{"id":8926,"date":"2021-11-09T13:38:03","date_gmt":"2021-11-09T10:38:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8926"},"modified":"2025-10-30T12:49:04","modified_gmt":"2025-10-30T09:49:04","slug":"saidnosir-mirjalilov-1884-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saidnosir-mirjalilov-1884-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Saidnosir Mirjalilov (1884-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli ma\u2019rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884 yili Turkiston shahrida tavallud topgan. Yoshligidan o\u2018ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bo\u2018lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do\u2018konini ochishdan boshlagan. Ko\u2018p o\u2018tmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914 yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.<\/p>\n\n\n\n<p>S.Mirjalilov 1917 yil siyosiy faoliyatga o\u2018tadi. Fevral inqilobidan so\u2018ng u Toshkentda tashkil etilgan \u00abSho\u2018royi islomiya\u00bb tashkilotining faol a\u2019zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bag\u2018ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat a\u2019zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari ta\u2019qib ostiga olingach, S. Mirjalilov xorijga ketishga majbur bo\u2018ldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda ro\u2018y berayotgan xunrezliklarga chek qo\u2018yish yo\u2018llarini axtardi, so\u2018ng Turkiya va Tiflisda bir muddat yashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar e\u2019lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga qaytdi. U \u00abTurkiston\u00bb savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga \u00abKo\u2018mak\u00bb jamiyati orqali iste\u2019dodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga o\u2018qishga yuborish, \u00abNashri maorif\u00bb jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga o\u2018z ulushini qo\u2018shdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod bo\u2018lmagan S.Mirjalilov 1925 yil 12 dekabr kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini o\u2018taganidan keyin 1932 yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937 yil 21 iyul kuni takror hibsga olinib, o\u2018sha yilning 25 oktyabrida otib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi noma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>U 3arifa Saidnosirovaning otasidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli ma\u2019rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884 yili Turkiston shahrida tavallud topgan. Yoshligidan o\u2018ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bo\u2018lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saidnosir-mirjalilov-1884-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8930,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8926","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8926","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8926"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8926\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163688,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8926\/revisions\/163688"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8930"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8926"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8926"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8926"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}