{"id":83638,"date":"2023-06-03T11:24:45","date_gmt":"2023-06-03T08:24:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=83638"},"modified":"2023-06-03T11:24:48","modified_gmt":"2023-06-03T08:24:48","slug":"tasavvuf-talimoti-va-markaziy-osiyo-sufiylik-tariqatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasavvuf-talimoti-va-markaziy-osiyo-sufiylik-tariqatlari\/","title":{"rendered":"Tasavvuf\u00a0 ta\u2019limoti va Markaziy Osiyo sufiylik tariqatlari"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Ergasheva Umida<\/strong> <strong>Oripovna <\/strong><br><strong>Jizzax davlat pedagogika universiteti<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Tasavvuf SHarq ma\u2019naviyati tarixida muhim o\u2018rin egallab kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta\u2019limot bo\u2018lib, islom olamida VIII &nbsp;asrning o\u2018rtalarida paydo bo\u2018lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko\u2018rinishida kurtak yoyadi. Biroq zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo\u2018lishlariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma\u2019rifat)dan bexabar kishilar edilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag\u2018firatini qozonish, Qur\u2019oni Karimda va\u2019da qilingan jannatning huzur-xalovatiga etishish edi. So\u2018fiylar (\u201cSo\u2018fiy\u201d so\u2018zi arabcha&nbsp; \u201csuf\u201d so\u2018zidan hosil bo\u2018lgan, undan tasavvuf so\u2018zi kelib chiqadi, ya\u2019ni sufiy &#8211; jun matodan kiyim kiygan odam demak) nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tama\u2019ning bir ko\u2018rinishidir. Holbuki, so\u2018fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama\u2019 bo\u2018lmasligi kerak. YAgona istak bu &#8211; Xudoning diydoridir, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Xudo g\u2018azabidan qo\u2018rqibgina amri ma\u2019rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir, deydi so\u2018filar, ular ilohiy ishq-muhabbatni, Allohning&nbsp; zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko\u2018ngilni nafsu hirs g\u2018uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga etishish va bundan lazzatlanish g\u2018oyasini keng targ\u2018ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va, demak, asosiy maqsad &#8211; ilohiy olamga borib qo\u2018shilmoqdir, dedilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa,VIII asr oxiri \u2013 IXasr boshlarida dunyodan ko\u2018ngil uzgan, ammo zohidlarga o\u2018xshamaydigan, \u00abbir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan\u00bb (Hofiz SHeroziy) zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o\u2018zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo\u2018lgan ediki, ularni ruh kishilari &nbsp;yoki ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga ko\u2018ra, olimlar tasavvuf tarixini dastlab ikki davrga ajratadilar: birinchi &#8211; zohidlik davri, ikkinchisi &#8211; oriflik va oshiqlik davri. So\u2018fiylarning o\u2018zini ham orif so\u2018fiylar, zohid so\u2018fiylar, rind so\u2018fiylar, faqir so\u2018fiylar, faylasuf so\u2018fiylarga ajratish mumkin. Oriflik davri deb ataganimiz ikkinchi davr ham&nbsp; bir necha bosqichlarga ega. Chunonchi, IX-X asrlar &#8211; xonaqohlarning paydo bo\u2018lishi, tariqat rusumlarining shakllanish davri. XI-XII asrlar &#8211; tasavvuf maktablari, silsilalarning tarkib topish davri. Bunda Misr, Bag\u2018dod, Basra, Buxoro, Nishopur, Termiz, Balx shaharlari tasavvuf va tariqat markazlari sifatida muhim rol o\u2018ynagan. Natijada Misr, Xuroson, Movarounnahr, Iroq va Turkiston maktablari shuhrat topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XIII asr oxiri &#8211; XIV asr boshlari tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davridir. Bu davrga kelib, tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtai nazardan, ham amaliy harakatchilik nuqtai nazaridan o\u2018zining yuksak cho\u2018qqisiga ko\u2018tarildi. Tasavvuf adabiyotining gullashi ham shu davrga to\u2018g\u2018ri keladi. Ayniqsa, Najmiddin Kubro (1145-1221), YAh\u2019yo Suhravardiy (1155-1191), Muhyiddin Ibn Arabiy (1165-1240), singari mutafakkir shayxlar, Ahmad YAssaviy (vaf. 1166), Farididdin Attor (vaf. 1220), Jaloliddin Rumiy (1207-1273) kabi ulug\u2018 so\u2018fiy shoirlar tasavvuf ilmining doirasini kengaytirdilar, uni falsafa va hikmat bilan boyitdilar. Agar IX-XI asrlarda tavhid asoslarini chuqurlashtirishga katta e\u2019tibor berilib, tasavvufning fano va baqo kabi tushunchalari, Haqqa vosil bo\u2018lish mayli shiddat bilan targ\u2018ib qilingan bo\u2018lsa, XIII asr o\u2018rtalaridan boshlab, tafakkuriy-aqliy yo\u2018nalish etakchilik qila boshladi. Bu falsafiy oqim tasavvuf