{"id":9078,"date":"2021-11-09T15:38:38","date_gmt":"2021-11-09T12:38:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9078"},"modified":"2025-10-30T13:24:26","modified_gmt":"2025-10-30T10:24:26","slug":"ubaydulla-karimov-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydulla-karimov-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ubaydulla Karimov (1920-1997) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Karimov Ubaydulla Isroilovich (1920.1.4 \u2014 Toshkent \u2014 1997.11.10) \u2014 sharqshunos olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo industrial institutining kimyo-texnologiya fakulteti (1941) va O\u2018rta Osiyo universitetining sharq fakultetini (1949) tugatgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941\u201442). O\u2018rta Osiyo universiteti sharq fakultetida fors tilidan dars bergan (1949\u201452). O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, so\u2018ng katta ilmiy xodim (1952\u201458), Sharq qo\u2018lyozmalarini tavsiflash va kataloglashtirish (1959\u201475), Sharq yozma yodgorliklarini o\u2018rganish va nashr etish (1976\u201488) bo\u2018limlari mudiri, yetakchi ilmiy xodim (1988\u201490), bosh ilmiy xodim (1990-97) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulla Karimovning asosiy ilmiy faoliyati Sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni o\u2018rganishga qaratilgan. U shu sohalarga oid arab va fors tillaridagi yirik qo\u2018lyozma manbalarini tarjima va tadqiq etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulla Karimov Sharqshunoslik institutining qo\u2018lyozmalar fondidagi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning fanga noma\u2019lum bo\u2018lgan kimyoga doir asari \u2014 \u00abKitob sirr ul-asror\u00bb (\u00abSirlar siri kitobi\u00bb) qo\u2018lyozmasini o\u2018rganib, bu haqda ilmiy asar yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulla Karimov Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining asosiy tadqiqotchisi va tarjimonidir. U Ibn Sino \u00abTib qonunlari\u00bb asarining o\u2018zbek va rus tillaridagi to\u2018liq nashrini tayyorlash va tarjima qilishda qatnashgan. Beruniyning \u00abKitob as-saydana fi-t-tibb\u00bb (\u00abFarmakognoziya\u00bb) asarini tarjima va tadqiq etgan. Beruniyning rus tilidagi 7 jildli Tanlangan asarlarini nashrga tayyorlash (1957\u201487)da ishtirok etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydulla Karimov Ibn Sino ijodini o\u2018rganishga bag\u2018ishlangan xalqaro simpozium (Tehron, 1955)da ilmiy ma\u2019ruzalar qilgan. U Iordaniya qirollik akademiyasining faxriy a\u2019zoligiga saylangan (1984). Beruniy nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karimov Ubaydulla Isroilovich (1920.1.4 \u2014 Toshkent \u2014 1997.11.10) \u2014 sharqshunos olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972). O\u2018rta Osiyo industrial institutining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydulla-karimov-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9078","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9078","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9078"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9078\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163810,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9078\/revisions\/163810"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9078"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9078"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9078"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}