{"id":8298,"date":"2021-11-06T09:14:39","date_gmt":"2021-11-06T06:14:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8298"},"modified":"2021-11-06T09:14:40","modified_gmt":"2021-11-06T06:14:40","slug":"amudaryo-deltasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amudaryo-deltasi\/","title":{"rendered":"AMUDARYO DELTASI"},"content":{"rendered":"\n<p>AMUDARYO DELTASI (Orol bo&#8217;yi deltasi) \u2014 Jan. Orol bo&#8217;yidagi Delta. G&#8217;arbda Ustyurt platosining chinki, shimolda Orol dengizining 1961 yilgacha bo&#8217;lgan qirg&#8217;oq chiziqlari, Sharqda shimoliy- g&#8217;arbiy Qizilqum, Beltov balandligining g&#8217;arbiy va Janubiy-g&#8217;arbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shimoliy-g&#8217;arbiy chekkalari, Janubiy-Sharqda Qizilqum, Janubda Sariqamish bo&#8217;yi deltasiga tutash. Mazkur chegaradagi Amudaryo Deltasi maydoni 19 ming km2. Daryoning quyi qismi 2 qadimgi va bir hozirgi deltadan iborat. Daryoning qadimgi deltalarida chap sohilda Xorazm vohasi va o&#8217;ng sohilda Beruniy-To&#8217;rtko&#8217;l vohasi vujudga kelgan. Bu vohalarda O&#8217;zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining To&#8217;rtko&#8217;l, Ellikqal&#8217;a va Beruniy tumanlari, Turkmanistonning Toshhovuz shahri atrofidagi tumanlar joylashgan. Amudaryoning hozirgi deltasida Aliovul qishlog&#8217;idan shimolda daryo ikki qismga: chap sohilda Qipchoqdaryo va o&#8217;ng sohilda Oqlaryo tarmoqlariga bo&#8217;linadi. Oqlaryo asosiy o&#8217;zan hisoblanadi va suvning asosiy qismi ushbu o&#8217;zanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlog&#8217;i yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi. Daryoning hozirgi deltasi esa Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi hududida qumgil oqindilaridan tarkib topgan pasttekislik bo&#8217;lib, daryo bo&#8217;yidagi Taxiatosh shahri yonidan boshlanadi. Relyefi shimolga qiya. Bosh qismi (Nukus shahri yaqinida, mutlaq balandligi 73 metr) dan Orol dengizining eski qirg&#8217;oq chizig&#8217;iga qadar (mutlaq balandligi 53 metr) 200 kilometr masofada 20 metrga pasayadi. Amudaryo Deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud bo&#8217;lgan daryo o&#8217;zanlari va ko&#8217;l botiqlari bilan parchalangan. Deltaning allyuvial yotqiziqlari (qalinligi 142 metrgacha) yuqori bo&#8217;r va paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kelgan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan aralashmasi keng tarqalgan (qayir yotqiziqlari), baland qismlarida qum yoki qumloq ko&#8217;proq. Amudaryo Deltasida Beltov, Qushxonatov, Kiziljar, Muynoqtov, Porlatov, Itkir, Xo&#8217;jayli va boshqa qoldiq tog&#8217;lar mavjud. Amudaryo Deltasining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va bulutsiz. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi Janubda \u2014 6,9\u00b0 (Nukus) dan shimolda \u2014 7,4\u00b0 (Mo&#8217;ynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27, gramm (Nukus)dan 26,3\u00b0 (Mo&#8217;ynoq) gacha o&#8217;zgaradi. Yillik yog&#8217;in kam (Taxiatoshda 79 millimetr, Mo&#8217;ynoqda 105 millimetr), asosan qish va bahorda yog&#8217;adi. Yil davomida shimoliy- Sharqiy shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va ko&#8217;llarning qurib borayotganligi tufayli havo temperaturasi yozda odatdagidan 2 \u2014 3\u00b0ga ortgan, qish ham sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy namligi kamaymoqda. Orol bo&#8217;yida 1961 yildan boshlangan cho&#8217;llashish jarayoni natijasida Amudaryo Deltasida tub o&#8217;zgarishlar sodir bo&#8217;lmoqda. Orol sathining tezlik bilan pasayishi, daryo suvi sho&#8217;rligining ortishi va unda turli kimyoviy moddalar va boshqalarning mavjudligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi (Orolqum) dan tuzli changlarning havoga ko&#8217;tarilishi cho&#8217;llashishni tezlashtirmoqda. Deltada suv tartibining