{"id":8784,"date":"2021-11-09T09:48:18","date_gmt":"2021-11-09T06:48:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8784"},"modified":"2021-11-09T09:48:19","modified_gmt":"2021-11-09T06:48:19","slug":"anevrizma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anevrizma\/","title":{"rendered":"ANEVRIZMA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANEVRIZMA (Yunoncha aneurysma \u2014 kengayish) \u2014 tomir devorining cho&#8217;zilishi va bo&#8217;rtib chiqishi natijasida qon tomir yoki yurak bo&#8217;shlig&#8217;ining chegaralangan kengayishi. Miokard infarkti, ateroskleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuningdek shikastlanish (travmatik Anevrizma) sabab bo&#8217;ladi. Haqiqiy va soxta Anevrizma kuzatiladi. Haqiqiy Anevrizma arteriya devorining shikastlanmay kengayishidan, soxta Anevrizma esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrofdagi to&#8217;qimalarga qon quyilishidan vujudga keladi. Tomir devorining tug&#8217;ma nuqsonlari ham Anevrizmaga olib kelishi mumkin. Arterial, venoz va arteriovenoz (arteriya va vena tomirlari teshigining bir-biriga tutashib qolishi) Anevrizma farq qilinadi. Duksimon va qopchiqsimon shakldagi Anevrizma ko&#8217;p uchraydi. Belgilari Anevrizmaning o&#8217;rni, hajmi va boshqa omillarga bog&#8217;liq. Ko&#8217;pincha kasallik belgilari yaqqol ko&#8217;rinmaydi (simptomsiz kechadi). Anevrizma zararlangan tomir oziqlantiradigan to&#8217;qimalarning qon bilan ta&#8217;minlanishi buzilishiga sabab bo&#8217;ladi, u kattalashib ketganda yaqin joylashgan a&#8217;zo va to&#8217;qimalarni ezib qo&#8217;yishi mumkin. Anevrizma yurakka yaqin joylashgan bo&#8217;lsa, yurak faoliyati buziladi. Ba&#8217;zan Anevrizmaning yorilishi va qon ketishi kuzatiladi. Anevrizma odatda jarroqlik usuli bilan davolanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANEVRIZMA (Yunoncha aneurysma \u2014 kengayish) \u2014 tomir devorining cho&#8217;zilishi va bo&#8217;rtib chiqishi natijasida qon tomir yoki yurak bo&#8217;shlig&#8217;ining chegaralangan kengayishi. Miokard infarkti, ateroskleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuningdek shikastlanish (travmatik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anevrizma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8784","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8784","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8784"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8784\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8786,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8784\/revisions\/8786"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8784"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8784"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8784"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}