{"id":8488,"date":"2021-11-06T16:03:14","date_gmt":"2021-11-06T13:03:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8488"},"modified":"2021-11-06T16:03:16","modified_gmt":"2021-11-06T13:03:16","slug":"anatomiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anatomiya\/","title":{"rendered":"ANATOMIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANATOMIYA (Yunoncha anatome \u2014 kesaman, yoraman) \u2014 ayrim a&#8217;zolar, sistemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini o&#8217;rganadigan fan; morfologiyaning bir qismi. Anatomiya hayvonlar Anatomiyasi (zootomiya) va o&#8217;simliklar anatomiyasi (fitotomiya) ga bo&#8217;linadi. Hayvonlar Anatomiyasidan odam Anatomiyasi (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini o&#8217;rganadigan qiyosiy (solishtirma) Anatomiya ham bor. &#8220;Anatomiya&#8221; termini ko&#8217;proq odam Anatomiyasini ifodalash uchun ishlatiladi. Odam Anatomiyasiga inson organizmi faoliyati haqidagi fan \u2014 fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. Anatomiya har bir a&#8217;zoning kishi jinsi va yoshiga qarab o&#8217;zgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat faoliyatining a&#8217;zolar tuzilishi, vazifasiga ta&#8217;sirini ham o&#8217;rganadi. Dastlab har bir a&#8217;zo alohida-alohida o&#8217;rganilgan bo&#8217;lsa, keyinchalik a&#8217;zolarning o&#8217;zaro munosabatlarini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini, organism bir butun bo&#8217;lib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bog&#8217;liqligini, a&#8217;zolarning shakli bilan funktsiyasi o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro bog&#8217;liqlikni hisobga olgan holda o&#8217;rganila boshlandi. Anatomiyaga oid dastlabki ma&#8217;lumotlar eng qadimgi Xitoy va hind asarlarida, shuningdek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya maktabi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli &#8220;Tib qonunlari&#8221; asarida tibbiyotning barcha sohalariga, xususan Anatomiyaga oid mukammal ma&#8217;lumot berildi. Italyan rassomi Leonardo da Vinchi murdani yorib tekshirib normal Anatomiyaning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon Anatomiyasi Uyg&#8217;onish davridan, ya&#8217;ni yevropalik anatom-olim A. Vezaliy murdalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining to&#8217;liq, sistematik va aniq tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. Anatomiya umuman normal a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning shakli va tuzilishini o&#8217;rgangani uchun normal Anatomiya deb ataladi. Normal Anatomiya, organizmning funktsional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi ta&#8217;limot \u2014 osteologiya, bo&#8217;g&#8217;imlar haqidagi ta&#8217;limot \u2014 artrologiya, muskullar haqidagi ta&#8217;limot \u2014 miologiya, ichki a&#8217;zolar haqidagi ta&#8217;limot \u2014splanxnologiya, qon aylanish va limfa sistemasi haqidagi ta&#8217;limot \u2014 angiologiya, Markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi ta&#8217;limot \u2014 nevrologiya, sezgi a&#8217;zolari haqidagi ta&#8217;limot \u2014 esteziologiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi ta&#8217;limot \u2014 endokrinologiyatga bo&#8217;linadi. Anatomiyadan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning mikroskopik tuzilishini o&#8217;rganadi); patologik Anatomiya (kasallik oqibatida o&#8217;zgargan a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning shakli va tuzilishini o&#8217;rganadi), topografik yoki amaliy Anatomiya (xirurgik Anatomiya ham deyiladi, odam tanasida a&#8217;zo va to&#8217;qimalarning joylanishini o&#8217;rganadi). Bundan tashqari, vazifasi tasviriy san&#8217;at (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi ko&#8217;rinishini tasvirlab berishdan iborat bo&#8217;lgan plastik Anatomiya, a&#8217;zolarning shakllari va tuzilishini ularning faoliyati bilan bog&#8217;liq holda o&#8217;rganadigan funktsional yoki nazariy Anatomiya, yosh Anatomiyasi va boshqa Anatomiyalar ham bor. Miyaning faoliyati bilan bog&#8217;liq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa tomirlarining nerv bilan ta&#8217;minlanishi, bir qismi ishdan chiqqan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensasiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham Anatomiyaning tadqiqot mavzuidir. Anatomiyaning asosiy va eng qadimgi o&#8217;rganish usulidan foydalanilgan, bora-bora kesib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qo&#8217;llash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab ko&#8217;rish, perkussiya (barmoq yoki bolg&#8217;acha bilan urib o&#8217;rganish) yoki auskultasiya (eshitib ko&#8217;rish) usullari qo&#8217;llanila boshlandi. Bundan tashqari, Anatomiya (proektsion Anatomiya) hayvonlar va sog&#8217;lom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan a&#8217;zolarning joylanishini tajriba yo&#8217;li bilan aniqlaydi. O&#8217;zbekistonda Anatomiya fanining haqiqiy rivoji 1940-50 yillarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;zbek olimlaridan H. Z. Zohidov Markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzilishini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistemasining qon bilan ta&#8217;minlanishini, qon tomirlar Anatomiyasini, M. N. Xolqo&#8217;ziyev vegetativ nerv sistemasi Anatomiyasini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining ta&#8217;sirini o&#8217;rgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxo&#8217;jayevlar ham Anatomiya rivojlanishiga munosib hissa qo&#8217;shdilar. Hozir Anatomiyaning dolzarb masalalari \u2014 jigar, tomirlarning normal va regenerasiya sharoitidagi o&#8217;zgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon aylanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzaev N. X., Normal va topografik anatomiya, T., 1991; Ahmedov N. K., Atlas. Odam anatomiyasi, 1\u2014 2-1., T., 1996-97. Nosir Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANATOMIYA (Yunoncha anatome \u2014 kesaman, yoraman) \u2014 ayrim a&#8217;zolar, sistemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini o&#8217;rganadigan fan; morfologiyaning bir qismi. Anatomiya hayvonlar Anatomiyasi (zootomiya) va o&#8217;simliklar anatomiyasi (fitotomiya) ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anatomiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8488","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8488","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8489,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8488\/revisions\/8489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}