{"id":85709,"date":"2023-06-14T08:45:44","date_gmt":"2023-06-14T05:45:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=85709"},"modified":"2023-06-14T08:45:47","modified_gmt":"2023-06-14T05:45:47","slug":"otmishni-kelajakka-boglovchi-yolak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otmishni-kelajakka-boglovchi-yolak\/","title":{"rendered":"O\u2019TMISHNI KELAJAKKA BOG\u2019LOVCHI YO\u2019LAK"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika unversiteti Sirtqi bo\u2019lim Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta\u2019lim kafedrasi o\u2019qituvchisi Abdullayev Shaxobiddin Norqo\u2019zi o\u2019g\u2019li<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Annontatsiya<em>:ushbu maqolada bizni tariximizni kelajak avlod uchun tanishtirishda muhim omil bo\u2019lgan muzeylarning tashkil etilishi va ularning faoliyati haqida ma\u2019lumotlar berib o\u2019tiladi. Shuningdek, O\u2019zbekistonda mustaqillikdan keyin tashkil etilgan tashkil etilgan muzeylar va ularning faoliyati bilan bog\u2019liq jarayonlarga to\u2019xtalib o\u2019tamiz.<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Abstract: this article provides information about the organization and activities of museums, which are an important factor in introducing our history to future generations. We will also dwell on the processes related to the established museums established in Uzbekistan after independence and their activities.<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Kalit so\u2019zlar<em>: eksponatlar muzalar, Nineviya, o\u2019lkashunoslik, gidrometerologiya, , Lukull, Pompei, Sezar, O\u02bbzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O\u02bbzbekiston san\u02bcat muzeyi,<\/em><\/strong><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=O%CA%BBzbekmuzey&amp;action=edit&amp;redlink=1\"><strong><em>O\u02bbzbekmuzey<\/em><\/strong><\/a><strong><em>, International Council of Museums-Xalqaro muzeylar kengashi.Key words: exhibits, muses, Nineveh, local history, hydrometerology, Lucullus, Pompeii, Caesar, History Museum of Uzbekistan, State Museum of the History of Timurids, Art Museum of Uzbekistan, Uzbek Museum, International Council of Museums.<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillikka erishgan&nbsp; yillarimizda tarixiy o\u2019tmishimizni qayta tiklashga bo\u2019lgan e\u2019tibor kuchaydi va tarixiy o\u2019tmishimizga qaytadan e\u2019tibor qaratildi. Tarixiy shaxslarimizning nomlari oqlandi, umumxalq bayramimiz bo\u2019lib kelgan \u201cNavro\u2019z\u201d bayrami tiklandi va qolaversa Iyd ramozon va Iyd qurbon xayit bayramlarini ham keng nishonlash hamda &nbsp;dam olish kuni etib belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustaqillikka erishgandan keyin tariximizni yanada oydinlashtirish yo\u2019lidagi&nbsp; yana bir muhim qadam bu muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo\u2019ldi desak xato bo\u2019lmaydi. Tarixni anglashda, uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan O\u02bbzbekistonda 90-yillardan keyin ko\u02bbplab muzeylar mamlakatning turli joylarida o\u02bbz ishlarini boshladi, ko\u02bbplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital ta\u02bcmirdan chiqarildi. Keling muzeylar haqida chuqurroq ma\u2019lumotga kirishdan oldin muzey o\u2019zi nima ekanligiga to\u2019xtalib o\u2019tamiz.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Muzey<\/strong>&nbsp;(<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Qadimgi_yunon_tili\">qadimgi yunoncha<\/a>:&nbsp;<em>\u03bc\u03bf\u03c5\u03c3\u03b5\u1fd6\u03bf\u03bd<\/em><em>, musion<\/em>&nbsp;\u2014 \u201emuzalarga bag\u02bbishlangan joy\u201c)&nbsp;\u2014 tarixiy, moddiy va ma\u02bcnaviy yodgorliklarni to\u02bbplash, saqlash, o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma\u02bcrifiy muassasa. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san\u02bcat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo\u02bblgan tarixiy qimmatga ega qo\u02bblyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.