{"id":8159,"date":"2021-11-05T15:52:31","date_gmt":"2021-11-05T12:52:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8159"},"modified":"2025-10-30T12:26:02","modified_gmt":"2025-10-30T09:26:02","slug":"mulla-toychi-toshmuhammedov-1868-1943-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mulla-toychi-toshmuhammedov-1868-1943-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Mulla To\u2018ychi Toshmuhammedov (1868-1943) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek qo\u2018shiqchilik san\u2019atida o\u2018zidan o\u2018chmas iz qoldirgan mashhur hofiz Mulla To\u2018ychi Toshmuhammedov Toshkent shahrining \u00abGulbozor\u00bb mahallasida bo\u2018zchi oilasida tavallud topgan. Dastlab Abdulla Qori maktabida tahsil olgan va islomiy ilmlar bilan bir qatorda Hofiz, Navoiy, Mashrab, Bedil, Fuzuliy kabi mumtoz shoirlarning ijodi bilan yaqindan tanishib, ularning g\u2018azallari bilan ashulalar ijro etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ychi hofiz yoshligidan amakisi Qo\u2018chqor otadan ashula aytish sirlarini o\u2018rgangan. So\u2018ngra ustozi Ubaydullo Andalibdan qo\u2018shiq aytish sirlarini o\u2018rgangan. Asta sekin Toshkent hofizlarini nazariga tusha boshlaydi. Shobarot tanburchi, Shojalil hofiz, Muhammad Umar, Abduqahhor va Nazirxon hofizlar bilan birga ijod qilgan. Ular bilan hamnafaslikda \u00abQo\u2018shiq bazmi\u00bb kechalarini tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zamondosh shoirlar Kamiy, Miskin, Xislatlar bilan hamkorlikda ijod qilib, ular ishtirokidagi yig\u2018inlarda qatnashgan va Buxoro, Samarkand, Qo\u2018qon, Andijon, Marg\u2018ilon shaharlariga ham borib ashula yo\u2018llarini o\u2018rgangan, o\u2018ziga xos ashulachilik uslubini yaratdi. Shoir Xislat Mulla To\u2018ychi hofizga atab \u00abArmug\u2018oniy Xislat\u00bb devonini tuzgan. Ushbu devondagi barcha g\u2018azallar hofiz tomonidan ijro etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki repertuaridan \u00abEy dastai gul, marhabo\u00bb, \u00abFig\u2018on\u00bb, \u00abShitob aylab\u00bb kabi ashulalar o\u2018rin olgan. Shojalil hofiz, Shobarot tanburchi jo\u2018rligida \u00abShahnoz-Gulyor\u00bb ashulalar turkumi To\u2018ychi hofizga shuhrat keltirgan (1890). Keyinchalik uning dovrug\u2018i Turkiston o\u2018lkasining hamma shaharlariga taralgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ychi Hofiz o\u2018zi ijro etgan ashulalarni birinchilar qatori gramplastinkaga yozdirgan, \u00abGrammofon\u00bb jamiyatining \u00abPishuhiy Amur\u00bb firmasi (Riga, 1905; Skobelev, 1911) undan 25 ta ashula, jumladan, \u00abIlg\u2018or\u00bb, \u00abXisrav\u00bb, \u00abSuvora\u00bb (uchalasi ham 2 qismli), \u00abBobo Ravshan\u00bb, \u00abYangi kurd\u00bb, \u00abAvji kurd\u00bb va boshqani yozib olgan. To\u2018ychi Hofiz 1908\u201410 yillarda Farg\u2018ona vodiysidan bo\u2018lgan Adolatxon, Mozidaxon kabi ayol xonandalar ijrosidagi qo\u2018shiqlarni ham birinchi marta gramplastinkaga yozdirgan. Uning tashabbusi bilan Andijon, Farg\u2018ona, Xo\u2018jand va boshqa shaharlarda grammofon va plastinka do\u2018konlari tashkil etilib (1906\u201412), ularda o\u2018zbek, rus va boshqa tillarda kuy, qo\u2018shiq va ashulalari yozilgan plastinkalar sotilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ychi Hofiz Eron, Turkiya, Italiya, Misr, Hindiston (1900)da va Sharqiy Turkiston (1913\u201414) sh.larida bo\u2018lib, o\u2018z ijrochilik mahoratini namoyish qilgan. O\u2018zbekistonda mahalliy xalq musiqa ansambllari tashkil etishda, 1920 yillarda sahnalashtirilgan \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abLayli va Majnun\u00bb spektakllariga musiqa tanlashda faol ishtirok etgan. 