{"id":8092,"date":"2021-11-05T15:19:30","date_gmt":"2021-11-05T12:19:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8092"},"modified":"2025-10-30T12:14:55","modified_gmt":"2025-10-30T09:14:55","slug":"mahmudxoja-behbudiy-1875-1919-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmudxoja-behbudiy-1875-1919-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Mahmudxo\u2018ja Behbudiy (1875-1919) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Buyuk ma\u2019rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo\u2018ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma\u2019rifatga bo\u2018lgan qiziqishini tezroq ro\u2018yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo\u2018yicha yirik mutaxassis bo\u2018lib, bu borada ko\u2018plab kitob va risolalar yaratgan edi.&nbsp; Bu o\u2018z navbatida Mahmudxo\u2018jaga o\u2018z ta\u2019sirigi o\u2018tkazmay iloji yo\u2018q edi. Keyinchalik bu haqda u o\u2018z maqolalaridan birida otasi ta\u2019lim bergan \u00abHidoya\u00bb (Islom huquqiga sharhlar) asarining uning taqdirida muhim rol o\u2018ynaganligini bejiz qayd etmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmudxo\u2018ja Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shug\u2018ullanadi. Ro\u2018znoma va oypomalardan jahonda sodir bo\u2018layotgan siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishib boradi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o\u2018rganishga kirishib, islom tarixi va nazariyasi bilan shug\u2018ullana boshlaydi. 1902 yilda Makkaga borib, xo\u2018ja va mufti unvonlariga ega bo\u2018lib qaytadi. So\u2018ngra Qozon va Ufa shaharlarida bo\u2018lib, Ovro\u2018po madaniyati bilan ham qiziqadi. O\u2018sha davrdagi Qozon, Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi jurnal va gazetalar bilan hamkorlik qiladi. Uning qator maqolalari ham mazkur jurnal va gazetalar chiqa boshlaydi. Maktab, maorif, madaniyat, ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalarining targ\u2018iboti ushbu maqolalarning markazida turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xususan, qrim-tatar allomasi Ismoil Gaspirali (Gasperinskiy) va u bosh muharrir bo\u2018lgan \u00abTarjumon\u00bb gazetasi M. Behbudiyni buyuk ma\u2019rifatchi va o\u2018zbek milliy jadidchilik yo\u2018nalishining otasi darajasiga ko\u2018tardi. Behbudiy dunyoqarashida Rossiyadagi eng nufuzli bo\u2018lgan kadetlar partiyasi a\u2019zolari bilan uchrashuv va ular harakatnomalarining ta\u2019siri ham katta bo\u2018lgan. 1912\u20141913 yillarda Behbudiy Samarqandda \u00abSamarqand\u00bb gazetasi, \u00abOyna\u00bb jurnaliga asos soladi. U 1914 yilda yana Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o\u2018quv qo\u2018llanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli to\u2018siqlarga uchrab, \u00abjadidlar rahnamosi\u00bb, \u00abdahriy\u00bb deb e\u2019lon qilinadi. Shunga qaramay, u tatar mutafakkiri Ismoil Gaspiralining ma\u2019rifatchilik borasidagi ta\u2019limotini qo\u2018llab-quvvatlab, o\u2018z o\u2018lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi va ko\u2018p o\u2018tmay ma\u2019rifatparvar sifatida o\u2018z xalqi hurmatiga sazovor bo\u2018ladi. U bir qator Sharq va G\u2018arb tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo\u2018lishi bilan birga, umuminsoniy madaniyatning tolmas targ\u2018ibotchisi ham bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Behbudiy o\u2018zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, \u00abMuntaxabi jug\u2018rofiyai umumiy\u00bb \u2014 \u00abQisqacha umumiy jug\u2018rofiya\u00bb (1903), \u00abKitob-ul-atfol\u00bb \u2014 \u00abBolalar uchun kitob\u00bb (1904), \u00abMuxtasari tarixi islom\u00bb \u2014 \u00abQisqacha islom tarixi\u00bb (1904), \u00abAmaliyoti islom\u00bb (1905), \u00abRusiyaning qisqacha geografiyasi\u00bb (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901 yildan boshlab \u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bb, \u00abTaraqqiy\u00bb, \u00abXurshid\u00bb, \u00abShuhrat\u00bb, \u00abTujjor\u00bb, \u00abOsiyo\u00bb, \u00abHurriyat\u00bb, \u00abTuron\u00bb, \u00abSadoi Turkiston\u00bb, \u00abUlug\u2018 Turkiston\u00bb, \u00abNajot\u00bb, \u00abMehnatkashlar tovushi\u00bb, \u00abTirik so\u2018z\u00bb, \u00abTarjumon\u00bb, \u00abSho\u2018ro\u00bb, \u00abVaqt\u00bb, \u00abToza hayot\u00bb, \u00abSamarqand\u00bb, \u00abOyna\u00bb kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyparvar kishilar va ayniqsa, yoshlarning diqqat-e\u2019tiborini qozongan.