<a href=\"#_ftn1\" id=\"_ftnref1\">[1]<\/a> Muzeylar tarixiga nazar tashlaydigan bo\u2019lsak bu bo\u2019yicha quyidagi ma\u2019lumotlarga yuzlanamiz: Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo bo\u02bblish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeyning o\u02bbtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo\u02bbjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Knos_saroy_xazinasi&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Knos saroy xazinasi<\/a>&nbsp;(miloddan avvalgi 16-asr),&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Vanlar_saroyi&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Vanlar saroyi<\/a>&nbsp;va ink kohinlarining arxivi (miloddan avvalgi 13\u201412-asrlar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (miloddan avvalgi l-ming y..) va boshqa shular jumlasidan. Kdsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy to\u02bbplamlarda (miloddan avvalgi 3-asrdan) asosan san\u02bcat asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va boshqa to\u02bbplamlari).&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Vizantiya\">Vizantiya<\/a>&nbsp;sobor va monastirlarida, keyinroq Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida turli xil to\u02bbplamlar saqlangan. Yevropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo bo\u02bblishi buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshayotgan davr&nbsp;\u2014 Uyg\u02bbonish davriga to\u02bbg\u02bbri keladi; bu davrda xayvonot va o\u02bbsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy-badiiy noyob narsalar jamlangan saroy to\u02bbplamlari (kunstkameralar, myunskabinetlar va boshqa) shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo bo\u02bbldi. Florensiya (L. Medichi, 15-asr), Rim (Vatikan muzeyi, 16-asr), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-asr) va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari to\u02bbplamlari shu davrga mansub. XVII-XVIII-asrlarda keyinchalik ko\u02bbplari davlat milliy muzey negizini tashkil qilgan xususiy to\u02bbplamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, san\u02bcatshunoslik) shakllandi<a href=\"#_ftn2\" id=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistondagi muzeylarning daslabkilari esa 19-asrning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. XX-asr boshida O\u02bbzbekistonda faqat 3 muzey&nbsp;\u2014 Toshkent o\u02bblkashunoslik muzeyi (1876, hozirda&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/O%CA%BBzbekiston_tarixi_muzeyi\">O\u02bbzbekiston tarixi muzeyi<\/a>), Samarqand xalq muzeyi (1896, hozirgi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Akmal_Ikromov_nomidagi_O%CA%BBzbekiston_xalqlari_madaniyati_va_san%CA%BCati_tarixi_muzeyi\">Akmal Ikromov nomidagi O\u02bbzbekiston xalqlari madaniyati va san\u02bcati tarixi muzeyi<\/a>), Farg\u02bbona xalq muzeyi (1899, hozirgi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Farg%CA%BBona_viloyat_o%CA%BBlkashunoslik_muzeyi\">Farg\u02bbona viloyat o\u02bblkashunoslik muzeyi<\/a>) bor edi. Ularning to\u02bbplamlari kam, ekspozitsiyalarining ko\u02bbpi tasodifiy materiallardan tashkil topgan edi. XX-asr 20-yillaridan turli sohadagi muzeylar tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o\u02bbtkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzeylar uchun kolleksiyalar to\u02bbplash ishi yo\u02bblga qo\u02bbyildi va ko\u02bbplab muzeylar tashkil etildi. Hozir O\u02bbzbekistondagi muzeylarning asosiy qismi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=O%CA%BBzbekiston_madaniyat_ishlari_vazirligi&amp;action=edit&amp;redlink=1\">O\u02bbzbekiston madaniyat ishlari vazirligi<\/a>&nbsp;qaramog\u02bbida. Yirik muzeylar: O\u02bbzbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O\u02bbzbekiston san\u02bcat muzeyi (1918), Akmal Ikromov nomidagi O\u02bbzbekiston xalqlari madaniyati va san\u02bcati tarixi muzeyi, O\u02bbzbekiston tabiat muzeyi (1876) va boshqalar. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida o\u02bblkashunoslik muzeyi, jahon ahamiyatiga molik memorial muzeylar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek ,muzeylar zamonaviy ilmiy tasnifda tur va sohalar bo\u02bbyicha farqlanadi<strong>. Ijtimoiy vazifasiga<\/strong> ko\u02bbra 1)ilmiy tadqiqot-ma\u02bcrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba\u02bczan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), 2)tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o\u02bbziga xos laboratoriya vazifasini o\u02bbtovchi) va 3)o\u02bbquv muzeyiga bo\u02bblinadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sohalar bo\u02bbyicha: tarix, qishloq xo\u02bbjaligi, tabiatshunoslik, san\u02bcatshunoslik, adabiyot, texnikaga<\/strong> oid va boshqa muzeylarga bo\u02bblinadi. Shuningdek, muzeyning <strong>memorial muzeylar, majmua o\u02bblkashunoslik<\/strong> kabi turlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;O\u02bbzbekistonda muzeylarning&nbsp; yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning o\u02bbzida juda ko\u02bbplab yangi muzeylar tashkil etildi. Masalan, buyuk&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/O%CA%BBzbek\">o\u02bbzbek<\/a>&nbsp;shoirlaridan biri&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Boborahim_Mashrab\">Boborahim Mashrabning<\/a>&nbsp;muzeyi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Namangan\">Namanganda<\/a>&nbsp;tashkil etildi, yana&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Xorazm\">Xorazmda<\/a>&nbsp;hofiz&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Hojixon_Boltaboyev&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Hojixon Boltaboyev<\/a>&nbsp;nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Urganch\">Urganch<\/a>&nbsp;shahrida \u201eXorazm amaliy sanati va tarixi\u201c muzeyi,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Buxoro\">Buxoroda<\/a>&nbsp;\u201eTemirchlik muzeyi\u201c,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Samarqand\">Samarqand<\/a>&nbsp;viloyatida xalq kuychisi (baxshisi)&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Islom_shoir_Nazar&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Islom shoir Nazar<\/a>&nbsp;o\u02bbglining uy muzeyi tashkil etildi. Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar o\u02bbz ishlarini yo\u02bblga qo\u02bbydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan O\u02bbzbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Xadicha_Sulaymonova\">Xadicha Sulaymonova<\/a>&nbsp;muzeyi, mashhur raqqosa&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Mukkarramaxonim_Turg%CA%BBunboyeva&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Mukkarramaxonim Turg\u02bbunboyeva<\/a>&nbsp;muzeyi, mashxur cho\u02bbpon, mehnat qahramoni&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Jonboy_Bashmanov&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Jonboy Bashmanov<\/a>&nbsp;muzeyi Navoiyning&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Tomdi\">Tomdi<\/a>&nbsp;tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Muhiddin_Rahimov\">Muhiddin Rahimov<\/a>&nbsp;muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega bo\u02bblgan&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=O%CA%BBzbekiston_gidrometerologiya_muzeyi&amp;action=edit&amp;redlink=1\">O\u02bbzbekiston gidrometerologiya muzeyi<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Salim_Hamidov&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Salim Hamidovning<\/a>&nbsp;uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/O%CA%BBzbekistondagi_muzeylar#cite_note-2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>. E\u02bctiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Osiyo\">Osiyoda<\/a>&nbsp;yagona bo\u02bblgan&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Olimpiya_shon_shuhrati_muzeyi&amp;action=edit&amp;redlink=1\">Olimpiya