1927 yildan umrining oxirigacha O\u2018zbekiston Radioqo\u2018mitasi o\u2018zbek xalq cholg\u2018u ansamblida ustoz xonanda, shuningdek, O\u2018zbek davlat filarmoniyasining yetakchi xonandasi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ychi Hofiz aytgan o\u2018zbek mumtoz ashulalari \u2014 \u00abBayot\u00bb, \u00abFig\u2018on\u00bb, \u00abUshshoq\u00bb, \u00abSegoh\u00bb, \u00abGirya\u00bb, \u00abIlg\u2018or\u00bb, \u00abSuvora\u00bb, \u00abChorgoh\u00bb, \u00abKo\u2018cha bog\u2018i\u00bb, \u00abTaronai Dugoh\u00bb (\u00abDugohi Xusayniy\u00bb turkumining taronasi) va boshqa o\u2018zbek musiqa madaniyatida muhim o\u2018rin tutadi. To\u2018ychi Hofiz ashulalari talqin etilishi, jumlalarining maromiga yetkazib aytilishi, qochirimlarga boyligi, o\u2018zbek musiqa an\u2019anasidagi mumtoz ijro uslubi, ovozning kuchliligi bn o\u2018ziga xosdir. Ayniqsa, noyob zebolik bilan Navoiy g\u2018azali (\u00abQaro ko\u2018zum\u00bb)ga ijro etgan \u00abUshshoq\u00bb hofizlik san\u2019ati yuksak namunasiga aylangan. To\u2018ychi Hofiz Moskvada o\u2018tkazilgan qishloq xo\u2018jaligi ko\u2018rgazmasi (1923) va O\u2018zbek san\u2019ati dekadasi qatnashchisi (1937).<\/p>\n\n\n\n<p>Ittifoq radioqo\u2018mitasi To\u2018ychi Hofizdan \u00abBayot\u00bb va \u00abUshshoq\u00bbni (1937), San\u2019atshunoslik inti (V. A. Uspenskiy) \u00abChorgoh\u00bb, \u00abBayot\u00bb, \u00abKo\u2018cha bog\u2018i\u00bb, \u00abSuvora\u00bb va boshqalarni yozib olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sh. Shoumarov, Yunus va Rixsi Rajabiylar, K. Zokirov, B. Mirzayev va boshqalar To\u2018ychi Hofiz ijrochilik an\u2019analarining davomchilaridir. Toshkent gramplastinkalar zdi va Qashqadaryo viloyati musiqali drama va komediya teatriga To\u2018ychi Hofiz nomi berilgan. 1927 yili O\u2018zbekiston xalq hofizi unvoni, vafotidan so\u2018ng \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek qo\u2018shiqchilik san\u2019atida o\u2018zidan o\u2018chmas iz qoldirgan mashhur hofiz Mulla To\u2018ychi Toshmuhammedov Toshkent shahrining \u00abGulbozor\u00bb mahallasida bo\u2018zchi oilasida tavallud topgan. Dastlab Abdulla Qori maktabida tahsil olgan va islomiy ilmlar bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mulla-toychi-toshmuhammedov-1868-1943-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8161,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8159","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8159","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8159"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8159\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163564,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8159\/revisions\/163564"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8161"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8159"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8159"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8159"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}