{"id":91455,"date":"2023-07-18T13:45:28","date_gmt":"2023-07-18T10:45:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=91455"},"modified":"2023-07-18T13:45:30","modified_gmt":"2023-07-18T10:45:30","slug":"xalq-talimi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-talimi-2\/","title":{"rendered":"Xalq ta&#8217;limi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalq ta&#8217;limi \u2014 mamlakatda tarbiyaviy, o&#8217;quv va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasa va tadbirlar tizimi hamda ularni boshqarish organlari. Xalq ta&#8217;limi tushunchasi 20-asrning 80-yillarida o&#8217;zbek tili leksikasidan o&#8217;rin oldi. Ungacha &#8220;xalq maorifi&#8221; atamasi qo&#8217;llanilgan bo&#8217;lib, u kishilarning bilimi va ongini oshirish, umumiy saviyasini ko&#8217;tarishga qaratilgan ta&#8217;lim-tarbiya tarzida, nisbatan torroq ma&#8217;noda qo&#8217;llanilgan. \u201cXalq ta&#8217;limi\u201d atamasi ilmfan yoki kasb-hunar sohalari bo&#8217;yicha egallanishi zarur bo&#8217;lgan ma&#8217;lumot va ko&#8217;nikmalar majmuini, ta&#8217;lim-tarbiya, axloq-odob, ko&#8217;rsatma, bilim, ko&#8217;nikma va malakalarni shakllantirish, yo&#8217;lyo&#8217;riq o&#8217;rgatish tushunchalarini qamrab oladi. Bu atama zamirida mamlakat fuqarolarini nafaqat ma&#8217;rifatli, savodli qilish, balki ularga ta&#8217;limtarbiya berish, kasb-hunarga yo&#8217;naltirish, ularda bilim, ko&#8217;nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ham qamrab olinadi. Davlat ta&#8217;lim standartlariga muvofiq ta&#8217;lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta&#8217;lim muassasalari, ta&#8217;lim tizimining faoliyat ko&#8217;rsatishi hamda rivojlanishini ta&#8217;minlash uchun zarur bo&#8217;lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta&#8217;lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga qarashli korxona, muassasa, tashkilotlarni o&#8217;z ichiga qamrab oladi. O&#8217;zbekistonda Xalq ta&#8217;limining bosh maqsadi \u2014 ma&#8217;naviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat bo&#8217;lib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. O&#8217;zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan &#8220;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Xalq ta&#8217;limi tizimining barcha yo&#8217;nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Qonun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, uzluksiz ta&#8217;lim ta&#8217;riflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq ta&#8217;limi maktabgacha ta&#8217;lim, umumiy urta ta&#8217;lim, o&#8217;rta maxsus, kasb-hunar ta&#8217;limi, oliy ta&#8217;lim, oliy o&#8217;quv yurtidan keyingi ta&#8217;lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta&#8217;lim turlarini kamrab oladi. Xalq ta&#8217;limining umumiy o&#8217;rta turi (9 yil) majburiy, o&#8217;rtamaxsus, kasb-hunar ta&#8217;lim turi (3 yil) esa ixtiyoriy-majburiydir. Ko&#8217;p mamlakatlarda Xalq ta&#8217;limining asosiy tizimi boshlangich ta&#8217;lim hisoblanadi va u 4 yildan 9 yilgacha davom etadi. O&#8217;zbekistonda Xalq ta&#8217;limining dastlabki bosqichi maktabgacha ta&#8217;lim hisoblanadi. Maktabgacha ta&#8217;lim bola shaxsini ruhan va jismonan sog&#8217;lom, yetuk tarzda, maktabda o&#8217;qishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu ta&#8217;lim 6\u2014 7 yoshgacha oilada, bolalar bog&#8217;chalari va mulk shaklidan qat&#8217;i nazar, boshqa ta&#8217;lim muassasalarida olib boriladi. Xalq ta&#8217;limining umumiy o&#8217;rta turi boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim (1\u2014 4-sinflar) va umumiy ta&#8217;lim (5-9-sinflar)ni kamrab oladi. Boshlangich ta&#8217;lim to&#8217;rt yillik bo&#8217;lib, u umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim olish uchun zarur bo&#8217;lgan savodxonlik, bilim va ko&#8217;nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlang&#8217;ich ta&#8217;limning 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq ta&#8217;limining umumiy ta&#8217;lim bosqichida ham bilimlar davlat ta&#8217;lim standartlarida belgilangan hajmda beriladi. Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim (1 \u2014 9-sinflar)da o&#8217;quvchilarning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlantiriladi, ularning tafakkur va faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi ta&#8217;minlanadi. Xalq ta&#8217;limining o&#8217;rta maxsus, kasb-hunar ta&#8217;limi turida ta&#8217;lim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi. Umumiy o\u2019rta ta&#8217;limni yakunlagan o&#8217;quvchi bilim olishni ta&#8217;limning ma&#8217;lum yo&#8217;nalishini chuqur o&#8217;zlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy o&#8217;rta ta&#8217;limni ma&#8217;lum kasb-hunar bilan bog&#8217;lab o&#8217;rganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur. Xalq ta&#8217;limining oliy ta&#8217;lim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta&#8217;minlaydi. Oliy ta&#8217;lim universitet, o&#8217;quv akademiyasi, institutlarda o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta&#8217;limi negizida