<\/p>\n\n\n\n<p>Behbudiy adib sifatida \u00abPadarkush\u00bb yoki o\u2018qimagan bolaning holi\u00bb dramasini yaratgan. 1913 yilda Samarqandda nashr etilgan bu dramada u yoshlarning (ular xoh kambag\u2018al, xoh badavlat oilaga mansub bo\u2018lsin) ilmli, madaniyatli bo\u2018lishlari lozimligini qayd etgan. M. Behbudiyning \u00abPadarkush\u00bb yoki o\u2018qimagan bolaning holi\u00bb dramasi 1911 yilda yozilgan bo\u2018lib, dastlab 1912 yilda \u00abTuron\u00bb gazetasida bosilgan. 1913 yilga kelib kitob holida chop etilgan. Shundan so\u2018ng tez fursatda Samarqand, Buxoro va Toshkent teatri sahnalarida ijro etilgan. Drama kompozitsion qurilishiga ko\u2018ra oddiy bo\u2018lgan holda, mazmun-g\u2018oya jihatdan ancha qamrovlidir. Xususan, undagi xarakter va harakat, shakl-shamoyil mazkur janr talablariga ancha mos edi. Dramadagi qahramonlar esa ikki qutbda \u2014 ikki xil harakat bilan yashaydilar. Bir tomonda boy, o\u2018g\u2018li va uning gumashtalari bo\u2018lsa, ikkinchi tomonda domla, ziyoli obrazlari asar g\u2018oyasini ochishda muhim o\u2018rin egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek dramaturgiyasiga, umuman, teatriga poydevor qo\u2018ygan bu asar o\u2018z davrida A. Qodiriyning \u00abBaxtsiz kuyov\u00bb dramasi, Mirmuhsin-Fikriyning \u00abBefarzand Ochildiboy\u00bb, Hamza Hakimzoda Niyoziyning \u00abYangi saodat\u00bb kabi qissalarining yaratilishiga turtki bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta, Behbudiyning xalq o\u2018rtasida ortib borayotgan obro\u2018-e\u2019tibori nafaqat amirlik rahbarlari, balki bolsheviklarning ham reja va niyatlariga zid edi. 1919 yilda xorijiy safarga chiqqan Behbudiy ular chaquvi bilan Qarshida ushlanib, Said Olimxon farmoni bilan qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniy allomaning fojeali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: \u00abJafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o\u2018zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma\u2019rifat uchun kurashga chorlab keldi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Qarshi shahri 20-30-yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy 1937 yilga kelib qatag\u2018on qilinadi va 1956 yili oqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1977 yili allomaning \u00abSaylanma\u00bb asarlari chop etildi. Asarlari darslik va qo\u2018llanmalarga kiritilib, ko\u2018cha va mahallalar uning nomiga qo\u2018yildi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma\u2019rifiy meros o\u2018z xalqining Istiqloliga xizmat etmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk ma\u2019rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo\u2018ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma\u2019rifatga bo\u2018lgan qiziqishini tezroq ro\u2018yobga chiqishiga yetakladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmudxoja-behbudiy-1875-1919-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8094,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8092","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8092"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163530,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8092\/revisions\/163530"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8094"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8092"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8092"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}