tarixida \u00abvahdatul vujud\u00bb nomi bilan shuhrat topdi. So\u2018fiylar endi koinot tuzilishi, odamlarning hususiyatlari, olam va odam munosabatlari, komil inson anglamlari bilan bosh qotiradigan bo\u2018ldilar. Natijada Ibn Arabiy va Jaloliddin Rumiy kabi zotlarning asarlarida butun bir falsafiy-irfoniy tizim o\u2018z ifodasini topdi, ular ilohiy kashfu karomat, ruhiy-psixologik holatlar, botiniy latifliklar bilan birga real insoniy hayot haqida ham ko\u2018p ajoyib fikrlarni bayon etdilar. SHunday qilib, tasavvuf SHarq fikriy taraqqiyotidagi ko\u2018p asrlik tajribalarni o\u2018z ichiga qamrab olib, uni rivojlantirdi, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlaridan oziqlanib, ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o\u2018zaro bog\u2018lashga harakat qildi. Natijada tasavvuf SHarq kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini belgilaydigan hodisa &#8211; fenomenga aylanib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu zaylda, tasavvuf tarixi islom tarixi bilan birga rivojlanib, islom madaniyati va ma\u2019rifatiga o\u2018lkan hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi. Agar dastlabki paytlarda Kufa, Basra va Bag\u2018dod shaharlarida sanoqli darajada zohid sufiylar yashagan bo\u2018lsa, bora-bora musulmon olamida shayxu mashoyixlar, so\u2018fiy darveshlar, qalandarlarning soni ko\u2018paydi, yuqorida aytganimizday, bu o\u2018ziga xos bir harakatga aylandi. Birgina Abdurahmon Jomiyning \u00abNafahotul uns minal hazarotul quds\u00bb nomli kitobida 664 ta shayxu so\u2018fiyning nomi zikr etiladi. Bu XV asrgacha yashab o\u2018tgan atoqli so\u2018fiylar tazkirasi, vaholanki, ulardan ko\u2018plarining nomi Jomiy kitobida zikr etilmagan. Navoiy ularning bir qismini \u00abNasoyimul muhabbat\u00bb asariga kiritgan. Shulardan yuzdan ortiqrog\u2018i Turonzaminda etishib chiqqan buzurgvorlar hisoblanadi. XV asrdan keyin ham yana qancha azizu avliyo yashab o\u2018tganligi ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tarixiy jarayonda tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so\u2018fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, o\u2018z-o\u2018zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir-usullari shakllandi. <strong>Tariqat, ma\u2019rifat, haqiqat<\/strong> degan tushunchalar yuzaga kelib tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzildi &#8211; tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. So\u2018fiylar dastlabki paytlar tasavvufni nuqul siru asror, tushuntirib bo\u2018lmaydigan holatlar (\u00abiboraga kelmaydigan ishoratlar\u00bb) deb hisoblagan bo\u2018lsalar, bora-bora bu holatlar haqida fikr-mulohazalar bayon qilina boshlandi, so\u2018fiyni tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik qoidalari, odobini yaratish zarurati tug\u2018ildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tasavvufning ilk davrida maqomot va tariqat asoslarini ishlab chiqish, so\u2018fiylik yo\u2018riqlarini belgilash va ilohiy haqiqatlarni el orasiga yoyishda Abuali al Horis Muhosibiy (781-857), Zunnun Misriy (796-861), Abuyazid Bistomiy (vafoti 875), Junayd Bag\u2018dodiy (vafoti 910), Hakim Termiziy (vafoti IX asr oxiri) va Mansur Halloj (858-922)larning xizmati katta bo\u2018lgan. Keyinchalik Abusaid Abulxayr (967-1049), Abdulloh Ansoriy (1006-1089), Ahmad YAssaviy (vafoti 1166), YAhyo Suhravardiy (1155-1191), Ibn Arabiy (1165-1240), Najmiddin Kubro (1145-1221), Bahouddin Naqshband (1318-1389) kabi shayxul mashoyixlar tasavvuf ilmini yangi fikrlar, qarashlar bilan boyitdilar, yangi oqim, silsilalarini vujudga keltirdilar. Tasavvuf haqida bir qancha risola va kitoblar yozildi, tasavvuf g\u2018oyalarini qizg\u2018in targ\u2018ib etuvchi ulkan she\u2019riyat vujudga keldi. Tasavvufga oid nazariy kitob va qo\u2018llanmalardan Abunasr Sarroj (vafoti 988 yil)ning \u00abKitob al &#8211; luma\u2019\u00bb, Abubakr al &#8211; Kalabodiy (vafoti 990 yil)ning \u00abKitob at &#8211; taarruf\u00bb, Abu Tolib Makkiy (vafoti 998 yil)ning \u00abQut al &#8211; qulub\u00bb, Abdurahmon Sulamiy (vafoti 1021 yil)ning \u00abRisolat al &#8211;&nbsp; malomatiya\u00bb, Qushariy (vafoti 1072 yil)ning \u00abRisola fit tasavvuf\u00bb, Al &#8211;&nbsp; Hujviriy (vafoti 1076)ning \u00abKashf al &#8211; mahjub\u00bb, Abdulloh Ansoriyning \u00abManozil as &#8211; soirin\u00bb, Farididdin Attor (1119-1222)ning \u00abTazkirat al &#8211;&nbsp; avliyo\u00bb nomli asarlarini ko\u2018rsatish mumkin. Bulardan tashqari, Rumiy, Hofiz SHeroziy, Mahmud SHabistariy asarlariga yozilgan sharhlar ham so\u2018fiyona ishora va tamsillarni anglashda muhim rol o\u2018ynagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tasavvufga oid ilmiy