{"id":9085,"date":"2021-11-09T15:41:34","date_gmt":"2021-11-09T12:41:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9085"},"modified":"2025-10-30T13:22:54","modified_gmt":"2025-10-30T10:22:54","slug":"ubaydullaxoja-asadullaxojaev-1878-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydullaxoja-asadullaxojaev-1878-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ubaydullaxo\u2018ja Asadullaxo\u2018jaev (1878-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi, o\u2018zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo\u2018ja Asadullaxo\u2018ja o\u2018g\u2018li (Ubaydulla Xo\u2018jayev) 1878 yili Toshkent shahrida tug\u2018ilgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug\u2018ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. Ubaydulla Xo\u2018jayev dastlabki o\u2018zbek advokatlaridan biri edi.&nbsp; O\u2018qishni tugatgach, u Toshkent okrug sudida advokat bo\u2018lib xizmat qiladi. O\u2018z atrofiga yoshlarni to\u2018plab, \u00abUmid\u00bb yashirin jamiyatini tuzdi. Keyinchalik bu tashkilot \u00abTaraqqiyparvar\u00bb deb nomlanib, jadidlarning asosiy tashkilotlaridan biriga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o\u2018yladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). O\u2018qishni tugatgach, dastlab Saratov, 1913 yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo\u2018lib ishladi. Chor hukumati ma\u2019murlarining poraxo\u2018rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo\u2018shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abUmid\u00bb deb ataluvchi ilg\u2018or musulmon guruhiga yetakchilik qildi (1913). \u00abTuron\u00bb jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda \u00abSadoi Turkiston\u00bb gazetasini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gazeta ishiga o\u2018sha davr ma\u2019rifat darg\u2018alari \u2014 Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gazetada turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umummilliy matbuot nashriga aylanayotgan \u00abSadoi Turkiston\u00bb 1915 yil aprelda yopib qo\u2018yilgan bo\u2018lsada, u o\u2018lka ziyolilarining \u00abTaraqqiyparvarlar\u00bb firqasiga zamin tayyorladi. U. Xo\u2018jayev Toshkentda tuzilib, mardikorlikka olish ishi bilan shug\u2018ullangan \u00abTurkiston mardikorlikka olish qo\u2018mitasi\u00bbning raisi (1916). Qo\u2018mita chor amaldorlarining o\u2018zboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka jo\u2018natish haqidagi oq podsho farmoni (1916 y. 25 iyun)ni bekor qildirish uchun U. Xo\u2018jayev mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmo\u2018minboyev bilan birga Peterburgga bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat dumasining 1916 yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya imperiyasining qonunchiligida ko\u2018rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevral inqilobidan keyin u Turkistondagi mustaqillik va taraqqiyot uchun milliy harakatning faol rahnomalaridan biriga aylanadi. Toshkent \u00abSho\u2018royi islomiya\u00bb tashkilotiga rais, Butunrossiya musulmon sho\u2018rosiga esa a\u2019zo etib saylanadi. U 1917 yilda bo\u2018lib o\u2018tgan barcha Turkiston va Butunrossiya musulmonlari sezdlarida ishtirok etadi. Qo\u2018qonda bo\u2018lib o\u2018tgan IV favqulodda o\u2018lka musulmonlarining sezdi uni Turkiston Muxtoriyatining Harbiy noziri etib saylaydi. Turkiston Muxtoriyati tormor etilgach, Ubaydulla Xo\u2018jayev Orenburgga boradi va Boshqirdiston Muxtoriyati hukumatini tuzishda faol ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1920\u20141937 yillarda sovet hokimiyatiga zid bo\u2018lgan siyosiy qarashlari uchun uni bir necha bor tazyiq ostiga oladilar. 1937 yilda barcha taraqqiyparvar o\u2018zbek ziyolilari qatori Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustamlakachilikka qarshi kurashgani uchun \u00abmillatchilik\u00bbda ayblanib qatag\u2018onga uchraydi va otib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>U. Xo\u2018jayev qabrining qayerdaligi noma\u2019lum.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi, o\u2018zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo\u2018ja Asadullaxo\u2018ja o\u2018g\u2018li (Ubaydulla Xo\u2018jayev) 1878 yili Toshkent shahrida tug\u2018ilgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ubaydullaxoja-asadullaxojaev-1878-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9089,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9085","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9085"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163805,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085\/revisions\/163805"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9089"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9085"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9085"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9085"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}