shon shuhrati muzeyi<\/a>&nbsp;ochilishi bo\u02bbldi, bu muzey O\u02bbzbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida ko\u02bbplab malumotlar beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u02bbzbekistonda muzeylar rivojiga PF-1913-son bilan 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan \u201eMuzeylar faoliyatini tubdan &nbsp;yaxshilash va takomillashtirish to\u02bbg\u02bbrisidagi\u201c qonun juda katta ahamiyatga ega bo\u02bbldi, shundan keyin muzeylar davlat muhofazasiga olindi va muzeylarni yanada rivojlantirish haqida dastur ishlab chiqildi va ular davlat budjeti tomonidan qo\u02bbllab quvvatlandi. 1998-yilda&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=O%CA%BBzbekmuzey&amp;action=edit&amp;redlink=1\">O\u02bbzbekmuzey<\/a>&nbsp;tashkiloti tashkil etildi va 1999-yilda muzeylar hayotidan xabar beruvchi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Moziydan_sado\">Moziydan sado<\/a>&nbsp;jurnali tashkil etildi. Bu jurnal uch tilda O\u02bbzbek, Rus va Ingiliz tilida chop etila boshlandi. 1999-yilda O\u02bbzbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga yetdi, ulardan 15 tasi tarix muzeyi, o\u02bblkashunoslik muzeylari soni 23 tani va 10 ta badiiy muzeylar, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylarini tashkil etildi. O\u02bbzbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar ro\u02bbyxatga olingan hisoblanadi masalan:<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Buxoro\">Buxoro<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Samarqand\">Samarqand<\/a>,<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Xorazm\">Xorazm<\/a>,<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Qo%CA%BBqon\">Qo\u02bbqon<\/a>&nbsp;va boshqalar. Ayniqsa Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib har yili juda ko\u02bbp xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirda O\u02bbzbekiston madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylar 1.350 ming&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Eksponat\">eksponatga<\/a>&nbsp;ega.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Ta\u02bclim-tarbiya va ilmiy vazifalarga ega bo\u02bblgan muzey tizimi taraqqiyotiga obyektiv ehtiyojlar ortib bormoqda.&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/AQSh\">AQSh<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Italiya\">Italiya<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Fransiya\">Fransiya<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Buyuk_Britaniya\">Buyuk Britaniya<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Germaniya\">Germaniya<\/a>,&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Rossiya\">Rossiya<\/a>&nbsp;va boshqa mamlakatlar eng taraqqiy etgan muzey tizimiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Muzeylarning butunjahon miqyosida muhim o\u2019rin tutishini 18-may sanasining Xalqaro muzeylar kuni sifatida belgilanishida ham ko\u2019rsak bo\u2019ladi. Xo\u2019sh bu qanday sodir bo\u2019ldi?<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo bo\u02bbylab, 1977-yilda Moskva va Leningradda ICOMning (International Council of Museums&nbsp;\u2014 Xalqaro muzeylar kengashi), 11-Bosh konferentsiyasi kengashi bo\u02bblib o\u02bbtgandan beri nishonlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1977-yilda muzey jamoatchiligi maxsus tadbir tashkil qilishni xohlashadi va shu asnoda Xalqaro muzeylar kuni tadbiq etilgan. Rezolyutsiya xuddi shu 1977-yilda Moskvada bo\u02bblib o\u02bbtgan Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) Bosh Assambleyasida qabul qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1992-yilda Xalqaro muzeylar kunini rasmiy ravishda tashkil etuvchi ICOM Kengashi ma\u02bclum bir mavzuda tadbir o\u02bbtkazishni taklif qilgan. O\u02bbshandan beri har yili Xalqaro muzeylar kuni turli mavzularga bag\u02bbishlangan&nbsp;va Xalqaro muzeylar kengashi har doim ushbu mavzu bilan bog\u02bbliq tadbirlarni ko\u02bbrib chiqadi va ularni hamma uchun tushunishga oson shaklda taqdim qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yildan yilga tadbir tobora ommalashib bormoqda. 