{"id":8719,"date":"2021-11-08T19:38:12","date_gmt":"2021-11-08T16:38:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8719"},"modified":"2021-11-08T19:38:14","modified_gmt":"2021-11-08T16:38:14","slug":"andijon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-tumani\/","title":{"rendered":"ANDIJON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDIJON TUMANI \u2013 Andijon viloyati Markaziy qismida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Jalaquduq, Xo&#8217;jaobod, Asaka, Oltinko&#8217;l, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming kilometr kvadrat. Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Andijon tumanida 1 shaharcha (Kuyganyor) va 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;taqora, Yorboshi, Kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xaqan, Xartum, Xarabek) bor (2000). Markazi \u2014 Kuyganyor shaharchasi. Tabiati. Andijon tumani relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon \u2014 Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Bo&#8217;taqora, Yorboshi kirlari mavjud. Iqdimi keskin kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27,3\u00b0, yanvarniki \u2014 3\u00b0. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga o&#8217;rtacha 225 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tumanning shimol va shimoliy-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy oqib o&#8217;tadi. Sovuqbuloq bulog&#8217;i, Usmon Yusupov nomidagi katta Farg&#8217;ona kanali, quyi Ulug&#8217;nor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, ko&#8217;tarma nasos stansiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Tuman adir qismining tuprog&#8217;i arziq, qolgan yerlarda bo&#8217;z tuproq. Bahorda adirlar efemer o&#8217;simliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq sho&#8217;ra o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor. Aholisining aksari qismi o&#8217;zbeklar; rus, tojik, uyg&#8217;ur, qirg&#8217;iz va boshqa millat vakillari ham bor. 1 km2 ga o&#8217;rtacha 465 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 10,2 ming kishi, qishloq aholisi 163,1 ming kishi (2000). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi asosan qishloq xo\u2019jaaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklari paxtachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik, g&#8217;allachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tumanda 10 qo&#8217;shma korxona, 114 kichik korxona, 14 aktsiyadorlik jamiyati, 74 xususiy, 10 shirkat korxonalari mavjud (2000). Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 12,0 ming gektar, shu jumladan 5,8 ming gektar yerga paxta, 0,5 ming gektar yerga sabzavot, 1,2 ming gektar yerga beda, 0,2 ming gektar yerga sholi ekiladi, 0,2 ming gektar yer bog&#8217;dan iborat. Andijon tumanida 15 shirkat xo&#8217;jaligi, 9 xo&#8217;jaliklararo korxona, 1 o&#8217;quv tajriba, 1 urug&#8217;chilik xo&#8217;jaligi, 116 fermer xo&#8217;jaligi, agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qo&#8217;y va echki, 48,1 ming parranda boqiladi (2000). Andijon tumanida Andijon qishloq xo\u2019jaligi instituti, O&#8217;zbekiston Respublikasi Qishloq xo\u2019jaligi va suv xo&#8217;jaligi vazirligi qishloq xo\u2019jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining sug&#8217;oriladigan yerlarda g&#8217;alla va dukkakli o&#8217;simliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti (1999) joylashgan. Bulardan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos stansiyasi, viloyat sabzavot va nav urug&#8217;lari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati va qishloq xo\u2019jaligini kimyolashtirish markazi (laboratoriya) bor. 1999 yil 2 sentabrda Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji binosi qurilib ishga tushirildi. Kollejda 280 o&#8217;quvchi o&#8217;qiydi (2000). 2000 yilda akademik litsey tashkil etildi. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 53 umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, 39,6 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Gimnaziya, 3 litsey mavjud. 1465 o&#8217;rinli kasalxona va dispenser bo&#8217;lib, ularda 94 vrach, 458 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. &#8220;Andijon tongi&#8221; tuman gazetasi 1962 yildan chiqadi (adadi 2370).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDIJON TUMANI \u2013 Andijon viloyati Markaziy qismida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Jalaquduq, Xo&#8217;jaobod, Asaka, Oltinko&#8217;l, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming kilometr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andijon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8719","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8719","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8719"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8719\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8721,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8719\/revisions\/8721"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8719"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8719"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8719"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}