{"id":8791,"date":"2021-11-09T10:31:03","date_gmt":"2021-11-09T07:31:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8791"},"modified":"2025-10-30T12:39:26","modified_gmt":"2025-10-30T09:39:26","slug":"odil-yoqubov-1926-2009-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/odil-yoqubov-1926-2009-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Odil Yoqubov (1926-2009) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Odil Yoqubov (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozog\u2018iston viloyati Qarnoq qishlog\u2018i \u2013 2009, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955\u201459), \u00abLiteraturnaya gazeta\u00bbning O\u2018zbekistondagi maxsus muxbiri (1959\u201463; 1967\u201470), \u00abO\u2018zbekfilm\u00bb kinostudiyasi va O\u2018zbekiston davlat kinematografiya qo\u2018mitasida bosh muharrir (1963\u201467), G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyotida bosh muharrir o\u2018rinbosari (1970\u201482), \u00abO\u2018zbekiston adabiyoti va san\u2019ati\u00bb gazetasi bosh muxarriri (1982\u201487), O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987\u201491), O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo\u2018mitasi raisi (1991 yildan) va Markaziy Osiyo xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitse-prezidenti (1995 yildan) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki asari \u2014&nbsp;&nbsp; \u00abTengdoshlar\u00bb qissasi 1951 yilda e\u2019lon qilingan. \u00abDastlabki kadam\u00bb (1953), \u00abIkki muhabbat\u00bb (1955) hikoyalar to\u2018plami, \u00abTilla uzuk\u00bb (1961) qissa va hikoyalar to\u2018plamida muhabbatni insonga xos ulug\u2018, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. \u00abMuqaddas\u00bb qissasida (1960) Odil Yoqubovning chinakam yozuvchiga xos uslubi va yo\u2018li namoyon bo\u2018ldi. Mazkur asarda xudbinlik yo\u2018liga tusha boshlagan yigitning to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga qaytishi masalasi qalamga olingan. \u00abEr boshiga ish tushsa\u2026\u00bb romani (1966) 2-jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. \u00abBir feleton qissasi\u00bb (1961), \u00abQanot juft bo\u2018ladi\u00bb, \u00abMatluba\u00bb (1970) qissalari va ko\u2018pgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abUlug\u2018bek xazinasi\u00bb romani (1973) olim va hukmdor Ulug\u2018bek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis o\u2018tmishimizdagi nur va zulmat o\u2018rtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar ko\u2018p, ammo optimistik ruh \u2014 inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abKo\u2018hna dunyo\u00bb (1982) romanida o\u2018rta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u2018shgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. \u00abDiyonat\u00bb (1977), \u00abOq qushlar, oppoq qushlar\u00bb (1988), \u00abAdolat manzili\u00bb (1998) romanlarida o\u2018zbek xalqining 20-asrning 60\u201470-yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham turlicha bo\u2018lsa-da, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga o\u2018xshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab ko\u2018p nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Odil Yoqubov mazkur romanlari bilan o\u2018zbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Odil Yoqubov \u00abChin muhabbat\u00bb (1955), \u00abAytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi\u00bb, \u00abYurak yonmog\u2018i kerak\u00bb (1958), \u00abOlma gullaganda\u00bb (1961), \u00abMuzaffar Temur\u00bb (1996), \u00abBir koshona sirlari\u00bb (2000) kabi pesalar, \u00abDilbarim\u00bb, \u00abBahor yomg\u2018irlari\u00bb kinostsenariylari (1971) muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, G\u2018afur G\u2018ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bag\u2018ishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qo\u2018shjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), \u00abDo\u2018stlik\u00bb (1994), \u00abEl-yurt hurmati\u00bb (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odil Yoqubov (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozog\u2018iston viloyati Qarnoq qishlog\u2018i \u2013 2009, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956). O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/odil-yoqubov-1926-2009-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8792,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8791","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8791","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8791"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8791\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8791\/revisions\/163628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8792"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8791"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8791"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8791"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}