{"id":9027,"date":"2021-11-09T15:11:38","date_gmt":"2021-11-09T12:11:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9027"},"modified":"2025-10-30T13:16:18","modified_gmt":"2025-10-30T10:16:18","slug":"tohir-malik-1946-2019-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tohir-malik-1946-2019-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Tohir Malik (1946-2019) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Tohir Malik (taxallusi; asl ism-sharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) (1946.27.12, Toshkent \u2014 2019.16.05, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O\u2018zbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent davlat universitetining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969).<\/p>\n\n\n\n<p>Quruvchi (1963\u201464), maktabda o\u2018qituvchi (1965\u201466) bo\u2018lib ishlagan. \u00abLenin uchquni\u00bb gazetasi, \u00abGuliston\u00bb (1975\u201478), G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi nashriyotda muharrir (1981\u201482), \u00abCho\u2018lpon\u00bb nashriyotida bosh muharrir (1985\u201487), \u00abSharq yulduzi\u00bb (1982\u201485), \u00abYoshlik\u00bb (1989\u201491) jurnalilarida adabiy xodim, mas\u2019ul kotib, bosh muharrir, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988\u201490) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi yirik asari \u2014 \u00abHikmat afandining o\u2018limi\u00bb (1972). \u00abZaharli g\u2018ubor\u00bb (1974), \u00abFalak\u00bb (1975), \u00abSomon yo\u2018li elchilari\u00bb (1978), \u00abChorrahada qolgan odamlar\u00bb (1982), \u00abBir ko\u2018cha, bir kecha\u00bb (1983), \u00abAlvido, bolalik\u00bb (1989), \u00abSo\u2018nggi o\u2018q\u00bb (1990), \u00abOv\u00bb (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. \u00abSo\u2018nggi o\u2018q\u00bb qissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. \u00abQaldirg\u2018och\u00bb (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-yillar o\u2018zbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abShaytanat\u00bb romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000; 5-kitob, 2011) Tohir Malikning yirik asarlaridan. Asar asosida ko\u2018p seriyali telefilm yaratildi. Romanda turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan chizilgan, muhim ma\u2019naviy-axloqiy muammolar ko\u2018tarilgan. Asarda jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy e\u2019tibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini tahlil etishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot bo\u2018lishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni Tohir Malikning \u00abJinoyatning uzun yo\u2018li\u00bb (2004) ilmiy-tahliliy risolasida davom ettirilgan. \u00abMehmon tuyg\u2018ular\u00bb (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to\u2018plamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohir Malikning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi \u00abYozuvchining baxti va baxtsizligi\u00bb (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi \u00abSobir\u00bb (2003), O\u2018lmas Umarbekov ijodiga bag\u2018ishlangan \u00abQiyomat qarz\u00bb (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan \u00abIbrat maktabi\u00bb (1993) badialari xam bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohir Malik hujjatli kino sohasida ham faoliyat ko\u2018rsatgan. Uning \u00abAmir Temur davri adabiyoti\u00bb (1998), \u00abVaraxsha\u00bb (1999), \u00abUnvoni inson\u00bb (1999), \u00abSohilsiz dentiz\u00bb (2000), \u00abZulmat saltanati\u00bb (2001), \u00abMoshtabib\u00bb (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning \u00abMa\u2019suma\u00bb kissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tohir Malik (taxallusi; asl ism-sharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) (1946.27.12, Toshkent \u2014 2019.16.05, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O\u2018zbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent davlat universitetining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tohir-malik-1946-2019-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9030,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9027"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163776,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9027\/revisions\/163776"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9030"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}