kitoblar va dasturlarda <strong>tariqat<\/strong> atamalari, maqomot manzillarini tushuntirishga ko\u2018p e\u2019tibor beriladi. \u00abTariqat\u00bb so\u2018zining ma\u2019nosi yo\u2018l demak. YA\u2019ni ilohiy ma\u2019rifatni egallashga bel bog\u2018lagan kishining ruhiy-axloqiy kamolot yo\u2018li. Tariqatni tasavvufning amaliy qismi deb ta\u2019riflaydilar. Darhaqiqat ham shunday, chunki pir-muridlik qoidalari, odobiga rioya etish, solik (ya\u2019ni tariqatga qadam qo\u2018ygan yo\u2018lovchi) bajarishi kerak bo\u2018lgan barcha yo\u2018riqlar, irodat va ishorat usullari shu tariqat ichiga kiradi. Tariqat va&nbsp; uning maqomotlari, ma\u2019lumotlarga qaraganda, birinchi marta Zunnun Misriy tomonidan bayon etilgan ekan. Abdulloh Ansoriy yozadikim, Zunnun Misriyni faqat \u00abkaromat bilan sitoyish\u00bb qilish kifoya emas, chunki uning \u00abilgida maqom va hol suxra erdi\u00bb, ya\u2019ni maqom va hol ilmi Zunnun qo\u2018lida o\u2018yinchoqday gap edi (A.Navoiy \u00abNasoyimul muhabbat\u00bb).&nbsp; Navoiy yozadi: \u00abUl kishikim ishoratni ibodatg\u2018a kelturdi va bu tariqdin so\u2018z aytdi ul erdi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, Zunnun birinchilardan bo\u2018lib, so\u2018fiyona holatlar, karomatlarni so\u2018z bilan ifodalagan. Zunnunning o\u2018zi hikoya qilib deydiki, uch safar qildim va uch ilm keltirdim: avvalgi safarda bir ilm keltirdim, xos ham, avom ham qabul qildilar, ikkinchi safarda yana bir ilm keltirdim, xos qabul qildi, ammo avom qabul qilmadi, uchinchi safarda yana bir ilm hosil qildim, na xos qabul qildi va na avom. (Tasavvuf ahli xos deganda ilmi holdan xabardor so\u2018fiylarni, avom deganda esa, tasavvufga oshno bo\u2018lmagan kishilarni nazarda tutganlar.) Zunnun aytgan birinchi ilm shariat ilmidir, chunki shariat xosga ham avomga ham birday tegishli. Ikkinchi ilm &#8211; tariqat yoxud muomalat va muhabbat ilmi, uchinchisi esa &#8211; haqiqat, ya\u2019ni Iloh haqidagi ilmdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar Zunnun tasavvufdan birinchi bo\u2018lib \u00abso\u2018z aytgan\u00bb bo\u2018lsa, Junayd Bag\u2018dodiy \u00abbu ilmga tartib berib, bast qilib (jamlab), kutub bitidi\u00bb (\u00abNasoyimul muhabbat\u00bb). So\u2018ngra Junaydning kichik zamondoshi SHayx Abubakr SHibliy bu ilmni minbar ustiga olib chiqib, elga oshkor qildi. Birinchi bo\u2018lib muridlarga rahnamolik qilgan ham yuqorida nomlari tilga olingan shayxlar bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muridning asosiy xislati niyozmandlik, ya\u2019ni talabgor bo\u2018lish, murshidi komilning etagini tutib, aytganlariga so\u2018zsiz rioya qilishdir. Pirsiz solik manzilga etolmaydi. CHunki odam o\u2018zini nazorat qilishi qiyin, toki birov rahnamolik qilib, yo\u2018l ko\u2018rsatmasa, mushkuli oson bo\u2018lmaydi. (Buni Alisher Navoiy \u00abLisonut tayr\u00bb dostonida Hudhud va talabgor qushlar misolida yaxshi ko\u2018rsatib bergan). Hatto eng yaxshi niyatlar ham agar rahnamo bo\u2018lmasa, samara bermay, qalbdagi zavqu shavq noto\u2018g\u2018ri yo\u2018lda sarf bo\u2018lishi, muhabbat isyonga aylanishi hech gap emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni e\u2019tiborga olib, tajribali pirga qo\u2018l berib, iroda-ixtiyorni unga topshirganlar. SHu ma\u2019noda tariqatni irodat ham deydilar. YA\u2019ni irodani shayx irodasiga muvofiqlashtirish, shayx irodasini o\u2018z irodasi deb bilish. Muridga rahbarlik qiluvchi pirning o\u2018zi ajzu iztirob yo\u2018li &#8211; tariqat maqomlarini eson-omon bosib o\u2018tgan, qalbi Iloh ma\u2019rifatiga limolim orif inson bo\u2018lishi kerak. Pir har jihatdan muridga o\u2018rnak bo\u2018lmog\u2018i darkor: ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi, ham ko\u2018ngilning pokligi, nafsini mahv etganligi va hokazolar bilan ajralib turishi, salobati, so\u2018zi va harakati bilan, suhbati va nazari bilan, tadbiri va himoyasi bilan muridga ta\u2019sir o\u2018tkazmog\u2018i lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni ham aytish kerakki, soliklarning iste\u2019dodi xilma-xil bo\u2018lganday, pirlarning murabbiylik qobiliyati ham turlicha bo\u2018lgan. Ba\u2019zi shayxlar muridga tariqat odobini o\u2018rgatganlar, ya\u2019ni uni xoksorlik, taslim va itoatga keltirish, manmanlik, hirsu havo kabi tuyg\u2018ulardan xalos etish bilan shug\u2018ullanganlar. Ba\u2019zi shayxlar muridga ruhiy karomati, mo\u2018\u2018jizalari bilan ta\u2019sir etganlar. YAna&nbsp; bir qism shayxlar shogirdlariga tasavvuf asoslarini o\u2018rgatish, nazariy bilimlar bilan qurollantirishga e\u2019tibor qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, hazrati Bahouddin Naqshbandning bir nechta pirlari bo\u2018lgan. Navoiyning