{"id":8843,"date":"2021-11-09T12:32:25","date_gmt":"2021-11-09T09:32:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8843"},"modified":"2025-10-30T12:45:29","modified_gmt":"2025-10-30T09:45:29","slug":"pirimqul-qodirov-1928-2010-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pirimqul-qodirov-1928-2010-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Pirimqul Qodirov (1928-2010) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Pirimqul Qodirov (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko\u2018l qishlog\u2018i \u2014 2010) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos olim. O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1978).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini (1951) tugatgan. SSSR Yozuvchilar uyushmasida o\u2018zbek adabiyoti bo\u2018yicha maslahatchi (1954\u201463), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963\u201483), O\u2018zbekiston Respublikasi Adabiyot, san\u2019at va me\u2019morlik sohasidagi Davlat mukofotlari qo\u2018mitasi raisi (1989\u201494), O\u2018zbekiston Oliy Kengashi (Madaniyat va madaniy meros qo\u2018mitasi raisi; 1991\u201495), O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (Fan, ta\u2019lim, madaniyat va sport masalalari qo\u2018mitasi raisi o\u2018rinbosari; 1997\u2014 2000) deputati bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki hikoyasi \u2014 \u00abStudentlar\u00bb (1951). Shundan keyin Pirimqul Qodirov yoshlar hayoti haqidagi \u00abUch ildiz\u00bb (1958, roman), mustabid tuzum sharoitida ichki erkini yo\u2018qotgan, mutelik dardiga giriftor bo\u2018lgan qahramonlar hayoti aks etgan \u00abQadrim\u00bb (1961) va \u00abErk\u00bb (1968) qissalarini yozgan. Zamonaviy mavzularga bag\u2018ishlangan bu va boshqa asarlarida Pirimqul Qodirov 2-jahon urushi yillarida kechgan mashaqqatli hayoti faktlari hamda shu davr haqidagi taassurot va mushohadalaridan samarali foydalangan. Zamonaviy mavzularga bag\u2018ishlangan \u00abQora ko\u2018zlar\u00bb (1966) va \u00abOlmos kamar\u00bb (1976) romanlarida Pirimqul Qodirov ma\u2019naviy-axloqiy masalalar bilan birga voqelikda, xususan, qishloq hayotida mavjud bo\u2018lgan jiddiy muammolarga jamoatchilik e\u2019tiborini qaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sho\u2018ro mafkurasi 70-yillarda tarixiy mavzuning yoritilishiga qattiq qarshilik ko\u2018rsatganiga qaramay, Pirimqul Qodirov Abdulla Qodiriy, Oybek, Shayxzoda, Mirkarim Osim an\u2019analarini davom ettirib, \u00abYulduzli tunlar\u00bb (1979) romanini yozdi. Yozuvchi bu asarida o\u2018zbek xalqi tarixining muhim sahifalarilan biri \u2013 buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosiga murojaat etib, uning murakkab va mashaqqatli hayot yo\u2018lini tarixan haqqoniy gavdalantirib berdi. Keyinchalik ushbu asarning davomi \u2014 \u00abAvlodlar dovoni\u00bb (1989) romanini nashr etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pirimqul Qodirov \u00abYulduzli tunlar\u00bb (\u00abBobur\u00bb) va \u00abAvlodlar dovoni\u00bb romanlarida Bobur, Humoyun va Akbarning hayot yo\u2018lini kuzatish orqali Boburiylar saltanatining vujudga kelishi va ravnaq topishini yorqin tasvirlashga erishgan. U uzoq o\u2018tmishda va o\u2018zga mamlakatda ro\u2018y bergan voqealarni tasvirlashda o\u2018z fantaziyasiga emas, balki o\u2018zi e\u2019tirof etganidek, \u00abtarix fantaziyasi\u00bbga, ya\u2019ni chindan sodir bo\u2018lgan voqealarga ko\u2018proq asoslangan har ikkala asar ham keng kitobxonlar tarafidan samimiy kutib olinganiga qaramasdan, sho\u2018ro mafkurasi tomonidan keskin tanqid qilinib, muallif o\u2018tmishni ideallashtirishda ayblandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxta yakkahokimligi davrida o\u2018zbek xalqi boshiga tushgan jabru jafolar o\u2018zbek adabiyotida ilk bor \u00abMeros\u00bb (1974) qissasida o\u2018z ifodasini topdi. Pirimqul Qodirov shu davrda qissa janrida samarali ijod qilib, bolalar va yoshlar hayotidan olingan \u00abAkramning sarguzashtlari\u00bb (1974), \u00abYayra institutga kirmoqchi\u00bb (1979), shuningdek, ma\u2019naviy-axloqiy masalalarga bag\u2018ishlangan \u00abNajot\u00bb (\u00abBaxillar va botirlar\u00bb, 1980) qissalarini ham e\u2019lon qildi. \u00abOna lochin nidosi\u00bb (2000) romanida 15-asrdagi Movarounnahrning ijtimoiy-madaniy va ma\u2019naviy hayoti keng aks ettirilgan. Yozuvchi so\u2018nggi yillarda \u00abQalb ko\u2018zlari (badialar, o\u2018ylar, esdaliklar)\u00bb (2001) kitobini chop etib, shu yo\u2018nalishdagi yangi badia(esse)lar ustida ish olib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Pirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida o\u2018zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalari bilan shug\u2018ullanib, \u00abTil va dil\u00bb (1972), \u00abXalq tili va realistik proza\u00bb (1973), \u00abTil va el\u00bb (2005) risolalarini hamda 2 jildli \u00abAdabiyot nazariyasi\u00bb uchun \u00abAdabiy asarning tili\u00bb va \u00abAdabiy jarayon\u00bb boblarini yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pirimqul Qodirovning \u00abQadrim\u00bb qissasi asosida \u00abSening izlaring\u00bb (rejissyor R.Botirov) badiiy filmi, \u00abYulduzli tunlar\u00bb romani va \u00abJon shirin\u00bb hikoyasi asosida ko\u2018p seriyali videofilmlar (rejissyor M.Yusupov) suratga olingan. Uning \u00abBobur\u00bb pesasi (rejissyor B. Yo\u2018ldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi O\u2018zbek milliy akademik drama teatrida, \u00abInsof\u00bb pesasi esa viloyat teatrlari sahnalarida qo\u2018yilgan. Asarlari rus, ukrain, hind, urdu, turk, uyg\u2018ur, qozoq, qirg\u2018iz va turkman tillarida nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamza nomidagi O\u2018zbekiston davlat mukofoti laureati (1981), \u00abShuhrat\u00bb medali (1994) va \u00abEl-yurt hurmati\u00bb (1998) ordeni bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pirimqul Qodirov (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko\u2018l qishlog\u2018i \u2014 2010) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos olim. O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1978). O\u2018rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pirimqul-qodirov-1928-2010-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8849,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8843","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8843","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8843"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8843\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163675,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8843\/revisions\/163675"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8849"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8843"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8843"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8843"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}