{"id":8209,"date":"2021-11-05T16:18:08","date_gmt":"2021-11-05T13:18:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8209"},"modified":"2025-10-30T12:30:49","modified_gmt":"2025-10-30T09:30:49","slug":"muhammadsharif-sofizoda-1880-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammadsharif-sofizoda-1880-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muhammadsharif So\u2018fizoda (1880-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammadsharif So\u2018fizoda o\u2018zbek demokratik va ma\u2019rifatparvarlik davri adabiyoti an\u2019analarini davom ettirgan adiblar sirasiga kiradi. Adibning tavallud tarixi shu vaqtgacha 1869 yil deb ko\u2018rsatib kelingan. Buyuk Ahmad Muhammad Ubayd (\u00abO\u2018zbekiston adabiyoti va san\u2019ati\u00bb, 1993, 23 iyul) bergan yangi ma\u2019lumotga ko\u2018ra, So\u2018fizoda o\u2018z tarjimai holida: \u00abMen 1880 yil 29 yanvar kunida Chust shahridagi ko\u2018nchigarlik jamoasida tug\u2018ilganman\u00bb,\u2014 deydi.&nbsp; Uning shaxsiy ishidagi savol varaqasida berilgan ma\u2019lumot ham shuni tasdiqlaydi. Unda: \u00abSo\u2018fizoda 1880 yilda kambag\u2018al dehqon oilasida tug\u2018ilgan, ma\u2019lumoti o\u2018rta, asosiy kasbi o\u2018qituvchilik, qilib turgan vazifasi va ishi shoirlik bo\u2018lib, oilasi 8 jondan iborat\u00bb, deb ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018fizodaning adabiyotga ixlosi erta uyg\u2018ongan. U onasi Zaynab xola xohishiga ko\u2018ra, qo\u2018shnisi Manzura otindan xat-savod o\u2018rganib, eski maktabda ta\u2019lim olgan. Ayniqsa, zukko va xushovoz Manzura otin aytgan ertak, doston va qo\u2018shiqlar yosh Muhammadsharifda adabiyotga havas uyg\u2018otgan. U Hofiz, Bedil, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi allomalar ijodini chuqur o\u2018zlashtirib, she\u2019rlar mashq qila boshlagan. Toshkentda chiqadigan \u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bb kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda chiqadigan nashrlar bilan qiziqqan. Boku va Tiflisda chop etilgan ozar tilidagi asarlarni mutolaa qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1893\u20141899 yillarda u Qo\u2018qonda yashab, Muqimiy, Furqat ta\u2019sirida \u00abVahshiy\u00bb taxallusi bilan hajviy asarlar yaratdi. Uning ayniqsa, \u00abDakanang\u00bb, \u00abBedanang\u00bb, \u00abAyting bu so\u2018zimni\u00bb, \u00abO\u2018pay\u00bb, \u00abG\u2018ubor dardu olam\u00bb kabi hajviy va lirik g\u2018azallari e\u2019tiborga loyiq. Biroq, hali Muqimiy hajviyasi zarbidan qutulib ulgurmagan zamona hokimlari yosh Muhammadsharifning keskin tanqidiga qarshi hujum boshlaydilar. Oqibatda, u 1899 yili Qo\u2018qondan Chustga qaytib keladi. Oradan ikki yil o\u2018tgach, uni amir-amaldorlar dahriylikda ayblab, qatl etishga hukm chiqaradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018fizoda \u00abChustdan qochib, Mir viloyatiga tashrif qilib, muddati 14 yil har mamlakatda yurub\u00bb (\u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bb, 1914, 10-son) umr kechiradi. Xuddi shu yillar (1900-1914) So\u2018fizoda ijodining yangi bosqichini tashkil qiladi. U \u00abAvval Bokuga borib, Jalil Qulizoda, Sobir Tohirzoda, Muhammad Hodiy kabi ozarboyjon adabiyotining taraqqiyparvar vakillari bilan tanishadi. So\u2018ng Arabiston, Hindiston va Turkiya mamlakatlarida bo\u2018lib, oddiy xalq hayotini ko\u2018radi. 1910-1913 yillarda Qo\u2018ng\u2018irotda muallimlik qiladi, ma\u2019rifatparvarlik ruhidagi she\u2019rlarini yozib, Boku va Orenburgda chiqadigan gazeta va jurnallarda tez-tez ko\u2018rina boshlaydi. Uning shu yillarda yaratgan she\u2019rlari orasida ayniqsa, \u00abO\u2018zbek xonimiga\u00bb, \u00abXonimlar isminda\u00bb, \u00abVatan\u00bb, \u00abMuslimalar\u00bb asarlari diqqatga sazovordir.