yozishicha, Xoja Bahouddinga \u00abqabul nazari\u00bb Boboyi Samosiydandir. Boboyi Samosiy yosh Bahouddinni Amir Sayid Kulolga topshiradi. Amir Sayid Kulol tariqat odobi ta\u2019limini davom ettirgan. Biroq, hazrati Naqshband ancha ilgari vafot etgan Xoja Abduxoliq G\u2018ijduvoniyni va&nbsp; Qusam shayxni ham o\u2018z pirlari qatoriga qo\u2018shadi. Nega? CHunki, Amir Sayid Kulol zohir yuzasidan pir bo\u2018lsalar, \u00abhaqiqat yuzasidan\u00bb ruhiy tarbiyatni hazrati Bahouddin Abduxoliq G\u2018ijduvoniydan olgan. Bunday g\u2018oyibona ruhiy-ma\u2019naviy tarbiya olishni tasavvufda \u00abuvaysiylik\u00bb deydilar. Sababi Uvays Qaraniy g\u2018oyiban Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ruhlaridan madad olganlar, bu shunga ishora.<\/p>\n\n\n\n<p>Faqat shuni ta\u2019kidlash zarurki, murid tarbiyasidan asosiy maqsad axloqni poklash, nafsni o\u2018ldirish, odamdagi o\u2018ziga bino qo\u2018yish, takabbur, xudpisandlikni yo\u2018q qilish edi. Murid pir qo\u2018lida ruhiy-ma\u2019naviy zinalardan ko\u2018tarilib boradi. Iloh sari muhabbati oshib,&nbsp; dunyo muhabbati ahamiyatsiz bo\u2018lib boravergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bois tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim o\u2018rin tutadi. \u00abMaqomot\u00bb &#8211; maqom(manzil, bekat) so\u2018zining ko\u2018pligi bo\u2018lib, solikning ruhiy-ma\u2019naviy kamoloti bosqichlarini anglatadi. Abunasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Tavba, 2. Vara\u2019, 3. Zuhd, 4. Faqr, 5. Sabr, 6. Xavf, 7. Rajo,&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 8. Tavakkul, 9. Rizo.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>Tavba<\/strong> &#8211;&nbsp; qaytish demak, ya\u2019ni kamolotga, oliy axloqiy sifatlarga qaytish. Tavbani bobul abvob &#8211; eshiklarning eshigi&nbsp; ham deydilar, chunki tariqatga qadam qo\u2018ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu tavbasida ayonlashadi. Tavbaning haqiqati shuki, solik Xudoga etishish yo\u2018liga g\u2018ov bo\u2018ladigan jamiki narsalardan qaytishga qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Ollohga qaratadi, avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi. Tavba kufrdan, shariat man\u2019 etgan nahyi va yomon ishlardan qaytish, zamima axloqdan hamida axloqqa qaytish, Haqning g\u2018ayri bo\u2018lgan narsalardan qaytish kabilarni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Vara\u2019<\/strong> so\u2018zining ma\u2019nosi parhez, taqvo bo\u2018lib, bulg\u2018anishlardan, ma\u2019naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir. SHibliyning ko\u2018rsatishicha, vara\u2019ning uch ko\u2018rinishi bor: til vara\u2019i, ya\u2019ni tilni bema\u2019ni gaplar uchun ishlatmaslik, g\u2018iybat-tuhmatga berilmaslik; ko\u2018z vara\u2019i &#8211; shubhali narsalardan saqlanish, g\u2018aliz shakllarga boqmaslik; qalb vara\u2019i, ya\u2019ni past himmatni tark etish va noxush qiliqlarni qilmaslik.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Zuhd<\/strong> &#8211; vara\u2019ning davomi hisoblanadi, bu ham parhez qilish demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol va haromni ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd so\u2018fiy uchun dunyo va oxirat tarki, dunyo moliga ega bo\u2018laman deb intilmaslikdir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Faqr<\/strong> &#8211; ma\u2019nosi qashshoqlik, benavolik. So\u2018fiylar nazdida ulug\u2018vor ilohiy mohiyat kasb etish bo\u2018lib, Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandalikdan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yo\u2018ldagi tuproq misol nomu nishonasiz bo\u2018lish, Iloh nazdida o\u2018zini zarra,&nbsp; balki zarradan ham kam deb hisoblash. Va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sabr<\/strong> &#8211; toqat, chidam. So\u2018fiylar tilida qiyinchiliklardan shikoyat qilmaslik, ayniqsa, Xudodan boshqaga nola-iltijo qilmaslik. Sabr etuvchi (sobir) o\u2018zini balo girdobiga solib, balolardan qo\u2018rqmaydigan odamdir. Ruhiy-ma\u2019naviy mushkilliklar yuz berganda, sabr qilgan solik kushoish topadi, yangi manzillarni kashf etadi. Sabr &#8211; iymonning yarmi deydilar, chunki so\u2018fiyning dushmani bo\u2018lgan nafs sabr orqali jilovlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Xavf<\/strong> &#8211;&nbsp; qalbning ishonchdan, iymon amnidan chiqishi, ikkilanish, tahlika. Vaqtinchalik shayton nayrangi ham ko\u2018ngilga xavf-qo\u2018rquv soladi. Solik azobdan emas, balki makrdan, nafs makridan qo\u2018rqadi. Vaholanki, shayton iymoni mustahkam odamdan qo\u2018rqishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Rajo<\/strong> &#8211;&nbsp; umidvorlik. Qalbning kelajakda Mahbub vasliga etishidan umidvorligi, xavfdan qutulish umidi. Dilning sog\u2018inchi, intiqliklari ham shunga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tavakkul<\/strong> &#8211; barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, kullan Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e\u2019timodli kishining iymonidir. Bu ma\u2019rifat kamolidan keladigan oliymaqomdagi iymondir. Inson juda ko\u2018p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug\u2018 Alloh qudrati tufayli, Qudratining namoyon bo\u2018lishi ekanini anglash shart.