{"id":9018,"date":"2021-11-09T15:08:11","date_gmt":"2021-11-09T12:08:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9018"},"modified":"2025-10-30T13:16:25","modified_gmt":"2025-10-30T10:16:25","slug":"togay-murod-1948-2003-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/togay-murod-1948-2003-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Tog\u2018ay Murod (1948-2003) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Tog\u2018ay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Tog\u2018aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo\u2018jasoat qishlog\u2018i \u2014 2003.27.5, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).<\/p>\n\n\n\n<p>Respublika radiosida muharrir (1972\u201475), \u00abO\u2018zbekiston fizkulturachisi\u00bb gazetasida (1976\u201478), \u00abFan va turmush\u00bb jurnalida (1982\u201484) adabiy xodim bo\u2018lib ishlagan. 1984\u201486 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida o\u2018qigan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari e\u2019lon qilingan. Birinchi yirik qissasi \u2014 \u00abYulduzlar mangu yonadi\u00bb (1976). \u00abOt kishnagan oqshom\u00bb (1979), \u00abOydinda yurgan odamlar\u00bb (1980), \u00abMomo Yer qo\u2018shig\u2018i\u00bb (1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqko\u2018ngil, to\u2018g\u2018riso\u2018z, mard o\u2018zbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. O\u2018zbek adabiyotining yutug\u2018i sifatida e\u2019tirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abOydinda yurgan odamlar\u00bb qissasi qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug\u2018ilmagan bolaning bobosi, momosi bo\u2018lib, zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug\u2018likka to\u2018la mungli, hazin qo\u2018shiq qilib kuylanadi. Mazkur asar uchun adib Oybek mukofotiga sazovor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMomo yer qo\u2018shig\u2018i\u00bb qissasida o\u2018z g\u2018oyasi va uslubi bilan o\u2018zga qissalardan ajralib turadi. Unda milliy zamindan oyog\u2018i uzilgan, Vatan tuprog\u2018ida yashab, yuragida yurt tuyg\u2018usi bo\u2018lmagan kishilarning obrazlari g\u2018arb adabiyoti sig\u2018indi bandasi bo\u2018lib qolgan ijodkor misolida o\u2018zbekona kinoya bilan tasvir etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tog\u2018ay Murod o\u2018zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi an\u2019analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. \u00abOtamdan qolgan dalalar\u00bb (1993) romanida O\u2018zbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan o\u2018zbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi og\u2018ir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul o\u2018zbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga ko\u2018tarilgan. U boshiga yog\u2018ilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur bo\u2018lsa-da, o\u2018z insoniy sha\u2019ni, qadrqimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). Yozuvchi 1994 yil \u201cOtamdan qolgan dalalar\u201d romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abBu dunyoda o\u2018lib bo\u2018lmaydi\u00bb romanida ham o\u2018z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg\u2018on e\u2019tiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiq firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy bo\u2018yoqlarda tasvirlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Vafotidan so\u2018ng \u201cTanlangan asarlar\u201di (1-jild, 2008; 2-jild, 2012) chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tog\u2018ay Murod Jek Londonning \u00abBoyning qizi\u00bb dramasi va hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning \u00abYovvoyi yo\u2018rg\u2018a\u00bb qissasini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tog\u2018ay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Tog\u2018aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo\u2018jasoat qishlog\u2018i \u2014 2003.27.5, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/togay-murod-1948-2003-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9021,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9018","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9018","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9018"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9018\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163780,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9018\/revisions\/163780"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9021"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9018"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9018"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9018"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}