{"id":8027,"date":"2021-11-05T14:52:08","date_gmt":"2021-11-05T11:52:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8027"},"modified":"2025-10-30T12:08:50","modified_gmt":"2025-10-30T09:08:50","slug":"qudrat-hikmat-1925-1968-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qudrat-hikmat-1925-1968-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Qudrat Hikmat (1925-1968) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qudrat Hikmat (1925 \u2014 Toshkent \u2014 1968.10.4) \u2014 bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika instituti kechki bo\u2018limini tugatgan (1957). \u00abLenin uchquni\u00bb, \u00abYosh leninchi\u00bb gazetalarida adabiy xodim (1950\u201453), Badiiy adabiyot va san\u2019at nashriyotida bo\u2018lim mudiri (1960\u201468) bo\u2018lib ishlagan. 1947 yildan boshlab mashhur baxshi Islom shoir Nazar o\u2018g\u2018liga adabiy kotib bo\u2018lib xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki she\u2019riy to\u2018plami \u2014 \u00abMening Vatanim\u00bb (1950). \u00abBaxtli bolalar\u00bb (1951), \u00abObodlik\u00bb (1953), \u00abDo\u2018stlik\u00bb (1954). \u00abUch o\u2018rtoqning sovgasi\u00bb (1957), \u00abNevara mehri\u00bb, \u00abChirchiq farzandi\u00bb (1961), \u00abAlisher va kitob\u00bb (1962), \u00abIlonshoh va uning amaldori ari haqida ertak\u00bb (1963), \u00abSoatjonning soati\u00bb (1964), \u00abToshbaqalar hujumi\u00bb (1965), \u00abShamol botir\u00bb (1966), \u00abDaydi bola\u00bb, \u00abO\u2018g\u2018lim bilan suhbat\u00bb (1970), \u00abOlmos mening yuragim\u00bb (1983), \u00abMening yuragim\u00bb (1986) va boshqa to\u2018plamlarga kirgan she\u2019r, ertak va dostonlari Ona-vatan madhi, tabiat va fasllar tasviri, bolalar hayoti hamda ta\u2019lim-tarbiya muammolariga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qudrat Hikmatning vatan madhidagi \u00abMening Vatanim\u00bb, tabiat va fasllar tasviridagi \u00abBu qaysi fasl?\u00bb, \u00abTog\u2018 manzarasi\u00bb, \u00abErtalab\u00bb, Yangi yil ta\u2019rifidagi \u00abYasha, Yangi yil\u00bb, \u00abBiz ekkan archa\u00bb, xalq og\u2018zaki ijodidagi o\u2018yin qo\u2018shiqlari asosida yaratgan \u00abOq terakmi, ko\u2018k terak?\u00bb, \u00abChillak o\u2018yini\u00bb singari she\u2019rlari ifodasining soddaligi, serbo\u2018yoq va yorqin manzaralar yaratilganligi bilan ajralib turadi. Qudrat Hikmat tug\u2018ma bolalar shoiri sifatida o\u2018zbek bolalar she\u2019riyatiga yangi badiiy tovlanishlarni olib kirgan, uning vazn, band, qofiya tizimini bolalar ruhiyatidan kelib chiqqan holda isloh etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Surkov, M.Bajan, A.Barto va boshqalarning bolalarga atalgan she\u2019rlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qudrat Hikmat (1925 \u2014 Toshkent \u2014 1968.10.4) \u2014 bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika instituti kechki bo\u2018limini tugatgan (1957). \u00abLenin uchquni\u00bb, \u00abYosh leninchi\u00bb gazetalarida adabiy xodim (1950\u201453), Badiiy adabiyot va san\u2019at nashriyotida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qudrat-hikmat-1925-1968-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8030,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8027"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8027\/revisions\/163491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8030"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}