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Rizo<\/strong> &#8211;&nbsp; qalbdan qabohat-kirlarning ketishi, qazoyu qadar hukmiga bo\u2018ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirishdir. Qazo &#8211; amriga taslim bo\u2018lgan qalbning sururi. Rizo &#8211; bandaning o\u2018z rizosidan chiqib, Mahbub rizosiga kirishi, ilohiy qismatga zarra e\u2019tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu maqomda hech narsadan g\u2018azab, hayajon, gina-kudurat va xafalanish bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maqomat darajalarini bir-bir egallab, muvaffaqiyatga erishgan solik hol martabasiga etadi va tasavvur-taxayyulda ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi, qalbini zavqu shavq qamrab oladi. U shunday bir holatga ko\u2018tariladikim, butun a\u2019zolari go\u2018yo Alloh deydigan, har nafasi Buyuk Allohning borligidan xabar beradigan bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Holda orqaga qaytish yo\u2018q, o\u2018zgarish faqat oldinga qarab sodir bo\u2018ladi. Holga kirgan solikning tili emas, dili so\u2018zlay boshlaydi, u kechinmalari, holatini harakat &#8211; ishoralar, fe\u2019l-atvor orqali izhor etadi. Hol ruhiyat bilan bog\u2018liq bo\u2018lgani uchun u tasavvufda maxsus ilm &#8211; ilmi hol orqali o\u2018rganilgan. Tasavvuf ahli orasida \u00abilmi qol\u00bb va \u00abilmi hol\u00bb degan tushunchalar bo\u2018lgan. \u00abIlmi qol\u00bb til bilan ifodalasa bo\u2018ladigan ilmlar, ya\u2019ni zohiriy ilmlar, chunonchi shariat ilmi ham shunga kirgan. \u00abIlmi hol\u00bb esa insondagi so\u2018z bilan tushuntirib bo\u2018lmaydigan g\u2018aroyib ruhiy kechinmalar, favqulodda fe\u2019l-atvor, xislatlarning namoyon bo\u2018lishidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuddi maqomotning bosqichlari bo\u2018lganiday, holning ham tasnif-ta\u2019rifga keltirilgan bosqichlari mavjud. CHunonchi: 1. Qurb, 2. Muhabbat, 3. SHavq, 4. Uns, 5. Mujohida,&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 6. Mushohida, 7. Mukoshifa.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Qurb <\/strong>(yaqinlik) &#8211; solikning o\u2018zini Alloh taologa yaqinlashganini his etish holati, Xudoning huzurini bevosita sezish, Xudo nigohining tushishini ham anglatadi. Qurbni so\u2018fiylar ko\u2018pincha Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning Me\u2019roj tuni Alloh huzuriga etganlari bilan qiyoslaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Muhabbat<\/strong> &#8211; qalbda kuchli tug\u2018yonning ko\u2018tarilishi, betoqat va bezovta bo\u2018lib, barcha go\u2018zalliklar manbai, qudratu nusrat, ne\u2019matu rohat egasi Alloh tomon talpinishdir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>SHavq<\/strong> &#8211; muhabbatning zo\u2018rayishi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Uns<\/strong> &#8211; ko\u2018nikish, Xudo mehriga, shafqatiga odatlanish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Mujohida<\/strong> &#8211; nafsni mahv etishga qat\u2019iy intilish, tanga mashaqqatni ravo ko\u2018rib, ma\u2019naviyat uchun jihod, ya\u2019ni jangga kirish va g\u2018alaba qilish demak. Mana shunday jiddu jahd, shiddatli ruhiy iztiroblardan keyin solik Haq jamolini mushohida eta boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Mushohida<\/strong> (ko\u2018rish) esa o\u2018z navbatida g\u2018ayb pardalarining ochilib, ilohiy sirlarning kashf etilishiga yo\u2018l ochadi &#8211; <strong><u>mukoshifa<\/u><\/strong> martabasi hosil bo\u2018ladi. Albatta, bu martaba &#8211; manzillarning ketma-ketlik tartibini shartli, deb bilmoq kerak. CHunki bu holatlar solikda navbatma-navbat yuz berishi ham yoyinki birdaniga bir necha xislat sohibiga aylanishi ham mumkin. Tariqat maqomotlari bilan hol martabalari orasidagi aloqalar xususida ham shu gapni aytish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Muridning maqomlar sari ruhiy safarida zikr, chilla o\u2018tirish, pir bilan suhbat, samo\u2019 majlislari uyushtirish muhim rol o\u2018ynagan. Solikning ruhiy-ma\u2019naviy kamolotini \u00absayr\u00bb yoki \u00absafar\u00bb