{"id":8998,"date":"2021-11-09T14:49:07","date_gmt":"2021-11-09T11:49:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8998"},"modified":"2025-10-30T13:17:57","modified_gmt":"2025-10-30T10:17:57","slug":"sulton-jora-1910-1943-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-jora-1910-1943-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Sulton Jo\u2018ra (1910-1943) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Iste\u2019dodli shoir Sulton Jo\u2018ra adabiyotimizga 30-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan. U bor-yo\u2018g\u2018i o\u2018ttiz uch yil umr ko\u2018rdi, shundan o\u2018n uch yilini adabiyotga, she\u2019riyatga baxshida etdi. Sulton Jo\u2018ra 1910 yil 15 yanvarda Buxoroning Shofirkon tumanidagi Qog\u2018oltom qishlog\u2018ida dehqon oilasida dunyoga keldi.&nbsp; Uch-to\u2018rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo\u2018lib, qarindosh-urug\u2018lari tarbiyasida bo\u2018ldi. So\u2018ngra boshlang\u2018ich ta\u2019limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o\u2018qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi. Maktablarda, bilim yurtlarida, shuningdek, Andijon Davlat pedagogika institutida adabiyotdan dars beradi. Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo\u2018lib, uning birinchi she\u2019ri 1927 yilda \u00abMehnat qo\u2018ynida\u00bb nomi bilan \u00abYangi yo\u2018l\u00bb jurnalida chop etiladi. So\u2018ngra, uning \u00abShe\u2019rlar\u00bb (1933), \u00abFidokor\u00bb (1939), \u00abMoskva\u00bb (1941) kabi to\u2018plamlari, \u00abKulgi\u00bb (1936), \u00abShodligim\u00bb (1939), \u00abOchiq chehralar\u00bb (1939) kabi turkum she\u2019rlari paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>She\u2019rlar va to\u2018plamlarning nomidan ko\u2018rinib turganidek, ularda shoir zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Jo\u2018ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning \u00abQaldirg\u2018och\u00bb, \u00abJannat\u00bb kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik olami ifodalanadi. Shoir \u00abZangori gilam\u00bb she\u2019riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali yoshlarning ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. \u00abKarim va Qunduz\u00bb dostonida mehnat va uning gashti, rohati haqida so\u2018zlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning \u00abBruno\u00bb dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o\u2018lmas obrazi gavdalantirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Jo\u2018ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. \u00abHarflar paradi\u00bb, \u00abTinish belgilarining majlisi\u00bb, \u00abYolg\u2018onchi\u00bb, \u00abCho\u2018ntak\u00bb, \u00abOy nechta\u00bb, \u00abSog\u2018inchli salom\u00bb kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillarida Sulton Jo\u2018ra ijodi yangi bosqichga ko\u2018tarildi. U o\u2018zining \u00abPulemyotchi ovozi\u00bb, \u00abTo\u2018pchi Muhammad\u00bb, \u00abNayzamiz\u00bb va \u00abChavandoz\u00bb kabi qator she\u2019rlarida vatanparvarlik g\u2018oyalarini baralla kuyladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir bu yillarda urush mavzuida o\u2018zining \u00abIroda\u00bb dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida \u00abSog\u2018inchli salom\u00bb she\u2019ri alohida ahamiyatga molik. Unda ota-ona, yor va birodar, yigit va qiz, qavm-qarindosh firoqiga sabab bo\u2018lgan urushga la\u2019natlar yog\u2018diradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Jo\u2018ra Ikkinchi jahon urushi frontida 1943 yilning 10 noyabrida qahramonlarcha halok bo\u2018lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u2019dodli shoir Sulton Jo\u2018ra adabiyotimizga 30-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan. U bor-yo\u2018g\u2018i o\u2018ttiz uch yil umr ko\u2018rdi, shundan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-jora-1910-1943-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9005,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8998"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163784,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8998\/revisions\/163784"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9005"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}