{"id":9123,"date":"2021-11-09T15:58:24","date_gmt":"2021-11-09T12:58:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9123"},"modified":"2025-10-30T13:30:47","modified_gmt":"2025-10-30T10:30:47","slug":"otkir-hoshimov-1941-2013-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otkir-hoshimov-1941-2013-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"O\u2018tkir Hoshimov (1941-2013) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi O\u2018tkir Hoshimov Toshkentning Do\u2018mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo\u2018lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o\u2018rta maktabni a\u2019lo baholar bilan bitirgan bo\u2018lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o\u2018qishga majbur bo\u2018lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo\u2018limida o\u2018qish bilan \u00abTemiryo\u2018lchi\u00bb, \u00abToshkent haqiqati\u00bb, \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan.<\/p>\n\n\n\n<p>1966\u20141982 yillarda \u00abToshkent oqshomi\u00bb gazetasida bo\u2018lim mudiri, 1982\u20141985 yillarda G\u2018. G\u2018ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o\u2018rinbosari, 1985 yildan boshlab esa \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalining bosh muharriri bo\u2018lib ishlab keladi. U O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo\u2018mitasining raisi bo\u2018lib ham ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo\u2018lib, birinchi kitobi 1962 yilda \u00abPo\u2018lat chavandoz\u00bb nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili \u00abTo\u2018rt maktub\u00bb nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida \u00abCho\u2018l havosi\u00bb (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo\u2018shdi, dalda berdi. Shundan so\u2018ng uning \u00abOdamlar nima derkin\u00bb, \u00abShamol esaveradi\u00bb qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning \u00abBahor qaytmaydi\u00bb (1970), \u00abQalbingga quloq sol\u00bb (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adib \u00abNur borki, soya bor\u00bb (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg\u2018unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma\u2019naviy-axloqiy masalalarini ko\u2018tarib chiqdi. Shundan so\u2018ng u yana bir go\u2018zal asarni \u2014 O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan \u00abDunyoning ishlari\u00bb (1982) qissasini yaratib, ma\u2019naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tkir Hoshimov ijodida \u00abIkki eshik orasi\u00bb romani alohida ahamiyatga ega bo\u2018ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o\u2018z ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida o\u2018z xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham O\u2018. Hoshimov romani 1986 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli ijod qilgan. Xususan, uning \u00abMuhabbat\u00bb, \u00abDehqonning bir kuni\u00bb, \u00abUrushning so\u2018nggi qurboni\u00bb, \u00abO\u2018zbek ishi\u00bb kabi asarlari o\u2018zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi. Uning \u00abQalbning oppoq daftari\u00bb, \u00abMuqaddas qasamni buzganlar\u00bb, \u00abAvlodlarga nima deymiz\u00bb, \u00abMantiq qani?\u00bb, \u00abDavlat siri\u00bb kabi maqolalari esa so\u2018nggi yillar o\u2018zbek publitsistikasining yutuqlaridan biri bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Uning \u00abHazon bo\u2018lgan bahor\u00bb, \u00abTo\u2018ylar muborak\u00bb, \u00abVijdon dorisi\u00bb, \u00abInson sadoqati\u00bb, \u00abQatag\u2018on\u00bb drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib o\u2018rin egallagan. \u00abDaftar hoshiyasidagi bitiklar\u00bb (2001) kitobi ijtimoiy-ma\u2019naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o\u2018zbek tiliga ag\u2018dargan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. Adibning jami nashr etilgan asarlari ellikdan ortiq bo\u2018lib, ularning umumiy tiraji qariyb ikki milliondan oshadi. O\u2018. Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili \u00abO\u2018zbekiston xalq yozuvchisi\u00bb faxriy unvoni berilgan. \u00abMehnat shuhrati\u00bb (1996), \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi O\u2018tkir Hoshimov Toshkentning Do\u2018mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo\u2018lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o\u2018rta maktabni a\u2019lo baholar bilan bitirgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otkir-hoshimov-1941-2013-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9128,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9123","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9123","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9123"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9123\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163857,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9123\/revisions\/163857"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9128"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9123"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9123"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9123"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}