zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalaridandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashinning o\u2018zbek xotin-qizlarining ozodligi uchun kurash mavzuiga bag\u2018ishlangan \u00abGulsara\u00bb (1934), \u00abNurxon\u00bb (1940) pesalari o\u2018z davri uchun xarakterli sahna asarlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Komil Yashinning urush davrida yaratilgan asarlarida do\u2018stlarga nisbatan mehribonlik, samimiy muhabbat, dushmanlarga esa qahru g\u2018azab tuyg\u2018ulari balqib turadi. Uning \u00abO\u2018lim bosqinchilarga\u00bb (1942), \u00abOftobxon\u00bb (1944), \u00abDavron ota\u00bb (1942, Uyg\u2018un, Sobir Abdulla, Chustiy bilan birga yozilgan) dramalariga shu ruh singdirilgan. \u00abGeneral Rahimov\u00bb dramasida (1949) birinchi o\u2018zbek generali Sobir Rahimovning Ikkinchi jahon urushida ko\u2018rsatgan qahramonligi aks ettirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning 1974 yilda yozgan \u00abInqilob tongi\u00bb dramasida xalqimizning yetuk farzandi, atoqli davlat arbobi Fayzulla Xo\u2018jayev siymosi gavdalantirilgan. Adabiyot va san\u2019at sohasidagi xizmatlari uchun Yashin O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi (1939) va O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1969), 1974 yilda esa Mehnat Qahramoni unvonlari bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin Hamzadan keyin o\u2018zbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning mavzu doirasini kengaytirgan, puxta asarlar yaratgan adibdir. Uning o\u2018zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo\u2018shgan hissasi ulkandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin umrining keyingi yillarida \u00abHamza\u00bb romanini yaratdi. Uning so\u2018nggi asarlaridan biri \u00abYodnoma\u00bb kitobidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashin 1997 yil 25 sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil No\u2018monov) 1909 yil 25 dekabr kuni Andijon shahrida tug\u2018ildi. O\u2018rta maktabni tugatgach, 1925 yili Leningradga borib, O\u2018rmon xo\u2018jaligi institutiga o\u2018qishga kiradi. So\u2018ngra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komil-yashin-1909-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8005,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8001","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8001","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8001"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8001\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8001\/revisions\/163504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8005"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8001"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8001"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8001"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}