{"id":8979,"date":"2021-11-09T14:34:35","date_gmt":"2021-11-09T11:34:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8979"},"modified":"2025-10-30T13:08:23","modified_gmt":"2025-10-30T10:08:23","slug":"sidqiy-xondayliqiy-1884-1934-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sidqiy-xondayliqiy-1884-1934-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o\u2018g\u2018li Sidqiy 1884 yili hozirgi Bo\u2018stonliq tumani Xondayliq qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. Arab, fors tillarini o\u2018rgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850\u2014 1922)ga shogird tushgan. Sidqiy tosh yo\u2018nib, unga ishlov berish, turli bezaklar tushirish, suratlar ishlash, muhr yasash bilan ham shug\u2018ullangan. Ayni paytda she\u2019r mashq qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir sifatida shakllanishida Kamiyning xizmati katta bo\u2018lgan. U boshliq adabiy davralarda faol ishtirok etgan. Ilk she\u2019rlarini \u00abShuhrat\u00bb, \u00abShevan\u00bb (nola, fig\u2018on) taxalluslari bilan yozgan (\u00abTuhfai Shavkat\u00bb, 1913; \u00abSavg\u2018oti Shavkat\u00bb, 1914 \u2014 to\u2018plamlar). Keyinroq barcha asarlarini Sidqiy Xondayliqiy taxallusi bilan chop ettirgan. Lirik she\u2019rlarida mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi an\u2019analarni davom ettirgan. Poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy she\u2019rlar tashkil qiladi. Ijtimoiy-siyosiy she\u2019rlari esa davrning muhim voqealariga bag\u2018ishlangan (\u00abMuhoraba\u00bb, \u00abYashasun yoshlar\u00bb, \u00abToza hurriyat\u00bb va b.). Mardikorlik voqealari haqida asarlar yozgan [\u00abRabo(t)chilar namoyishi\u00bb. \u00abRabo(t)chilar kelishi\u00bb, 1917].<\/p>\n\n\n\n<p>Sidqiy Xondayliqiyning \u00abRusiya inqilobi\u00bb dostoni (1917, mart) Rusiya inqilobi voqealarini keng epik planda tasvir etuvchi dastlabki asar. Dostonning hajmi 1502 misra. Shundan 72 misrasi fors-tojik tilida, qolgani o\u2018zbekchada yozilgan. Voqealar 23 fevral \u2014 inqilobning birinchi kuni tasviridan boshlanadi, so\u2018ng kunma-kun beriladi. Sidqiy Xondayliqiy Fevral inqilobini quchoq ochib qarshi olsada, uning natijalaridan qanoatlanmagan. Doston inqilobdan keyingi sharoitni jiddiy va atroflicha tahlil etish, barchani birlikka, hamjihatlikka chorlash bilan yakun topgan. Bu g\u2018oya \u00abUmidi ittifoq\u00bb (1918) tarji\u2019bandida davom etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sidqiy Xondayliqiy \u00abTazkirai imomi A\u2019zam\u00bb, \u00abSad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy\u00bb (\u00abMulla Sidqiy Xondayliqiyning yuz nasihati\u00bb), \u00abMezoni shariat\u00bb (1915, 1917, 1992), \u00abZarbulmasali Sidqiy\u00bb, \u00abHoloti Sidqiy\u00bb kabi nasriy asarlar ham yozgan. Ularning ko\u2018pchiligi diniy-axloqiy mavzuda.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abHikoyai latifa\u00bb, \u00abBahrom va malikai Gulandom\u00bb, \u00abAjoyib ul-maxluqot\u00bb, \u00abO\u2018g\u2018ri va qozi\u00bb, \u00abBo\u2018ston\u00bb (Sa\u2019diy) kabi asarlarni tarjima qilgan. Sidqiy Xondayliqiy ko\u2018chirgan devon, bayoz va risolalar, yasagan muhrlari nusxalari, toshlavhalar hamda chizgan To\u2018ychi Hofiz va Tavallo suratlari xususiy va davlat kutubxonalarida, shuningdek, 20 dan ortiq bosma va qo\u2018lyozma asarlari O\u2018zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o\u2018g\u2018li Sidqiy 1884 yili hozirgi Bo\u2018stonliq tumani Xondayliq qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. Arab, fors tillarini o\u2018rgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sidqiy-xondayliqiy-1884-1934-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8982,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8979","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8979","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8979"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8979\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163733,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8979\/revisions\/163733"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8982"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8979"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8979"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8979"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}