{"id":9121,"date":"2021-11-09T15:57:22","date_gmt":"2021-11-09T12:57:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9121"},"modified":"2025-10-30T13:21:08","modified_gmt":"2025-10-30T10:21:08","slug":"olmas-umarbekov-1934-1994-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olmas-umarbekov-1934-1994-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"O\u2018lmas Umarbekov (1934-1994) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018lmas Umarbekov (1934.25.1, Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O\u2018zbekistonda xizmat kursatgan san\u2019at arbobi (1984). O\u2018rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956).<\/p>\n\n\n\n<p>Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo\u2018mitasida muharrir, bosh muxarrir (1956\u201471), O\u2018zbekiston KP MKda sektor mudiri (1971\u201474), \u00abO\u2018zbekfilm\u00bb kinostudiyasi direktori (1971\u201481), O\u2018zbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi o\u2018rinbosari (1982\u201486), vaziri (1987\u201489), O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985\u201489), O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari (1989\u201491) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk kitobi \u2014 \u00abHikoyalar\u00bb (1958). \u00abXatingni kutaman\u00bb, \u00abYurak so\u2018zlari\u00bb (1960); \u00abBoboyong\u2018oq\u00bb (1961), \u00abYulduzlar\u00bb, \u00abMenga ishonmaysanmi?\u00bb (1962), \u00abHayot abadiy\u00bb (1964), \u00abCharos\u00bb (1966), \u00abKo\u2018prik\u00bb (1968), \u00abBolgar qo\u2018shiqlari\u00bb, \u00abOltin yaproqlar\u00bb (1972), \u00abQiyomat qarz\u00bb kabi hikoyalarida kishilarning ma\u2019naviy-axloqiy go\u2018zalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, mas\u2019uliyatini ko\u2018rsatishga alohida e\u2019tibor bergan. \u00abBolgar qo\u2018shiqlari\u00bb (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, she\u2019riy-ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018lmas Umarbekovning \u00abSevgilim \u2014 sevgilim\u00bb (1963), \u00abKimning tashvishi yo\u2018q\u00bb (1965), \u00abUrush farzandi\u00bb (1972), \u00abYoz yomg\u2018iri\u00bb (1973), \u00abOq qaldirg\u2018och\u00bb (1974) va b. qissalari janriy rang-barangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. \u00abOdam bo\u2018lish qiyin\u00bb (1970) va \u00abFotima va Zuhra\u00bb (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulq-atvorida ko\u2018ringan salbiy jihatlarni tasvirlash orkali sovet davri ma\u2019naviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018lmas Umarbekov ijodida dramaturgiya muhim o\u2018rinni egallaydi. 70-yillarda o\u2018z iste\u2019dodini teatr san\u2019ati sohasida sinab, \u00abOqar suvlar\u00bb (1971), \u00abSud\u00bb, \u00abYoshlik dengizi\u00bb (1972), \u00abKomissiya\u00bb (1974) singari pesalarni yozgan. U 80 yillarda \u00abO\u2018z arizasiga ko\u2018ra\u00bb, \u00abKuzning birinchi kuni\u00bb, \u00abQiyomat qarz\u00bb, \u00abAssalom, quyosh\u00bb singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli O\u2018lmas Umarbekov pesasi asosida sahnalashtirilgan \u00abQiyomat qarz\u00bb spektakli tomoshabinlar o\u2018rtasida katta shuhrat qozondi. O\u2018lmas Umarbekov Hamza nomidagi teatr (hozirgi O\u2018zbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va boshqa pesalari bilan shu davr o\u2018zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018lmas Umarbekov \u00abQizimga maktublar\u00bb (\u00abMangu hayot bo\u2018sag\u2018asida\u00bb) deb nomlangan so\u2018nggi publitsistik asarida hayotga, o\u2018tkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, o\u2018zining va o\u2018zgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga ko\u2018tarilganini namoyish etgan. Umrining so\u2018nggi yillarida yozgan \u00abTuhmat\u00bb (1987), \u00abOqsoqol\u00bb (1991), \u00abO\u2018zing uchun o\u2018l yetim\u00bb (1992, tugallanmagan) dramalari ham e\u2019tiborga loyiq.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018lmas Umarbekov \u00abYigit va qiz\u00bb (1967), \u00abAsosiy ko\u2018n\u00bb (1971), \u00abIkki soldat qissasi\u00bb (1973), \u00abChangalzordagi ov\u00bb, \u00abSevgi afsonasi\u00bb (1985) va boshqa kinostsenariylarning mualliflaridan biri.<\/p>\n\n\n\n<p>Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o\u2018rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro\u2018y bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qo\u2018yish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, histuyg\u2018ulari orqali ochib berish O\u2018lmas Umarbekovning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018lmas Umarbekov (1934.25.1, Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O\u2018zbekistonda xizmat kursatgan san\u2019at arbobi (1984). O\u2018rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo\u2018mitasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olmas-umarbekov-1934-1994-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9124,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9121"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163794,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121\/revisions\/163794"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9124"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}