so\u2018zlari bilan tushuntirganlar. Sayr va safar to\u2018g\u2018ri ma\u2019noda ham qo\u2018llanilgan. CHunki safar qilish ajzu riyozat turlaridan biri hisoblangan. Ko\u2018p so\u2018fiylar musulmon mamlakatlarini piyoda kezib chiqqanlar, atoqli shayxlarning suhbatiga etishganlar. Ayniqsa, piyoda haj safariga borish so\u2018fiy uchun katta sharaf deb qaralgan. Lekin tariqat safari deganda aksari ruhiy safar tushuniladi. Safar &#8211; ko\u2018ngilning Haq sari tavajjuhi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Sayr va safar tushunchalarini izohlaydigan bo\u2018lsak, quyidagi ma\u2019no hosil bo\u2018ladi: birinchi safar &#8211; kasrat (dunyo) pardalarining vahdat (Iloh) yuzidan ko\u2018tarilishi; ikkinchi safar &#8211; vahdat pardasini kasrat vujudidan ketkazish va botin orasidagi qaydlarni bartaraf etish, aynan dunyoning o\u2018zida Uni ko\u2018rish; uchinchi safar &#8211; zohir (juz\u2019)dan jam\u2019 sari taraqqiy etish va&nbsp; to\u2018rtinchi safar &#8211; haqdan yana xalqqa qaytishdir. Haqdan xalqqa qaytish deganda so\u2018fiylar orasida: \u00abrasti-rasidi\u00bb (\u00abuzilding-etding\u00bb) degan ibora bor. Buning ma\u2019nosi xalqdan uzilsang &#8211; Haqqa etasan, demakdir. Ammo bu ibtidodagi niyat, bunga erishgandan keyin esa, endi so\u2018fiy xalqqa Haq nomidan gapira olishi mumkin bo\u2018ladi, shu bois xalqqa qaytish yana dunyo mashg\u2018ulotiga qaytish emas, balki dunyoga Alloh nurini taratishdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Haq yo\u2018liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so\u2018ng qo\u2018lga kiritgan ma\u2019naviy ma\u2019rifati tufayli u shaxsiy \u00abMen\u00bbdan qutuladi va to\u2018laligicha Mutlaqiyatga qo\u2018shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So\u2018fiylar buni qatraning dengizga qo\u2018shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra &#8211; dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. SHu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g\u2018ariblikda, musofirlik (safar)da bo\u2018lgan inson ruhi hijron dog\u2018ida qiynalib azob chekadi. Ammo ruh moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo\u2018lib, Dengizga &#8211; o\u2018z asliga borib qo\u2018shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy ma\u2019rifat orqali, ya\u2019ni o\u2018z-o\u2018zini anglash, tanish va shu asosda o\u2018z Rabbini tanish orqali qo\u2018lga kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHunday qilib, ilohshunoslik ilmi &#8211; teosofiya bo\u2018lgan irfon yoki ma\u2019rifat (\u00abma\u2019rifat\u00bb so\u2018zi arabcha \u00abarafa\u00bb &#8211;&nbsp; bilmoq so\u2018zidan yasalgan) tariqatning hosilasi va bevosita davomidir. So\u2018fiylar nazarida ma\u2019rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma\u2019rifat ilmi <strong>botiniy ilm<\/strong> deb ham yuritilgan. CHunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo\u2018shib, \u00abzohiriy ilmlar\u00bb deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo\u2018lsa-da, lekin dunyoni bilish Allohni bilishning birinchi bosqichi, ya\u2019ni Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo &#8211; kasrat ko\u2018plik olami, Allohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko\u2018zgu. Moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to\u2018plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Allohga tegishli, Alloh &#8211;&nbsp; hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa &#8211; Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Tasavvuf g\u2018oyalarining tarqalishi, darveshchilik harakatining rivoj topishiga turli pirlar, atoqli shayxlarning nomi bilan bog\u2018liq tariqatlarning ahamiyati katta bo\u2018lgan. Tariqat (yoki suluk &#8211; yo\u2018llar) bir-biridan, avvalo islomdagi ikki mazhab &#8211; shia yoki sunnaga rag\u2018bati bilan, ikkinchidan, shariatga munosabati bilan, uchinchidan, muayyan tariqat tarqalgan aholining qadimiy tasavvur-odatlari, madaniy darajasi bilan va, nihoyat, to\u2018rtinchidan har bir piri murshidning tarbiya usuli, ma\u2019qul deb hisoblagan ruhiy-ma\u2019naviy ta\u2019sir vositalari bilan o\u2018zaro farqlangan. Masalan, Mesopotamiya va Eron, Hurosonda tafakkuriy-irfoniy yo\u2018nalish, Turkiya, Afrika mamlakatlari, qisman Hindistonda shariatga zich bog\u2018langan yo\u2018nalish, Movarounnahrda ham irfoniy va ham shariat izmidagi yo\u2018nalishlar birgalikda yoyilgan. Tariqatlarning soni elliktadan ortiq. CHunonchi, tayfuriya, zahabiya, hurufiya, hallojiya, shozaliya, junaydiya, suhravardiya, safariya, qodiriya, ne\u2019matullohiya, chishtiya, nizomiya, bektoshiya, nurbaxshiya, mavlaviya, malomatiya, qalandariya, ma\u2019rufiya, firdavsiya, nuriya, qushayriya, xalvatiya, adhamiya, ahmadiya va hokazo.