amalga oshiriladi. Oliy ta&#8217;lim olish ixtiyoriy bo\u2019lib, ta&#8217;lim muddati kamida 4 yildan iborat bo&#8217;lgan bakalavriat hamda o&#8217;qish muddati kamida 2 yildan iborat bo&#8217;lgan magistratura bosqichida amalga oshiriladi. Oliy o&#8217;quv yurtidan keyingi ta&#8217;lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo&#8217;lgan ehtiyojini ta&#8217;minlashga qaratilgan ta&#8217;lim turi hisoblanadi. U oliy o&#8217;quv yurti va ilmiy tadqiqot institutlarida aspirantura, ad&#8217;yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida amalga oshiriladi. Xalq ta&#8217;limining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turi mutaxassislarning kasb bilimlari va ko&#8217;nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni nazarda tutadi. Xalq ta&#8217;limining maktabdan tashqari ta&#8217;lim turida bolalar va o&#8217;smirlarning yakka tartibdagi qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, ularning bo&#8217;sh vaqti va dam olishini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan madaniy- estetik, ilmiy, texnikaviy, sport kabi yo&#8217;nalishlarda makgabdan tashqari davlat va nodavlat ta&#8217;lim muassasalarini tashkil etish nazarda tutiladi. Xalq ta\u2019limini boshqarishning markazlashgan, markazlashmagan va aralash turlari mavjud. Markazlashgan boshqaruvda ta&#8217;lim-tarbiya jarayonini boshqarish ta&#8217;lim vazirligi hamda uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday shakli Frantsiya, Italiya, Belgiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Bu mamlakatlarda davlat maktablarning moddiy ta&#8217;minoti bilan shug\u2019ullanadi, ularni dastur, darslik, metodik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalar bilan ta&#8217;minlaydi, ma&#8217;lumoti to&#8217;g&#8217;risidagi hujjatni olish uchun yagona talablarni belgilaydi, o&#8217;qituvchilarni tanlash hamda tayyorlash ishlari bilan shug&#8217;ullanadi. Markazlashmagan boshqaruvda ta&#8217;limni boshqarish joylardagi ma&#8217;muriy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktablar ta&#8217;minoti aholi zimmasida bo&#8217;ladi. Davlat tomonidan ma&#8217;lum vazifalar, ba&#8217;zi hollarda qisman moliyaviy ehtiyojlarni qondirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday tur Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvesiya va AQShda tashkil etilgan. Masalan, AQShda har bir shtatning ta&#8217;lim bo&#8217;yicha o&#8217;z qonunlari mavjud. Boshqaruvning aralash turida ta&#8217;lim-tarbiya jarayonining barcha ishlari Markaziy va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida amalga oshiriladi. Hindiston, Pokiston, Yangi Zelandiya mamlakatlarida ta&#8217;limni boshqaruv shu tarzda amalga oshiriladi. O&#8217;zbekistonda Xalq ta\u2019limi tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta&#8217;lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o&#8217;zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo&#8217;li bilan boshqariladi va markazlashgan holda demokratik tarzda olib boriladi. Barcha darajadagi ta&#8217;lim boshkaruv organlarining vakolat doiralari O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni (1997)ga muvofiq belgilanadi. Xalq ta\u2019limini moliyalash respublika va mahalliy byudjet mablag&#8217;lari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag&#8217;lar hisobidan amalga oshiriladi. 2002\/03 o&#8217;quv yili boshida O&#8217;zbekistonda 9799 umumiy ta&#8217;lim maktabi (6 million 329,1 ming o&#8217;quvchi), kunduzgi umumiy ta&#8217;lim maktablari negizida 288 litsey (88,9 ming o&#8217;quvchi) va 103 gimnaziya (65,7 ming o&#8217;quvchi), 141 maxsus o&#8217;quv yurti (158,5 ming o&#8217;quvchi), 62 oliy o&#8217;quv yurti (232254 talaba) faoliyat ko&#8217;rsatdi. Ad. Karimov I. A., Barkamol avlod \u2014 O&#8217;zbekiston taraqqiyotining poydevo- ri, T., 1997; Barkamol avlod orzusi, T., 2000; Pedagogika, T., 1996; O&#8217;zbek pedago- gikasi tarixi, T., 1997; Yo&#8217;ldoshev J. F., Ta&#8217;limimizistiqloli yo&#8217;lida, T., 1996; O&#8217;zbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuv- chilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1, 2j.lar, T., 1995, 1999. Qunduzxon Husanboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq ta&#8217;limi \u2014 mamlakatda tarbiyaviy, o&#8217;quv va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasa va tadbirlar tizimi hamda ularni boshqarish organlari. Xalq ta&#8217;limi tushunchasi 20-asrning 80-yillarida o&#8217;zbek tili leksikasidan o&#8217;rin oldi. Ungacha &#8220;xalq maorifi&#8221; atamasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-talimi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-91455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=91455"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":91457,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91455\/revisions\/91457"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=91455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=91455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=91455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}