{"id":9019,"date":"2021-11-09T15:09:10","date_gmt":"2021-11-09T12:09:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9019"},"modified":"2025-10-30T13:16:22","modified_gmt":"2025-10-30T10:16:22","slug":"tolib-yoldosh-1919-2002-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tolib-yoldosh-1919-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Tolib Yo\u2018ldosh (1919-2002) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri Tolib Yo\u2018ldosh 1919 yili Toshkentning Chilonzor ota mavzesi, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan bo\u2018lib, ilm-bilim degan narsalarni qirq yoshidan so\u2018ng egalladi. Tayyorlov va kechki kurslarda o\u2018qidi. Ammo shoirning \u00abSaylayman\u00bb degan birinchi she\u2019ri 1937 yilda \u2014 18 yoshida e\u2019lon qilindi.&nbsp; Tolib Yo\u2018ldoshning birinchi she\u2019riy to\u2018plami \u00abBo\u2018ri bilan chol\u00bb esa 1943 yilda chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abShundan beri, \u2014 deb yozadi shoir tarjimai holida,\u2014 qirqqa yaqin to\u2018plam nashr ettirdim, yarmi bolalarga, yarmi kattalar uchun\u00bb. Tolib Yo\u2018ldoshning \u00abBaxtiyorlar qo\u2018shig\u2018i\u00bb, \u00abPorloq erta\u00bb, \u00abPolizda\u00bb, \u00abDo\u2018mboqlar\u00bb, \u00abKoptok nega qochadi\u00bb, \u00abO\u2018smirlik o\u2018ylari\u00bb, \u00abOq terakmi, ko\u2018k terak\u00bb, \u00abQuyosh bilan suhbat\u00bb kabi yigirmaga yaqin she\u2019riy to\u2018plamlarida beg\u2018ubor yoshlar qalbi, orzu-maqsadlari, intilishlari, quvonch va tashvishlari o\u2018zining yorqin ifodasini topgan. Shoirning bolalarga bag\u2018ishlangan ko\u2018pchilik she\u2019rlari Z. Diyor, Q. Muhammadiy, Q. Hikmat kabi shoirlarning she\u2019rlari kabi sodda, ravon va aniq, badiiy ifodaga ega ekanligi bilan e\u2019tiborlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizig\u2018i shundaki, shoir ko\u2018p she\u2019rlarini topishmoq tarzida bayon etadi. Oqibatda bolaning diqqat-e\u2019tibori she\u2019rga tortiladi, o\u2018y-xayolga chorlanadi. Topqirlik, she\u2019r ma\u2019no va mazmunini singdirishga imkon yaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalarga bag\u2018ishlangan yana bir qator she\u2019rlari esa o\u2018zining ma\u2019no va mazmuniga ko\u2018ra jiddiy, salmoqli, o\u2018y-xayolga chorlab turishi bilan ajralib turadi. Jumladan, \u00abTo\u2018rt fasl\u00bb she\u2019rida yilning ko\u2018klam, yoz, kuz va qishi haqida ajoyib bir manzara yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tolib Yo\u2018ldoshning bolalarga bag\u2018ishlangan she\u2019riyati orasida ertaklar, ertak-dostonlar ham anchagina. Uning \u00abOvchi\u00bb, \u00abTo\u2018qlikka sho\u2018xlik\u00bb, \u00abXumcha bilan nimcha\u00bb, \u00abQo\u2018rqoq quyon\u00bb, \u00abO\u2018rmonliklar orzusi\u00bb, \u00abToshmat uchgan\u00bb kabi o\u2018nlab ertaklari xayoliy-sarguzasht janriga xos uslubda yaratilgan. Bu hol esa bolalarning romantik kayfiyatiga juda mos bo\u2018lib, ularning ichki dunyosini to\u2018laroq ochib berish imkoniyatini yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning ko\u2018p asarlari, aytganimizdek, kattalarga bag\u2018ishlangan bo\u2018lib, ular janr jihatdan to\u2018rtliklar, sakkizliklar va hajvlardan iborat. Ayniqsa, bu jihatdan adibning \u00abOshiq ko\u2018ngil\u00bb (1974) to\u2018plamiga kirgan \u00abEtuklik\u00bb, \u00abYillar va o\u2018ylar\u00bb turkumidagi she\u2019rlar o\u2018zining mazmundorligi, falsafiy teranligi, badiiy puxtaligi bilan o\u2018quvchini o\u2018ziga jalb etadi. Bu turkumdagi she\u2019rlar mavzu va ma\u2019no jihatdan nihoyatda boy va serjilodir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tolib Yo\u2018ldosh ijodida hajv ham katta o\u2018rinni egallaydi. Hatto, bu mazmundagi asarlari \u00abMushtum\u00bb kutubxonasi turkumida alohida nashr ham etilgan. Xususan, \u00abAjabsanda\u00bb nomli hajviy asarlardan tarkib topgan she\u2019riy to\u2018plam alohida e\u2019tiborni tortadi. To\u2018plamga kirgan \u00abHech kim bilmasin\u00bb, \u00abSayoq\u00bb, \u00abModa\u00bb, \u00abJarohat\u00bb, \u00abBali-bali\u00bb, \u00abXushomad\u00bb kabi o\u2018nlab asarlar tele va radio miniatyuralarning doimiy hajv qo\u2018shig\u2018i bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Tolib Yo\u2018ldosh g\u2018azalnavis shoir sifatida ham ma\u2019lum. Uning bir qator g\u2018azallari va hajviy qo\u2018shiqlari el suygan san\u2019atkorlar ovoziga yo\u2018g\u2018rilib, tinglovchiga estetik zavq bag\u2018ishlab keladi. O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor aytganidek, \u00abu faqat qalb amri bilan, ichki bir ehtiyoj bilan\u00bb ijod qilib, hurmatga kirgan adib sifatida bugungi adabiy jarayonda o\u2018z o\u2018rniga egadir. Unga Mustaqilligimizning yetti yilligida \u00abEl-yurt hurmati\u00bb ordeni topshirildi (1998). U O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1989) dir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tolib Yo\u2018ldosh 2002 yili vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri Tolib Yo\u2018ldosh 1919 yili Toshkentning Chilonzor ota mavzesi, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan bo\u2018lib, ilm-bilim degan narsalarni qirq yoshidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tolib-yoldosh-1919-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9023,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9019","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9019","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9019"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9019\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163779,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9019\/revisions\/163779"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9023"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9019"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9019"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9019"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}