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulardan tayfuriya (Tayfur Boyazid Bistomiy nomi bilan bog\u2018liq), hakimiya (Hakim Termiziy nomi bilan bog\u2018liq), hallojiya (Mansur Hallojga nisbat beriladi), suhravardiya (YAhyo Suhravardiy nomi bilan bog\u2018langan) oqimlar ko\u2018proq nazariy tomonlari bilan ma\u2019lum. CHunki Bistomiy, Hakim Termiziy, Junayd Bag\u2018dodiy yoki YAhyo Suhravardiy maxsus xonaqo tariqatini tuzib, solik tarbiyasi bilan shug\u2018ullanmaganlar. Ularning tarafdorlari bor, xolos. Qalandariya, malomatiya kabi oqimlar esa biror shayx nomi bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan, alohida yo\u2018nalishlardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyoda tasavvuf IX asr o\u2018rtalaridan boshlab tarqala boshlagan. Dastlab Balx, Termiz, Nasaf shaharlari, so\u2018ngra Buxoro, Xiva, Samarqand, Turkiston, Toshkand shaharlarida ham nazariy va ham amaliy ishlar bilan shug\u2018ullanadigan pirlar etishib chiqdilar. Avliyolik haqidagi birinchi kitob&nbsp; bo\u2018lgan Hakim Termiziyning \u201cXatmul avliyo\u201d asari Termizda yozildi. Markaziy Osiyoda quyidagi tariqatlar qadimdan keng tarqalgan: <strong>hakimiya,qodiriya<\/strong>, <strong>yassaviya<\/strong>, <strong>kubraviya<\/strong> va <strong>naqshbandiya<\/strong> (yoki \u00abxojagon\u00bb).<\/p>\n\n\n\n<p>Qodiriya tariqati eronlik shayx Geloniy (1077-1166) nomi bilan bog\u2018liq. U asosan Bag\u2018dodda yashab karomatlar ko\u2018rsatish, ilmu riyozat bilan shug\u2018illangan. Sunniy mazhabidadir. Abulqodir Geloniy Junayd Bag\u2018dodiyning \u00absahv\u00bb (hushyorlik) konsepsiyasini rivojlantirgan, u muridlari orasida \u00abBuyuk madadkor\u00bb (G\u2018avsul a\u2019zam) nomi bilan mashhur bo\u2018lgan. Uning tariqati hozirgi Arab davlatlari, Turkiya va O\u2018zbekistonda tarqalgan.&nbsp; Abdulqodir Geloniy&nbsp; Movarounnahrda bo\u2018lgan emas, ammo shunga qaramay bu tariqatning Farg\u2018ona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo tomonlarda ixlosmandlari va izdoshlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>YAssaviya &#8211; ulug\u2018 shayx va shoir Xoja Ahmad YAssaviy (vafoti 1166 yil) asos solgan tariqat. SHuni aytish kerakki, yassaviya bilan naqshbandiyaning ildizi Xoja YA\u2019qub YUsuf Hamadoniyga (1048-1140) borib taqaladi. Ahmad YAssaviy ilk ustozi Arslonbobdan xirqa kiyib, tasavvuf yo\u2018liga kirgach, Buxoroga borib Xoja YUsuf Hamadoniydan tariqat ta\u2019limini oladi. Abduxoliq G\u2018ijduvoniy bilan birga Hamadoniyning eng ishongan xalifasiga aylanadi. YUsuf Hamadoniy vafot etgach, uning o\u2018rniga uchinchi bo\u2018lib shayxlik maqomiga ko\u2018tariladi, ammo ko\u2018p o\u2018tmay Buxorodagi ishlarini birodari Abduxoliq G\u2018ijduvoniyga topshirib, o\u2018z vatani Turkistonga qaytadi va bu erda yangi tariqatni ta\u2019sis etadi. Uning ko\u2018p sonli muridlari turkiy xalqlar orasida yurib, tasavvuf g\u2018oyalarini yoyganlar. YAssaviy ovoz chiqarib zikr aytish (\u00abzikri jahriya\u00bb) va karomatlar ko\u2018rsatib murid tarbiyalash, xilvatda suhbat qilishni yo\u2018lga qo\u2018ygan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning o\u2018zidan keyingi silsilasini quyidagi shayxlar davom ettirganlar: So\u2018fi Muhammad Donishmand, Sulaymon Boqirg\u2018oniy, Mansur bin Arslon bobo, Luqmon Paranda, Abdumalik Tojxoja, Ishoq bobo, Zangi ota bin Abdumalik, Said Xorazmiy, Xalil ota, Xoja Bektosh Valiy, Uzun Hasan, Sadr Xoja, Badr Xoja, Ahmad Sayyid, Kamol Iqoniy, Hazrati Bashir va boshqalar. YAssaviya tariqati hozirgi Markaziy Osiyo, Turkiya va Rossiya xududlarida tarqalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kubraviyaning asoschisi xorazmlik ulug\u2018 shayx Najmiddin Kubro (1145-1221)dir. U kishining ismi Ahmad, otasining ismi Umar bo\u2018lib, Najmiddin, Kubro, Valitarosh, Abuljannob so\u2018zlari u kishini sharaflovchi kunya va laqablardir. U kishi Misr, Eron,&nbsp; Iroq, SHom mamlakatlarini kezib, turli ilmlarni egallaganlar. SHayx Ro\u2018zbehon Vazzon, Bobo Faraj, SHayx YOsir Ammor, SHayx Ismoil al &#8211; Kasriylardan so\u2018fiylik sirini egallab, Xorazmga qaytib, xonaqo qurganlar. Juda ko\u2018p muridlari bo\u2018lgan. Najmiddin Kubro bir necha kitoblar ta\u2019lif etgan, ularda inson va koinot, inson ruhiyati tadqiq etiladi. O\u2018ziga xos tariqat yo\u2018li (\u00abusuli ash\u2019ora\u00bb &#8211; o\u2018nta usul) bayon etiladi. Najmiddin Kubro mug\u2018ul bosqichilariga qarshi jangda qahramonlarcha halok bo\u2018lgan, qabri Ko\u2018hna Urganchdadir. Kubraviyaning Eron, Pokiston, Afrikada tarqalgan, firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya kabi o\u2018ndan ortiq shoxobchalari bor.