{"id":8678,"date":"2021-11-08T14:52:34","date_gmt":"2021-11-08T11:52:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8678"},"modified":"2021-11-08T14:52:34","modified_gmt":"2021-11-08T11:52:34","slug":"andijon-bolalar-va-yoshlar-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-bolalar-va-yoshlar-teatri\/","title":{"rendered":"ANDIJON BOLALAR VA YOSHLAR TEATRI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDIJON BOLALAR VA YOSHLAR TEATRI, Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri \u2014 bolalar va yoshlar teatri. 1990 yil 1 dekabrda &#8220;Istiqbol&#8221; teatr-studiyasi asosida tashkil bo&#8217;lgan. &#8220;Temir xotin&#8221; (Sh. Boshbekov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning asoschisi va badiiy rahbari Mannon Hamidov boshchiligida Q. Madaminov, M. Turg&#8217;unov, M. Madrahimova, T. Ro&#8217;zieva, M. Xoldorov, F. Mamasodiqova, adabiy emakdosh Ziyo Najmiy kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. &#8220;Baloyi nafs&#8221; (M. Asadullayev), &#8220;Hazon bo&#8217;lgan gul&#8221; (X. Qozoqova), &#8220;Yaxshivoy va Yomonvoy&#8221; (B. Ixtiyorov), &#8220;Dilijon daydilari&#8221; (M. Hamid), &#8220;Mo\u2019jizalar olami yoxud sano&#8217;i Nafisa&#8221; (Z. Najmiy) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan dastlabki spektakllardir. &#8220;Sevgi afsonasi&#8221; (O. Xoldor), &#8220;To&#8217;ylar muborak&#8221; (O&#8217;. Hoshimov), &#8220;Afandining besh xotini&#8221; (I. Sodiqov) komediyalari, &#8220;Alvido bolalik&#8221; (T. Malik) fojiaviy dramasi, &#8220;Hayot eshik ortida&#8221; (S. Sirojiddinov) tragikomediyasi, shuningdek E. Sobirovning &#8220;Buqoqning ko&#8217;ngli&#8221; hajviy tomoshasi bilan teatr o&#8217;z mavqeini mustahkamlab oldi. Teatr o&#8217;z rejissurasida zamonaviylik va tomoshaviylikning o&#8217;ziga xos turmushbop uyg&#8217;unligini, sodda va ayni bir paytda noziq did bilan purma&#8217;no asarlar yaratish mahoratiga erishdi. &#8220;Nargis fojiasi&#8221;, &#8220;Shayton ko&#8217;li yonida&#8221; (I. Yumagulov), &#8220;Kasotlar&#8221; (E. Sobirov), &#8220;Zanjirband she&#8217;r&#8221; (Z. Najmiy), &#8220;Qirol Lir&#8221; (U. Shekspir), &#8220;Bugunning Hamleti&#8221; (M. Hamid) singari spektakllar teatrning keyingi yillar ijod mahsulidir. Yoshlarni ma&#8217;naviy kamol topishida o&#8217;z hissalarini qo&#8217;shish, o&#8217;tmishimizning buyuk tarixini haqqoniy aks ettirish, milliy teatr an&#8217;analariga sodiq qolib, ustozlar yo&#8217;lidan borish teatrning asosiy maqsadidir. M. Ubaydullaeva, S. Ulug&#8217;ov, B. Mirzakarimova, Sh. Abdullayeva, V. Ro&#8217;zimatov, S. Boyxonboeva, N. Hakimov, M. Ibrohimova, V. Turdiyev, S. Mirzayev va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Salohiddin Sirojiddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDIJON BOLALAR VA YOSHLAR TEATRI, Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri \u2014 bolalar va yoshlar teatri. 1990 yil 1 dekabrda &#8220;Istiqbol&#8221; teatr-studiyasi asosida tashkil bo&#8217;lgan. &#8220;Temir xotin&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-bolalar-va-yoshlar-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8678","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8678","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8678"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8678\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8681,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8678\/revisions\/8681"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8678"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8678"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8678"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}