{"id":9094,"date":"2021-11-09T15:44:41","date_gmt":"2021-11-09T12:44:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9094"},"modified":"2025-10-30T13:22:49","modified_gmt":"2025-10-30T10:22:49","slug":"umidiy-1835-1905-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umidiy-1835-1905-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Umidiy (1835-1905) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Umidiy (Havoiy, Marg\u2018iloniy \u2014 taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne\u2019matulla oxun o\u2018g\u2018li) (1835 \u2014 Marg\u2018ilon shahri \u2014 1905) \u2014 shoir, tarixchi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hayoti Farg\u2018ona va Marg\u2018ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlar bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo\u2018lgan. Ijodiy faoliyati 19-asrning 2-yarmida Farg\u2018onadan boshlangan; adabiy merosi kichik hajmdagi lirik va satirik she\u2019rlar hamda epik dostonlardan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning \u00abMasnaviyi Umidiy\u00bb, \u00abDevoni Umidiy\u00bb (1981), \u00abKachkuli Qalandariy\u00bb (1891\u201492; nazmiy va nasriy yo\u2018l bilan yozilgan hikoyalar, afsona va rivoyatlar to\u2018plami) asarlari, \u00abBadavlatnoma yoki Tarixi Xo\u2018qand\u00bb (1880), \u00abMaktubchai xon\u00bb (1884), \u00abJangnoma\u00bb (1888), \u00abHayrat ul-olam\u00bb va boshqa tarixiy, falsafiy-didaktik dostonlari yetib kelgan. Umidiy lirikasida vatanparvarlik, vafo va sadoqat, sof muhabbat kabi insoniy fazilatlar tarannum etilsa, dostonlarida Farg\u2018ona vodiysi va Sharqiy Turkistondagi turli jangu jadallarda xarob bo\u2018lgan yurt, xalq ahvoli haqqoniy tasvirlanadi. Macalan, 2700 misradan iborat \u00abBadavlatnoma yoki Tarixi Xo\u2018qand\u00bb dostonida Umarxon vafoti (1822) dan 1875 yilgacha bo\u2018lgan Qo\u2018qon tarixi va Yoqubbek (Muhammad Yoqubbek Badavlat)ning harbiy yurishlari hikoya qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umidiyning astronomiya va tibbiyot ilmlari bilan shug\u2018ullanganini ko\u2018rsatuvchi masnaviylari ham bor. Asarlarining ko\u2018lyozmalari O\u2018zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Sankt-Peterburg bo\u2018limi fondlarida saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umidiy (Havoiy, Marg\u2018iloniy \u2014 taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne\u2019matulla oxun o\u2018g\u2018li) (1835 \u2014 Marg\u2018ilon shahri \u2014 1905) \u2014 shoir, tarixchi. Hayoti Farg\u2018ona va Marg\u2018ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umidiy-1835-1905-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9094","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9094","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9094"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9094\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163802,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9094\/revisions\/163802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9094"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9094"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9094"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}