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><u>Najmiddin Kubroning silsilasi:<\/u><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Majdiddin Bag\u2018dodiy, Sayfiddin Boxarziy, Sa\u2019diddin Hamaviy, Farididdin Attor, Raziaddin Axi Lolo, Najmiddin Doya, Badriddin Firdavsiy, Najmiddin Muhammad, Sadriddin Ibrohim, Aziziddin Nasafiy, SHayx Kamol Jundiy, Nuriddin Abdurahmon Isfahoniy, Rukniddin Ali ad &#8211; Davla as &#8211; Simnoniy.<\/p>\n\n\n\n<p>Naqshbandiya Buxoroi sharifda shakllangan bo\u2018lib, dunyoning eng ko\u2018p tarqalgan tariqatidir. Asoschisi Bahovaddin Muhammad bin Burhon bin Muhammad al &#8211; Buxoriy (1318-1389). \u00abNaqshband\u00bb, \u00abbalogardon\u00bb ul zoti sharifning muborak sifatlaridir. Xoja YUsuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq G\u2018ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag\u2018naviy, Xoja Ali Rometaniy, Boboi Samosiy, Sayid Amir Kulol, Qusam SHayx, Xalil ota Bahovaddin Naqshband pirlari bo\u2018lsa, Alouddin Attor, Muhammad Porso, YA\u2019qub, CHarxiy ul zotning peshqadam muridlari hisoblangan. Ulardan keyin naqshbandiya tariqatini Xoja Ahrori vali, Muhammad Zohid, Xoja Darvesh, Xoja Amkangiy, Ahmad Kosoniy, Eshoni Valixonlar davom ettirganlar. Ammo ushbu silsila tariqatning bu bir shoxobchasidir. Naqshbandiyaning Hindiston, Malayziya, Filippin, Eron, Pokiston, Afg\u2018oniston, Turkiya, Rossiyada yana ko\u2018plab tarmoq silsilalari bor. Hatto G\u2018arbiy Evropa va AQSHda tariqat tarafdorlari mavjud. Lekin shuni qayd etish kerakki, xorijda yashovchi \u00abnaqshbandiy\u00bblarning bir qismi asl Naqshband tariqatidan uzoqlashib qolganlar. Naqshband zikri xafiy (sokin zikr) tarafdori, u kishi suhbatni tarbiyaning asosiy quroliga aylantirib, xilvatnishinlikni ham, samou raqsni ham qabul qilmaganlar. Balki botiniy olamni rivojlantirish, shariatdan uzoqlashmasdan so\u2018fiylik maqomini egallashni talab qildilar. Naqshband hazratlari amal qilgan \u00absafar dar vatan\u00bb, \u00abxilvat dar anjuman\u00bb, \u00abhush dar dam\u00bb, \u00abnazar dar qadam\u00bb, \u00abdil ba YOru dast ba kor\u00bb shiorlari odamni ham ma\u2019naviy yuksalishga ko\u2018maklashadi va ham jamiyatda bahamjihat yashab o\u2018zaro bir-biriga yordam berish, mehnat, bunyodkorlik bilan yurtni obod qilishga safarbar etadi. Tasavvuf inson axloqini poklash, o\u2018zlikni tanish va saxovatpeshalik, ezgu amallarga o\u2018zini bag\u2018ishlash xislatini tarbiyalab keldi, Komil inson idealini bayroq qilib, odamlarni ruhiy-ma\u2019naviy yuksalishga chorladi, qalblarga ilohiy ma\u2019naviy nurini kiritishga intildi. SHu ma\u2019noda bu muqaddas merosni hozirgi avlodga etkazish, to\u2018g\u2018ri talqin qilish muhim bo\u2018lib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Karimov Sh. Shamsiddinov R. Vatan tarixi. T.: 1997.<\/li>\n\n\n\n<li>Q.Usmonov O`zbekiston tarixi. T.: 2009.<\/li>\n\n\n\n<li>Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T.:2021.<\/li>\n\n\n\n<li>Husniddinov 3., Islom: yo\u02bbnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2020<\/li>\n\n\n\n<li>Xusniddinov Z.M. Islom yo`nalishlari, mazhablari, oqimlari. T.: 2020<\/li>\n\n\n\n<li>O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi&#8221;. Davlat ilmiy nashriyoti.<\/li>\n\n\n\n<li>I.Karimov Yuksak ma-naviyat-yengilmas kuch T.: 2008<\/li>\n\n\n\n<li>Islom tarixi darsligi. T.:2022.<\/li>\n\n\n\n<li>Axmedov B.A. O`zbekiston tarixi manbalari T.: 2020<\/li>\n<\/ol>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ergasheva Umida Oripovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Tasavvuf SHarq ma\u2019naviyati tarixida muhim o\u2018rin egallab kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta\u2019limot bo\u2018lib, islom olamida VIII &nbsp;asrning o\u2018rtalarida paydo bo\u2018lgan. Dastlab u &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasavvuf-talimoti-va-markaziy-osiyo-sufiylik-tariqatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[448],"tags":[],"class_list":["post-83638","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fan-talimga-oid-maqolalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/83638","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=83638"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/83638\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":83639,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/83638\/revisions\/83639"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=83638"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=83638"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=83638"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}