buzilishi oqibatida grunt suvlarining sathi barcha joylarda keskin pasaydi (0 \u2014 0,5 metrdan 5 -10 metrgacha, pastqamliklarda \u2014 1,3 metr, minerallashuv darajasi ayrim joylarda 30 \u2014 50 g\/l va undan ko&#8217;p). Amudaryo oqimining deltada tartibga solinishi tufayli ko&#8217;plab o&#8217;zanlar (Katta jonsiz va kichik jonsiz, Erkindaryo, Ko&#8217;hnadaryo, Madalio&#8217;zak, Priemo&#8217;zak, Oqboshli, Injenero&#8217;zak va boshqalar) quridi. Suv faqat Oqlaryo orqali dengizga qo\u2019yilmoqda. Qipchoqlaryoda vaqt-vaqti bilan suv oqmoqda. Ravshandaryo va Toldiqlaryo o&#8217;zanlari kanalga aylantirildi. 100 ga yaqin ko&#8217;l quridi, hozirda faqat Sudoche ko&#8217;li, Moshanko&#8217;l, Xo&#8217;jako&#8217;l, Qorateren ko&#8217;li, Keusir ko&#8217;lida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 \u2014 5 g\/l dan 30 \u2014 45 g\/l gacha (Sudoche ko&#8217;lida). Deltada grunt suvlarining bug&#8217;lanishga sarf bo&#8217;lishi oqibatida tuproqning sho&#8217;rlanishi ortib avvalgi qayirli allyuvial, o&#8217;tloqi, botqoq, botqoq-o&#8217;tloqi tuproqlar o&#8217;rnida o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi-taqir, sho&#8217;rxok (tipik o&#8217;tloqi), taqir cho&#8217;l qum tuproqlari tarkib topdi. Cho&#8217;llashish jarayonida avvalgi qamishzorlar o&#8217;rnini (760 ming ga) endilikda sho&#8217;razor, yulg&#8217;unzor, turli kserofit (qo&#8217;shbarg, yantoq, oqbosh), galofitlar (qorabaroq, shohilak, kermak va boshqalar) egalladi. Qamishli to&#8217;qayzorlar faqat suv bilan muntazam ta&#8217;minlanadigan pastqamliklarda oz maydonda saqlanib qolgan (Sudoche ko&#8217;li va uning shim., shimoliy-sharqida, Shege, Ko&#8217;kko&#8217;l havzalarida). Daryo o&#8217;zanlari yoqalaridagi 261 ming gektar noyob Amudaryo to&#8217;qayzorlari (turang&#8217;il, tol, jiyda) asosan qurimoqda. Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim ko&#8217;llardagina oz miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Suzuvchi qushlar, to&#8217;qayzorlarda yashovchi parrandalar va boshqalar juda kamayib ketdi. Amudaryo Deltasida vujudga kelgan noqulay ekologik sharoitni yumshatish chora-tadbirlari ko&#8217;rilmoqda. Shamol eroziyasining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili imkoni boricha pastqamliklarga Amudaryodan suv jamg&#8217;arib olinmoqda. Amudaryo Deltasining Janubiy qismi sug&#8217;oriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming gektar yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari ekiladi. Quvonishjarma, Suenli, Kegeyli kabi yirik irrigasiya tizimlari, Bosh chap sohil va boshqa magistral kollektorlar mavjud. Amudaryo suvining sho&#8217;rligi, tuproq sho&#8217;rligini kamaytirish samaradorligining nihoyatda pastligi, barcha yerlar zovurlar bilan to&#8217;liq ta&#8217;minlanmaganligi va boshqalar sababli sug&#8217;oriladigan yerlarning meliorativ ahvoli juda og&#8217;ir, tuproqlarning turli darajada sho&#8217;rlanganligi tufayli ekinzorlarning hosildorligi ancha past.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AMUDARYO DELTASI (Orol bo&#8217;yi deltasi) \u2014 Jan. Orol bo&#8217;yidagi Delta. G&#8217;arbda Ustyurt platosining chinki, shimolda Orol dengizining 1961 yilgacha bo&#8217;lgan qirg&#8217;oq chiziqlari, Sharqda shimoliy- g&#8217;arbiy Qizilqum, Beltov balandligining g&#8217;arbiy va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amudaryo-deltasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8298","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8298","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8298"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8300,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8298\/revisions\/8300"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8298"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8298"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}