{"id":8600,"date":"2021-11-07T13:29:43","date_gmt":"2021-11-07T10:29:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8600"},"modified":"2021-11-07T13:29:45","modified_gmt":"2021-11-07T10:29:45","slug":"angor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/angor-tumani\/","title":{"rendered":"ANGOR TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANGOR TUMANI \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 y. il4 dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuzildi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo&#8217;rg&#8217;on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,39 ming kilometr kvadrat. Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Istiqlol, Do&#8217;stlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi \u2014 Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6 \u2014 4 &#8211; asrlarda aholi manzillari bo&#8217;lgan. Kushan podsholigi davrida (1-3 &#8211; asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qal&#8217;asi Angorning markazi bo&#8217;lgan. 6 \u2014 7-asrlarda qal&#8217;alar, qo&#8217;rg&#8217;onlar vujudga kelgan. O&#8217;tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo&#8217;nib o&#8217;tadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng Janubda joylashgan. Shimolda Qiziriq, g&#8217;arbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolda Xovdog&#8217;, Janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 2 \u2014 3\u00b0. Yozi issiq, davomli. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 31 \u2014 32\u00b0. Yiliga 120 \u2014 130 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining g&#8217;arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o&#8217;tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug&#8217;oriladi. Tuprog&#8217;i bo&#8217;z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho&#8217;rlanishini kamaytirish uchun tuman hududi bo&#8217;ylab shimoli- sharqdan Janubi-G&#8217;arb yo&#8217;nalishida zovur qazilgan. Sho&#8217;ra, yantoq, jing&#8217;il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Tuman hududining ko&#8217;p qismi o&#8217;zlashtirilganligi sababli cho&#8217;ldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Aholisining aksari qismi o&#8217;zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 218 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Aholisining 90% dan ortig&#8217;i qishloqlarda yashaydi. Xo&#8217;jaligi. Angor tumanida 8 jamoa xo&#8217;jaligi, 104 dehqon-fermer xo&#8217;jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik korxona, 7 sanoat korxonasi bor. Tuman g&#8217;alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan. Bog&#8217;dorchilik va tokchilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 40 dan ortiq umumiy ta&#8217;lim maktabida 20559 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, muallimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar liseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klubi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog&#8217;i, &#8220;Orzu&#8221; kinoteatri aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulatoriyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, Markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANGOR TUMANI \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 y. il4 dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuzildi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/angor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8601,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8600\/revisions\/8601"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}