{"id":8188,"date":"2021-11-05T16:07:36","date_gmt":"2021-11-05T13:07:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8188"},"modified":"2025-10-30T12:35:11","modified_gmt":"2025-10-30T09:35:11","slug":"muhammad-rahimxon-feruz-1845-1910-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-rahimxon-feruz-1845-1910-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muhammad Rahimxon Feruz (1845-1910) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845, Xiva, 1910) Xiva xoni (1864\u20141910); shoir va bastakor. Ko\u2018ng\u2018irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil ko\u2018rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxo\u2018ja oxun va boshqadan o\u2018rgangan. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga she\u2019riyat sirlarini urgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan so\u2018ng (1864) Xiva taxtiga o\u2018tirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bag\u2018ishlab qasidalar bitgan. 1873 yil Xiva xonligiga K.P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873 yil 12 avgust)ga ko\u2018ra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram bo\u2018lib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va san\u2019at arboblarini to\u2018plagan. Ogahiy, Komil, Tabibiy va boshqa ta\u2019sirida o\u2018zi ham Feruz (baxtli, g\u2018olib) taxallusi bilan she\u2019rlar yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Feruz kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiyotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayo\u2019niylar tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi \u00abMajmuat ush-shuaro\u00bb tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni ko\u2018p nusxalarda ko\u2018chirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz me\u2019morlik, naqqoshlik, xattotlik kabi san\u2019at turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino san\u2019ati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Feruz 1871 yil Ko\u2018hna Ark karshisida o\u2018z nomi bilan ataluvchi 2 qavatli madrasa qurdirgan. Feruzning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan ta\u2019minlash, bog\u2018-rog\u2018lar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrug\u2018iga muvofiq, Qo\u2018ng\u2018irot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq \u00abXon arigi\u00bb deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feruz mumtoz she\u2019riyatning an\u2019anaviy janrlarida lirik she\u2019rlar yaratgan. She\u2019rlari, asosan, ishq-muhabbat mavzuida. Inson va hayot, sevgi va sadoqat Feruz ijodining g\u2018oyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriy-ifodaviy bo\u2018yoqlarga boyligi va shaklan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Uning ko\u2018pchilik g\u2018azallari o\u2018z zamonasida sozandalar va go\u2018yandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan.<\/p>\n\n\n\n<p>She\u2019rlariga \u00abDevoni Feruz\u00bb nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning o\u2018zi Pahlavon Mahmudning 350 ruboiysini qo\u2018lda ko\u2018chirib, kitob holiga keltirgan. Feruz Shashmaqom kuylarini o\u2018rgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. \u00abNavo\u00bb, \u00abDugoh\u00bb, \u00abSegoh\u00bb maqomlariga bog\u2018lab kuylar yaratgan. Feruz Sayd Mahruyjon majmuasidagi Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>She\u2019rlar devoni nusxalari O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. \u2116 3442, 1119)da saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845, Xiva, 1910) Xiva xoni (1864\u20141910); shoir va bastakor. Ko\u2018ng\u2018irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil ko\u2018rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-rahimxon-feruz-1845-1910-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8191,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8188","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8188","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8188"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8188\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163613,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8188\/revisions\/163613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8188"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8188"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8188"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}