{"id":88024,"date":"2023-06-25T14:07:56","date_gmt":"2023-06-25T11:07:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=88024"},"modified":"2023-06-25T14:08:02","modified_gmt":"2023-06-25T11:08:02","slug":"devon-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/devon-2\/","title":{"rendered":"Devon"},"content":{"rendered":"\n<p>Devon (arabcha)-davlat bosh idorasi: 1) sosoniylardan Xusrav I Anushervon davrida shohga hisobot beruvchi amaldorlar va ularning idorasi; 2) arablarda xalifa Umar davri (634-644) da davlat daromadlarining turli hukmron doiralar o\u2019rtasidagi taqsimoti va qo\u2019shinga maosh to\u2019lash ro\u2019yxatlari, shuningdek, ana shu ro\u2019yxatlar saqlanadigan joy. Umaviylar va abbosiylar davrida esa xalifalik hamda o\u2019rta asrlarga mansub qator boshqa islom mamlakatlarida Devon al-xiroj &#8211; soliq-moliyaviy idora. Devon atamasi bo\u2019lak hukumat muassasalariga nisbatan ham qo\u2019llanilgan; 3) Narshaxiy keltirgan ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Somoniylar davlati, asosan o\u2019nta Devon yordamida idora etilgan; bular &#8211; vazir Devoni (Devoni vazir), moliya ishlari Devoni (Devoni mustavfiy), davlat hujjatlari Devoni (Devoni rasoil yoki Devoni insho), soqchilar boshlig\u2019i Devoni (Devoni sohibshurat), xat-xabarlar mutasaddisi Devoni (Devoni sohibbarid), saroy ish boshqaruvchisi Devoni (Devoni mushrif), davlat xos mulklari Devoni (Devoni amiyd ul-mulk), muhtasib Devoni, vaqflar Devoni (Devoni vaqf), adliya ishlari Devoni (Devoni qozi). Bulardan vazir Devoni bosh boshqaruv mahkamasi bo\u2019lib, davlatning ma\u2019muriy, siyosiy va xo\u2019jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilgan, barcha Devon boshliqlari vazirga itoat etgan. Saljuqiylar, xorazmshohlar va mo\u2019g\u2019ullar davrida ham somoniylar zamonidagi davlat tuzilishi, asosan, saqlanib qolgan. Temuriylar davrida esa vazir Devoni Devoni oliy, moliya ishlari Devoni Devoni mol, soqchilar boshlig\u2019i Devoni Devoni tavochi, davlat xos mulklari Devoni Devoni amlok, adliya ishlari Devoni Devoni yorg\u2019u deb atalgan. Qolgan Devonlar aslicha qolgan. Bu tartib shayboniylar davrida ham deyarli saqlangan. Ashtarxoniylar va mang\u2019itlar hukmronlik qilgan yillarda esa davlat boshqaruvi tartiboti birmuncha murakkablashgan. Moliya ishlari devonbegiyi kalonga, mushrifning vazifalari ko\u2019kaltoshga, muhtasibniki raisga topshirilgan. XVI-XVIII asrlarda ham ko\u2019pgina Devonlar davlat boshqaruvi tizimida saqlanib qolgan. Chunonchi, Buxoro, Xiva va Qo\u2019qon xonliklarida davlat Devonlar yordamida idora etilgan. Rossiya Xiva xonligi ustidan protektorat (XIX asr 2-yarmi) o\u2019rnatgach xonlik faoliyatini nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat. Devon ta\u2019sis etgan, uning a\u2019zolaridan 3 kishi chor ma\u2019muriyatining, 3 kishi (xon, devonbegi va mehtar) xonlikning vakili bo\u2019lgan. Xon Devon rahbari hisoblangan; 4) Turkiyada ulug\u2019 vazir, mufti va boshqa ba\u2019zi amaldorlardan iborat sulton huzuridagi majlis; 5) Moldova va Valaxiya gospodarlari huzuridagi Davlat kengashi (mazkur knyazliklar 1859 yili o\u2019zaro birlashgunga qadar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Devon (arabcha)-davlat bosh idorasi: 1) sosoniylardan Xusrav I Anushervon davrida shohga hisobot beruvchi amaldorlar va ularning idorasi; 2) arablarda xalifa Umar davri (634-644) da davlat daromadlarining turli hukmron doiralar o\u2019rtasidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/devon-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[374],"tags":[],"class_list":["post-88024","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88024","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=88024"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88024\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":88056,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88024\/revisions\/88056"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=88024"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=88024"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=88024"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}