{"id":87028,"date":"2023-06-20T10:36:12","date_gmt":"2023-06-20T07:36:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=87028"},"modified":"2023-06-20T10:36:16","modified_gmt":"2023-06-20T07:36:16","slug":"bronza-davri-jez-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronza-davri-jez-davri\/","title":{"rendered":"Bronza davri, jez davri"},"content":{"rendered":"\n<p>Bronza davri, jez davri (miloddan avvalgi 2-1-mingyillik)-ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollarini ishlash yo\u2019lga qo\u2019yilgan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab kelganlar. Miloddan avvalgi 4-mingyillik boshlariga kelib ayrim joylarda (jumladan, O\u2019zbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-mingyillik oxiri-2-mingyillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, ba\u2019zi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari mo\u2019rt va yumshoq bo\u2019lganligidan, mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan hamda ma\u2019lum davrdan so\u2019ng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etilgan. Natijada mehnat qurollarining turi ko\u2019paydi, jezdan tig\u2019li qurol-yarog\u2019lar, ro\u2019zg\u2019or buyumlari, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ot, eshak, tuya va ho\u2019kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qo\u2019shiladigan aravalar vujudga keldi. Bronza davri dehqonchilik va irrigatsiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farqlanadi. Aholi, asosan, tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yerto\u2019lali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shug\u2019ullangan. Bu davrda matall quyish texnikasi yuksak bo\u2019lgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda so\u2019nggi jez-ilk temir davriga Suvyorg\u2019an (miloddan avvalgi 2-mingyillik) va Amirobod (miloddan avvalgi 1-mingyillik boshi) madaniyatlari mansub. Farg\u2019ona vodiysida so\u2019nggi Bronza davriga mansub Chust madaniyati aholisining asosiy mashg\u2019uloti dehqonchilik, chorvachilik bo\u2019lgan. Xom g\u2019ishtdan uylar, mudofaa inshootlari qurilgan. Quyi Zarafshonning Zamonbobo, Toshkentda Ko\u2019kcha, Buxoro viloyati Qorako\u2019l tumanida, Urgut tumanining Mo\u2019minobod qishlog\u2019ida, Chirchiq daryosi\u00a0 bo\u2019yida Bronza davri madaniyatiga mansub manzilgohlar, Qarnab cho\u2019lidan shu madaniyatga oid qadimgi ma\u2019dan koni topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bronza davri, jez davri (miloddan avvalgi 2-1-mingyillik)-ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollarini ishlash yo\u2019lga qo\u2019yilgan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronza-davri-jez-davri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[371],"tags":[],"class_list":["post-87028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/87028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=87028"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/87028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":87030,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/87028\/revisions\/87030"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=87028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=87028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=87028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}