{"id":8458,"date":"2021-11-06T14:36:19","date_gmt":"2021-11-06T11:36:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8458"},"modified":"2025-10-30T12:39:29","modified_gmt":"2025-10-30T09:39:29","slug":"obid-sodiqov-1913-1987-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/obid-sodiqov-1913-1987-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Obid Sodiqov (1913-1987) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Sodiqov Obid Sodiqovich (1913.15.11 \u2014 Toshkent \u2014 1987.22.7) \u2014 kimyogar olim, jamoat arbobi. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan va texnika arbobi (1960). Obid Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo universitetini tugatgan (1937), shu universitetda dotsent (1942\u2014 46), O\u2018simlik moddalari (keyinchalik tabiiy birikmalar) kimyosi kafedrasida mudir (1946\u201474), ilmiy rahbar (1974 yildan), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (1946-50), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi a\u2019zosi (1947-57), ToshDU rektori (1958-66), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1966-84), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo bo\u2018limi rahbari (1973\u201477), Bioorganik kimyo instituti direktori (1977\u201487) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asosiy ilmiy ishlari organik va bioorganik kimyoga oid. Obid Sodiqov O\u2018rta Osiyodagi o\u2018simliklarni tekshirib, 100 dan ortiq dipiridil, xinolizidin, izoxinolin katori alkaloidlarini ajratib oldi, ularning tuzilishi, konformatsion holati va biogenetik o\u2018zgarishlarini aniqladi. Obid Sodiqov rahbarligida g\u2018o\u2018za bargi, chigiti, qobig\u2018i, guli va g\u2018o\u2018zapoyadan uglevodorodlar, yuqori molekulali spirtlar, kislotalar, sterinlar, triterpenlar, flavonoidlar, polifenollar, gossipol va uning yo\u2018ddoshlari, uglevodlar, shuningdek, A, E, P, F kabi vitaminlar ajratib olindi; ko\u2018pgina preparatlar (anabazingidroxlorid, gossipol, gossipol linimenti, megosin malhami, batriden tabletkasi, gozanidon tabletkasi va boshqa)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Obid Sodiqov tashkil qilgan maktabda g\u2018o\u2018zani vilt bilan kasallani\u0449lan himoya qilishning kimyoviy va biologik usullari ishlab chiqildi; muhim yo\u2018nalish \u2014 vilt qo\u2018zg\u2018atuvchi toksinlar kimyosi va biokimyosi sohasida tadqiqotlar o\u2018tkazildi. G\u2018o\u2018za bargidan limon va olma kislotalari ajratib olishning sanoat usuli ishlab chiqildi (1956), shakar ishlab chiqarish chiqindisi (patika)dan mikrobiologiya usuli bilan itakon kislota olindi, dorivor moddalar, biostimulyatorlar sintez qilindi, hayot uchun muhim bo\u2018lgan fiziologik faol tabiiy birikmalar va ularning sintetik analoglari tuzilishi bilan organizmdagi funktsiyasi o\u2018rtasidagi bog\u2018lanish chuqur o\u2018rganildi, eukariotlar to\u2018qimalari genomining kooperativ aktivatsion modeli taklif etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Obid Sodiqov darslik (\u00abOrganik ximiya\u00bb, hamkorlikda, T., 1971; \u00abOrganik ximiyadan praktikum\u00bb, hamkorlikda, T., 1973), o\u2018quv qo\u2018llanmalari, ilmiy va ommabop kitoblar muallifi, ilm-fan tashkilotchisi.<\/p>\n\n\n\n<p>Obid Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi a\u2019zosi (1972\u201484). Beruniy nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga Obid Sodiqov nomi berilgan (1988). Toshkentdagi 249-maktab, Sobir Rahimov tumanidagi mahalla, Shayxontohur tumanidagi ko\u2018chalardan biri ham Obid Sodiqov nomi bilan ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sodiqov Obid Sodiqovich (1913.15.11 \u2014 Toshkent \u2014 1987.22.7) \u2014 kimyogar olim, jamoat arbobi. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan va texnika arbobi (1960). Obid Sodiqov SSSR Fanlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/obid-sodiqov-1913-1987-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8461,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8458","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8458"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163631,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458\/revisions\/163631"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8461"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8458"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8458"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8458"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}