{"id":9095,"date":"2021-11-09T15:45:27","date_gmt":"2021-11-09T12:45:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9095"},"modified":"2025-10-30T13:22:47","modified_gmt":"2025-10-30T10:22:47","slug":"usmon-azim-1950-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/usmon-azim-1950-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Usmon Azim (1950) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir o\u2018rinbosari (1976\u201489), O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo\u2018limida mas\u2019ul kotib (1989\u2014 90), O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991-94), 2003 yildan O\u2018zbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk kitobi \u2014 \u00abInsonni tushunish\u00bb (1979). Shundan so\u2018ng shoirning \u00abHolat\u00bb (1979), \u00abOqibat\u00bb (1980), \u00abKo\u2018zgu\u00bb (1983), \u00abSurat parchalari\u00bb (1985), \u00abDars\u00bb (1985), \u00abIkkinchi aprel\u00bb (1987), \u00abBaxshiyona\u00bb (1989), \u00abFaroyib ajdarho\u00bb (1990), \u00abUyg\u2018onish azobi\u00bb (1991), \u00abFycca\u00bb (1994), \u00abUzun tun\u00bb (1994), \u00abBor ekanda, yo\u2018q ekan\u00bb (1995), \u00abSaylanma\u00bb (1995), \u00abKuz\u00bb (2001), \u201cFonus\u201d (2007), \u201cYurak\u201d (2009) kabi she\u2019riy va \u00abJodu\u00bb (2003) nasriy to\u2018plamlari, \u201cAdibning umri\u201d (2011) dramatik asarlari nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Azim o\u2018zbek she\u2019riyatining ufqini kengaytirib, nasriy she\u2019rlardan barmoq vaznigacha bo\u2018lgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki she\u2019rlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi o\u2018rnini tushunishga, davrning og\u2018riqli masalalariga e\u2019tibor qaratdi va shu jarayonda minbar she\u2019riyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiy-istioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxrrati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida ko\u2018zga tashlangan baxshiyona ruh she\u2019riyatda yangi bir yo\u2018nalish yaratilishiga turtki bo\u2018ldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin o\u2018zgarish yuz berdi va she\u2019rlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Azim \u00abBaxtli bo\u2018laylik\u00bb, \u00abHujjatli film uchun syujet\u00bb, \u00abBahodir va Malika\u00bb singari radiopesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shug\u2018ullandi va \u00abBir qadam yo\u2018l\u00bb, \u00abKunduzsiz kechalar\u00bb, \u00abBozor\u00bb (1997), \u00abAlpomishning qaytishi\u00bb (1998), \u00abJazava\u00bb (2000), \u00abBaxt qushi\u00bb (2002), \u00abO\u2018tgan zamon hangomalari\u00bb (2003) pesalarini yezdi. Bu pesalarning aksari O\u2018zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Azim bu pesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon bo\u2018ldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham og\u2018zaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish iste\u2019dodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, \u00abAlisher Navoiy\u00bb kinoqissasi (1990), \u00abAlpomish\u00bb kinodostoni (1997), \u00abSevgi\u00bb (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali \u00abAlpomish\u00bb (2000) filmlarining stsenariysiga mualliflik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dog\u2018larja, A. Voznesenskiy, Yu. Martsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan. She\u2019rlari ingliz, frantsuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirg\u2018iz tillarida nashr etilgan. Ko\u2018plab she\u2019rlariga musiqa bastalangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Azim xalqlar do\u2018stligi va vatanparvarlik g\u2018oyalari bilan yo\u2018g\u2018rilgan she\u2019rlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgan (1982). \u00abDo\u2018stlik\u00bb ordeni (1998) bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/usmon-azim-1950-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9099,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9095","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9095","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9095"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9095\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163801,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9095\/revisions\/163801"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9099"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9095"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9095"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9095"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}