{"id":8422,"date":"2021-11-06T11:24:11","date_gmt":"2021-11-06T08:24:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8422"},"modified":"2021-11-06T11:24:13","modified_gmt":"2021-11-06T08:24:13","slug":"analog-hisoblash-mashinasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/analog-hisoblash-mashinasi\/","title":{"rendered":"ANALOG HISOBLASH MASHINASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANALOG HISOBLASH MASHINASI \u2014 uzluksiz o&#8217;zgaruvchi fizik kattaliklar (mexanik siljish, kuchlanish, tok kuchi, temperatura va boshqalar) ning qiymatlari aniqlanadigan matematik masalalarning sonlarini shu miqdorlar bilan taqqoslaydigan hisoblash mashinasi. Analog hisoblash mashinasida natija mashinadagi o&#8217;zgaruvchan fizik miqdorlarni o&#8217;lchab aniqlanadi. Analog hisoblash mashinasining asosiy xususiyatlari: o&#8217;zgaruvchan kattaliklar uzluksiz bo&#8217;ladi; amallar parallel bajarilishi natijasida yuqori tezlikka erishiladi; yechiladigan masalalarga dastur tuzish ancha soddalashadi; tadqiq qilinuvchi tizimni real analog qurilmaga ulash osonlashadi; modellash jarayoni va natija yaqqol ko&#8217;rinib turadi; jamlash, ko&#8217;paytirish, integrallash, chiziqli bo&#8217;lmagan funktsiyalarni hosil qilish kabi amallarni ancha sodda va samarali bajarish mumkin; axborotni uzoq muddat xotirada saqlash, murakkab va mantiqiy amallarni bajarish imkoni cheklangan. Analog hisoblash usullaridan miloddan avvalgi Vaviloniyada yer o&#8217;lchash va xarita tuzishda foydalanilgan. 15-asr boshlarida Samarqandda al-Koshiy ikki sayyoraning bir meridian tekisligida bo&#8217;lish vaqti paytini aniqlovchi asbob yaratgan. Taxminan 1000 yilda yaratilgan logarifmik lineyka dastlabki Analog hisoblash mashinasidir. Hozirgi EHMlarning dastlabkisi elektron texnika taraqqiyotining mahsuli bo&#8217;lib, bular 1950 yilda yaratilgan o&#8217;zgarmas tok kuchaytirgichi bilan bog&#8217;liqdir. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda yaratilgan analog qurilmalar integrasiya koeffitsienti o&#8217;ta katta bo&#8217;lgan analog integral mikrosxemalar asosida ishlab chiqariladi. Ishlash tarziga ko&#8217;ra, Analog hisoblash mashinasi mexanik pnevmatik, gidravlik, elektromexanik va elektron turlariga, analogiya asosida qurilishiga ko&#8217;ra, oddiy va murakkab xillarga bo&#8217;linadi. Oddiy mashinalarda o&#8217;zgaruvchilar va echiladigan dastlabki tenglama o&#8217;zgaruvchilari orasidagi bog&#8217;lanish o&#8217;zgarmas koeffisientlar orqali amalga oshirilsa, murakkab mashinalarda esa bu aloqa oshkor ko&#8217;rinishda bo&#8217;lmay, balki murakkab tasvirga ega bo&#8217;ladi. Analog hisoblash mashinasi boshqaruv tizimlarining dinamikasini taxlil qilish yoki rostlashda, boshqaruv tizimlarining sintezi va rostlash bilan bog&#8217;liq masalalarni echishda, tizimga ta&#8217;sir etuvchi va foydali signallarni aniqlashda, yangi avtomatik qayd qilish qurilmalarini yaratishda va boshqalarda keng qo&#8217;llaniladi. Bundan tashqari, Analog hisoblash mashinasilardan murakkab avtomatik tizimlarning elementlari va qurilmalari sifatida ham foydalaniladi. Abdurauf Pattoxov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANALOG HISOBLASH MASHINASI \u2014 uzluksiz o&#8217;zgaruvchi fizik kattaliklar (mexanik siljish, kuchlanish, tok kuchi, temperatura va boshqalar) ning qiymatlari aniqlanadigan matematik masalalarning sonlarini shu miqdorlar bilan taqqoslaydigan hisoblash mashinasi. Analog hisoblash &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/analog-hisoblash-mashinasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8422"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8425,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8422\/revisions\/8425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}