{"id":8049,"date":"2021-11-05T15:01:54","date_gmt":"2021-11-05T12:01:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8049"},"modified":"2025-10-30T11:59:18","modified_gmt":"2025-10-30T08:59:18","slug":"maqsud-shayxzoda-1908-1967-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/maqsud-shayxzoda-1908-1967-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Maqsud Shayxzoda (1908-1967) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarboyjonning Oqdosh shahrida tavallud topti. Boshlang\u2018ich va o\u2018rta ma\u2019lumotni Oqdoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan o\u2018qidi va 1925 yildan boshlab Derkend shahrida muallimlik bilan shug\u2018ullandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayxzoda 1928 yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida, 1935\u20141938 yillarda esa Fanlar Qo\u2018mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938 yildan to umrining so\u2018ngiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining o\u2018zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorladi. Shoirning adabiy faoliyati 1929 yildan boshlandi. Uning \u00abO\u2018n she\u2019r\u00bb (1932), \u00abUndoshlarim\u00bb (1933), \u00abUchinchi kitob\u00bb (1934), \u00abJumhuriyat\u00bb (1935) to\u2018plamlarining nashr etilishi adabiyotga o\u2018ziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillarida shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan g\u2018alaba qozonishga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulug\u2018lovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi \u00abKurash nechun\u00bb (1941), \u00abJang va qo\u2018shiq\u00bb (1942), \u00abKapitan Gastello\u00bb (1941), \u00abKo\u2018ngil deydiki\u2026\u00bb kabi she\u2019riy to\u2018plamlari, \u00abJaloliddin Manguberdi\u00bb (1944) tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarini yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushdan keyini tinch qurilish yillarida qatag\u2018onlik jabrini tortgan bo\u2018lsa ham, o\u2018z el-yurtiga fidoiy shoir Vatanimiz bo\u2018ylab keng quloch yozgan zafarli mehnat, tinchlik uchun kurash haqida \u00abO\u2018n besh yilning daftari\u00bb, \u00abOlqishlarim\u00bb, \u00abZamon torlari\u00bb, \u00abShu\u2019la\u00bb, \u00abChorak asr devoni\u00bb kabi she\u2019riy to\u2018plamlarini yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1958 yili adibning ko\u2018hna va ayni chog\u2018da navqiron Toshkent shahriga bag\u2018ishlangan, uning tarixi, o\u2018tmishdagi madaniyat va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi \u00abToshkentnoma\u00bb lirik dostoni yaratildi. Iste\u2019dodli dramaturg 1960 yilda yozgan \u00abMirzo Ulug\u2018bek\u00bb tragediyasida buyuk o\u2018zbek munajjimi va ma\u2019rifatparvar podshosi obrazini yaratdi. Shayxzoda Pushkinning \u00abMis chavandoz\u00bb, Lermontovning \u00abKavkaz asiri\u00bb, Mayakovskiyning \u00abJuda soz\u00bb dostonlari va ko\u2018plab she\u2019rlarini, Shekspirning \u00abHamlet\u00bb, \u00abRomeo va Juletta\u00bb tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she\u2019rlarini, ozarboyjon shoirlari asarlarini o\u2018zbek tiliga ag\u2018dardi. Shayxzodaning o\u2018zbek adabiyoti tarixi, o\u2018zbek xalq og\u2018zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayxzoda asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shoir tarjima jarayonida qardosh xalqlar va jahon adabiyoti namoyondalarining mahorat maktabidan ta\u2019lim olib, ilg\u2018or an\u2019analarini o\u2018zida mujassamlashtirgan she\u2019rlar yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayxzoda 1967 yil 19 fevralda vafot etdi. U Toshkentning Forobiy qabristonida dafn etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarboyjonning Oqdosh shahrida tavallud topti. Boshlang\u2018ich va o\u2018rta ma\u2019lumotni Oqdoshda olgach, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/maqsud-shayxzoda-1908-1967-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8053,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8049","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8049","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8049"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163481,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8049\/revisions\/163481"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8053"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}