2007-yilda, ya\u02bcni oradan 30-yil o\u02bbtib, Xalqaro muzeylar kunida 70 ta davlat qatnashgan. O\u02bbsha yil mavzusi \u201eJahon merosi uchun barchamiz javobgarmiz\u201c (\u201eTodos somos responsables del patrimonio mundial\u201c) edi.<\/p>\n\n\n\n<p>2015-yilda ushbu tadbirda dunyoning 145 davlatidan 35 mingdan ortiq muzeylar ishtirok etdi<sup>[<a href=\"#_ftn3\" id=\"_ftnref3\">[3]<\/a><\/sup><\/p>\n\n\n\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning&nbsp; 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi tanqidiy fikrlar aytilgan edi: \u201cAfsuski, yurtimiz tarixini o\u02bbrganishimizda o\u02bbtgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San\u02bcatshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o\u02bbquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 fevralda \u201cYurtimizning qadimiy va boy tarixini o\u02bbrganish,&nbsp;ilmiy-tadqiqot&nbsp;ishlarini kuchaytirish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish, mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to\u02bbliq xatlovdan o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha chora-tadbirlar rejasi\u201d ishlab chiqildi.&nbsp;&nbsp; Ushbu chora-tadbirlar doirasida muzey ashyolari va kolleksiyalarini to\u02bbliq xatlovdan o\u02bbtkazish tartibi va muddatlari aniq belgilab olinib, ishchi guruhi shakllantirildi. \u201cMilliy muzey tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi nizomga asosan o\u02bbz tarkibida 3000&nbsp;tagacha&nbsp;muzey ashyolari hamda kolleksiyalari bo\u02bblgan kichik muzeylar fondidagi barcha ashyolar har yili, 3000&nbsp;tadan&nbsp;ko\u02bbp ashyolarga ega bo\u02bblgan muzeylarda xatlov ishlari har ikki yilda bir marta o\u02bbtkazilishi belgilandi. Shunga ko\u02bbra mamlakatimizdagi muzeylarda saqlanayotgan ashyo va kolleksiyalarni xatlovdan o\u02bbtkazish jadal olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda O\u02bbzbekiston davlat san\u02bcat muzeyi, O\u02bbzbekiston amaliy san\u02bcat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog\u02bbiston davlat san\u02bcat muzeylarida xatlovdan o\u02bbtkazish ishlari yakunlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, respublikamizdagi muzeylarda 2,4&nbsp;mln.ga&nbsp;yaqin muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud, hozirgi kunda ularning 90 foizining elektron bazasi yaratildi. Termiz arxeologiya muzeyi, O\u02bbzbekiston davlat tabiat muzeyi, Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Usmon Yusupov uy-muzeyi, Muxtor&nbsp;Ashrafiy&nbsp;uy-muzeyi, Urganch suratlar galereyasi, Shahrisabzdagi Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeylari kataloglarining elektron bazasi to\u02bbliq yakunlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana qo\u02bbshimcha tarzida ma\u02bclum qilish o\u02bbrinliki, Madaniyat vazirligi tomonidan muzeylarni&nbsp;yanada&nbsp;kengroq targ\u02bbib qilish, faoliyatini jamoatchilikka ko\u02bbrsatish, sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida O\u02bbzbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari ham olib borilmoqda<a href=\"#_ftn4\" id=\"_ftnref4\">[4]<\/a>. Shu bilan birga yana bugungi kunda O\u2019zbekistondagi muzeylarga virtual sayohat qilish imkoniyati ham yaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda respublika muzeylarida turli xildagi buyumlar va eksponatlar mavjud bo\u02bblib, 2019-yilda muzeylardagi jami asosiy fond eksponatlari soni 2 millionni tashkil etganganligi ham bu borada yurtimizda ko\u2019plab tarixiy voqealardan xabar beruvchi dalillar mavjud ekanligini aytishimiz mumkin. Noyob eksponatlar soni esa 122,9mingtaga yetgan. Muzey eksponatlarining 24,6 mingtasi rassomlik, 56 mingtasi grafika, 3,8 mingtasi haykaltaroshlik, 71 mingtasi amaliy san\u2019at, 288,1 mingtasi numizmatika, 336,8 mingtasi arxeologiya buyumlari hamda 25,1 mingtasi suratlar, 277,6 mingtasi hujjatlarva 757,7&nbsp; mingtasi boshqa eksponatlardan iborat<a href=\"#_ftn5\" id=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. 