{"id":8765,"date":"2021-11-09T08:57:23","date_gmt":"2021-11-09T05:57:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8765"},"modified":"2021-11-09T08:57:24","modified_gmt":"2021-11-09T05:57:24","slug":"andronovo-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andronovo-madaniyati\/","title":{"rendered":"ANDRONOVO MADANIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDRONOVO MADANIYATI &#8211; miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning ikkinchi yarmi va birinchi ming yillikning boshida yashagan chorvador va dehqon qabilalarining madaniyati. Andronovo madaniyati yodgorliklari Minusinsk, shimoliy &#8211; Sharqiy va Markaziy Qozog&#8217;iston, ob daryosining yuqori oqimi, Chelyabinsk viloyatining o&#8217;rmon va dashtlarida, qisman O&#8217;zbekiston, Qirg&#8217;iziston yerlarida tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorlikni birinchi bor 1914 yilda ya. A. Tugarinov Achinsk stansiyasi yaqinidagi Andronovo qishlog&#8217;ida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topgan va 1920-23 yillarda S. A. Teplouxov uni Andronovo madaniyati nomi bilan fanga kiritgan. Andronovo madaniyatiga doir yodgorliklar dastlab S. P. Tolstov tomonidan 1938 yilda qadimgi Xorazmning Ko&#8217;kcha daryo sohillaridan topib o&#8217;rganildi va unga Tozabog&#8217;yop madaniyati nomi berilgan. Keyinchalik Ya. G\u2019. G&#8217;ulomov va A. Asqarovlar bu madaniyatga doir yodgorliklarni Zarafshonning quyi oqimi rayonlaridan topib o&#8217;rgandilar. Bu davr mozor va manzilgoxlari Toshkent atrofida, Mo&#8217;minobodda (Samarqand viloyati), Farg&#8217;ona vodiysida (Karamko&#8217;l, Vodil mozorlari), Qayroqqumda ko&#8217;plab o&#8217;rganilgan. Andronovo madaniyati aholisi yarim yer to&#8217;la shaklidagi kulbalarda yashagan; mozorlari yorma go&#8217;r bo&#8217;lib, murdalar oyoq-qo&#8217;llari buqilgan, chapga yonboshlatilgan, boshi Janubiy-g&#8217;arbga qaratilgan holda, ko&#8217;pincha kiyim-kechagi, jezdan yasalgan bezak buyumlari bilan dafn etilgan. U davr qabilalari daryo bo&#8217;ylarida dehqonchilik, adirlarda chorvachilik bilan shug&#8217;ullangan. 1997 yil Tojikistondagi qizilsuv daryosi havzasidan Andronovo madaniyatiga doir yodgorlik \u2014 jamoa bo&#8217;lib dafn qilingan bolalar qabri topildi. 10-11 yoshli bolaning oyoqlari yonidan chiqqan ko&#8217;plab jez munchoqpar, ilgaksimon kumush taqinchoq, sopol idishlar muhim ilmiy ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDRONOVO MADANIYATI &#8211; miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning ikkinchi yarmi va birinchi ming yillikning boshida yashagan chorvador va dehqon qabilalarining madaniyati. Andronovo madaniyati yodgorliklari Minusinsk, shimoliy &#8211; Sharqiy va Markaziy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/andronovo-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8770,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8765\/revisions\/8770"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}