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018fizoda 1913 yilda Chustga qaytib kelib, yetim bolalar uchun maktab ochadi va unda muallimlik qiladi. Dunyoviy fanlarni yengil va yangi usulda o\u2018rgatishga bel bog\u2018laydi. Ayni chog\u2018da ayrim shariat peshvolarini, boy-amaldorlarni hajv qamchisi bilan savalaydi. Bunga chiday olmagan hokim sinf vakillari uni o\u2018ldirish payiga tushadilar. Buni sezgan shoir 1915 yili yana xorijiy mamlakatlarga ketishga majbur bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu safar davomida u dastlab Hindiston, so\u2018ng Afg\u2018onistonda o\u2018qituvchilik bilan mashg\u2018ul bo\u2018ladi. 1918 yilda Afg\u2018oniston maorif vazirining o\u2018rinbosari sifatida Turkiston (Toshkent)ga kelib, afg\u2018on vakolatxonasida tilmoch bo\u2018lib ishlaydi. So\u2018fizoda o\u2018z Vataniga qaytib kelgach, yana hajviy she\u2019rlar yozishda davom etadi. U munofiq rahbarlar va g\u2018animlar qarshiligiga duch kelsa ham o\u2018z xalqiga xizmat qilishdan zarracha to\u2018xtamaydi. Uning asarlari \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb, \u00abMushtum\u00bb, \u00abFarg\u2018ona\u00bb kabi gazeta va jurnallarda tez-tez bosilib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1925 yil 13 avgustda \u00abFarg\u2018ona\u00bb gazetasida \u00abXushchaqchaq qalamlar\u00bb sarlavhasi ostida uning bir qator hajviy she\u2019rlari chop etiladi. Uning \u00abHaqiqatdan ko\u2018z yumganlar\u00bb, \u00abQalaysizlar?\u00bb, \u00abSaylovga\u00bb kabi she\u2019rlarida o\u2018sha suronli yillar nafasi eshitiladi. 1934 yilda esa So\u2018fizoda \u00abBayram nashidalari\u00bb nomli dostonini yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018fizodaga o\u2018zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari uchun Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan bir kunda 1926 yil 27 fevralda O\u2018zbekiston hukumati qarori bilan \u00abO\u2018zbekiston xalq shoiri\u00bb degan yuksak unvon berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1937 yilda \u00abxalq dushmani\u00bb sifatida otib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, G\u2018ayratiy muharrirligida nashrga tayyorlangan saylanma she\u2019rlari shoirning 1937 yilda qamoqqa olinishi munosabati bilan e\u2019lon qilinmay qolgan va kuydirib yuborilgan. Uning \u00abTarona\u00bb sarlavhali yagona she\u2019rlar to\u2018plami 1968 yili nashr etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammadsharif So\u2018fizoda o\u2018zbek demokratik va ma\u2019rifatparvarlik davri adabiyoti an\u2019analarini davom ettirgan adiblar sirasiga kiradi. Adibning tavallud tarixi shu vaqtgacha 1869 yil deb ko\u2018rsatib kelingan. Buyuk Ahmad Muhammad Ubayd (\u00abO\u2018zbekiston adabiyoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammadsharif-sofizoda-1880-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8213,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8209","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8209","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8209"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8209\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163596,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8209\/revisions\/163596"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8213"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8209"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8209"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8209"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}