2019-yilda jami muzeylar soni 100 tani tashkil etgan. Shundan, muzey filiallari soni 44 tadir. Muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni esa 7,7 mln kishidan iborat bo\u02bblib, ulardan o\u02bbquvchi va talabalar foizi&nbsp; 45,0 foizni tashkil etgan. Xulosa qilib aytganda O\u2019zbekistonda muzeylar faoliyatini rivojlantirish bilan keyingi avlod uchun qimmatli bo\u2019lgan tarix zarvaraqlarini saqlab qolish ham mumkin. Muzeylarga aholi tamonidan qilinayotgan tashriflar yoshlarimiz ongiga ijobiy ta\u2019sir etibgina qolmasdan, yoshlarda yurtimiz tarixiga qiziqish, vatanparvarlik tuyg\u2019ularini ham shakllantirishda alohida o\u2019rin tutadi desak mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><a href=\"#_ftnref1\" id=\"_ftn1\">[1]<\/a> https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Muzey<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"#_ftnref2\" id=\"_ftn2\">[2]<\/a> https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Muzey<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"#_ftnref3\" id=\"_ftn3\">[3]<\/a>&nbsp;<a href=\"http:\/\/www.museum.ru\/N35\">Mejdunarodniy den muzeev&nbsp;\u2014&nbsp;\u2014 Novosti i afisha muzeev Rossii&nbsp;\u2014&nbsp;\u2014 www.Museum.ru<\/a> &nbsp;<a href=\"http:\/\/network.icom.museum\/international-museum-day\/imd-2017\/the-theme\/\">\u201eThe theme\u201c<\/a>. 22-fevral 2017-yilda asl nusxadan&nbsp;<a href=\"https:\/\/web.archive.org\/web\/20170222060555\/http:\/network.icom.museum\/international-museum-day\/imd-2017\/the-theme\/\">arxivlandi<\/a>. Qaraldi:&nbsp;31-may 2022-yil.&nbsp; <a href=\"http:\/\/network.icom.museum\/international-museum-day\/what-is-imd\/imd-in-short\/\">\u201eIMD in short\u201c<\/a>&nbsp;(deadlink). 24-mart 2018-yilda asl nusxadan&nbsp;<a href=\"https:\/\/web.archive.org\/web\/20180324221704\/http:\/network.icom.museum\/international-museum-day\/what-is-imd\/imd-in-short\/\">arxivlandi<\/a>. Qaraldi:&nbsp;21-fevral 2017-yil<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"#_ftnref4\" id=\"_ftn4\">[4]<\/a> https:\/\/xs.uz\/uz\/post\/muzejlar-eksponatlari-khatlovda#:~:text=Ushbu%20chora%2Dtadbirlar,ham%20olib%20borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"#_ftnref5\" id=\"_ftn5\">[5]<\/a> https:\/\/yuz.uz\/uz\/news\/muzeylarimiz-va-ularda-saqlanayotgan-eksponatlar-qancha?view=moskvadagi-tretyakov-galereyasida-ozbek-filmlarining-namoyishi-bolib-otadi#:~:text=Bugungi%20kunda%20respublika,boshqa%20eksponatlardan%20iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika unversiteti Sirtqi bo\u2019lim Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta\u2019lim kafedrasi o\u2019qituvchisi Abdullayev Shaxobiddin Norqo\u2019zi o\u2019g\u2019li Annontatsiya:ushbu maqolada bizni tariximizni kelajak avlod uchun tanishtirishda muhim omil bo\u2019lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otmishni-kelajakka-boglovchi-yolak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[448],"tags":[],"class_list":["post-85709","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-fan-talimga-oid-maqolalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85709","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=85709"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85709\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":85711,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85709\/revisions\/85711"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=85709"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=85709"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=85709"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}