{"id":85532,"date":"2023-06-09T13:52:11","date_gmt":"2023-06-09T10:52:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=85532"},"modified":"2023-06-09T13:52:15","modified_gmt":"2023-06-09T10:52:15","slug":"absolyutizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/absolyutizm\/","title":{"rendered":"Absolyutizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Absolyutizm (lotincha)-mutlaq hokimlik, hokimi mutlaq, mustabid hokimiyat, cheklanmagan hokimiyat. Hokimiyatni meros tariqasida qo\u2019lga kirituvchi yakka shaxs (imperator, korol, podsho, xon, sulton, amir va boshqalar)ning cheklanmagan hukmronligiga asoslangan idora usuli, davlat tuzumi. Absolyutizm feodalizmning so\u2019nggi bosqichida, ya\u2019ni kapitalistik munosabatlar vujudga kelayotgan davrda paydo bo\u2019lgan. Bu davrda burjuaziya, garchi hokimiyatni qo\u2019lga olish darajasida qudratli bo\u2019lmasa-da, mamlakat ekonomikasida salmoqli o\u2019rinni egalladi, o\u2019z manfaatiga qarshi qo\u2019ya olish imkoniga ega bo\u2019ldi. Ana shu o\u2019tish davrida Absolyutizm vujudga keldi. Absolyutizm feodal jamiyati yemirilayotga, kapitalistik munosabatlar rivojlanayotgan va sinfiy kurash juda keskinlashgan sharoitdagi dvoryanlar diktaturasidir. Absolyutizm tuzumining to\u2019la shakllanib olgan \u201cklassik\u201d shakli Yevropada-Fransiyada (15-asrning ikkinchi yarmidan 17-asr boshigacha), Osiyoda-Yaponiyada namoyon bo\u2019ldi. Absolyutizm Rossiyada 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida vujudga keldi. Absolyutizmda davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish tugallanishi natijasida butun hokimiyat davlat boshlig\u2019i-monarx qo\u2019lida to\u2019planadi. Absolyutizm Rossiyada asta-sekin burjua-pomeshchiklar monarxiyasiga aylandi. Feodal davlatining boshqa shakllari kabi Absolyutizm ham mehnatkash xalqni, avvalo, dehqonlarni itoatda saqlash organidir. Absolyutizm o\u2019zining boshlang\u2019ich davrida muayyan progressiv rol o\u2019ynadi. Chunki u feodal tarqoqligi, feodal tarqoqligi, feodal urushlariga xotima berilib, yagona davlat tartibining joriy etilishiga, kapitalistik munosabatlarning o\u2019rnatilishiga olib keldi. Burjuaziya rivojlangani sari Absolyutizm asta-sekin progressiv xarakterini yo\u2019qotib, kapitalistik munosabatlarning yanada rivojlanishiga g\u2019ov bo\u2019ldi. Absolyutizm Angliyada 17-asrda, Fransiyada 18-asr oxiridagi burjua revolyutsiyasidan so\u2019ng, Rossiyada 1917 yil fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi natijasida barham topdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Absolyutizm (lotincha)-mutlaq hokimlik, hokimi mutlaq, mustabid hokimiyat, cheklanmagan hokimiyat. Hokimiyatni meros tariqasida qo\u2019lga kirituvchi yakka shaxs (imperator, korol, podsho, xon, sulton, amir va boshqalar)ning cheklanmagan hukmronligiga asoslangan idora usuli, davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/absolyutizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[370],"tags":[],"class_list":["post-85532","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85532","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=85532"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85532\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":85545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85532\/revisions\/85545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=85532"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=85532"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=85532"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}