{"id":9147,"date":"2021-11-09T16:09:48","date_gmt":"2021-11-09T13:09:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9147"},"modified":"2025-10-30T13:29:12","modified_gmt":"2025-10-30T10:29:12","slug":"furqat-1859-1909-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/furqat-1859-1909-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Furqat (1859-1909) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o\u2018g\u2018li) (1859, Qo\u2018qon \u20141909, Yorkend) \u2014 taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini o\u2018rgangan. Madrasada o\u2018qigan (1873\u201476). Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur o\u2018rgangan, fors tilini mukammal o\u2018zlashtirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1876 yilda Yangi Marg\u2018ilon (hozirgi Farg\u2018ona) shahridagi savdogar tog\u2018asining iltimosiga ko\u2018ra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik o\u2018zi ham kichik do\u2018kon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat Yangi Marg\u2018ilonda ijodkor sifatida to\u2018la shakllandi, o\u2018z g\u2018azallariga \u00abFurqat\u00bb taxallusini qo\u2018yib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda o\u2018tkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilg\u2018or adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>80-yillarning boshlarida Furqat Qo\u2018qonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shug\u2018ullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi bo\u2018lgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda bo\u2018ladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, she\u2019riyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqatning Qo\u2018qondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz she\u2019riyat an\u2019analari ruhida ko\u2018plab ishqiy g\u2018azallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga go\u2018zal nazira va taxmislar bog\u2018lagan, uning she\u2019rlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng o\u2018rin egallay boshlagan (masalan, \u00abBo\u2018ldi\u00bb radifli muxammasi va boshqa she\u2019rlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qayg\u2018irgan (\u00abNe jurm o\u2018ttiki bizdin, bunchalik Farg\u2018ona tang bo\u2018ldi?\u2026\u00bb)<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2018qon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bog\u2018liq holda yaratilgan: \u00abDemish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?\u00bb misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toju taxtdan, sha\u2019nu shavkat va a\u2019yonlardan mahrum bo\u2018lgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng o\u2018rin egallaganinint isbotidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqatning ijodiy merosida an\u2019anaviy she\u2019riy turlar, o\u2018zbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi o\u2018rin egallaydi. Uning g\u2018azal va muxammaslari, bog\u2018lagan taxmislari uzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan o\u2018quvchini maftun etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat she\u2019rlarida ona yurt tabiati va bahor go\u2018zalligi, jo\u2018shqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning ma\u2019naviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Macalan, \u00abBahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo\u2018lsa\u00bb, \u00abUmr xush o\u2018tmas bahor ayyomi sahro bo\u2018lmasa\u00bb, \u00abSurmadin ko\u2018zlar qaro, qo\u2018llar xinodin lolarang\u00bb, \u00abJannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik\u00bb, \u00abKo\u2018ngul dardig\u2018a topmay boraman hargiz davo istab\u00bb, \u00abFasli navbahor o\u2018ldi ketubon zimistonlar\u00bb kabi misralar bilan boshlanuvchi g\u2018azallari, \u00abEtti falak\u00bb, \u00abBiri\u00bb, \u00abIstar ko\u2018ngul\u00bb, \u00abDo\u2018st\u00bb, \u00abKokulung\u00bb radifli muxammaslari, Navoiy g\u2018azallariga taxmislari davr she\u2019riyatining ham g\u2018oyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat she\u2019riyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zo\u2018ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada e\u2019tibor topib, donolarning xorzor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy bo\u2018yoqlarda tasvirlangan.<em>\u00abCharxi kajraftorning bir shevasidan<\/em><em>dog\u2018men:<\/em><em>Ayshni nodon surub, kulfatni dono<\/em><em>tortadur\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yo\u2018nalishni aks ettiradi. \u00abBormasmiz\u00bb radifli she\u2019rida esa o\u2018zbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur \u00abSayding qo\u2018yaber, sayyod\u2026\u00bb musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qat\u2019iy qoralaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat xuddi shu yillarda \u00abXammomi xayol\u00bb risolasini yozadi. \u00abChor darvesh\u00bb hikoyatini forschadan tarjima qiladi. \u00abNuh manzar\u00bb nomli she\u2019riy kitob yaratadi. \u00abBulardin bo\u2018lak har xil g\u2018azaliyotim Farg\u2018ona muzofotig\u2018a (ya\u2019ni, yon-atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) bo\u2018ldi\u00bb, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor she\u2019rlarini to\u2018plab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning o\u2018zi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat taxminan 1886\u201487 yillarda Marg\u2018ilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yoru birodarlari ko\u2018magida kichik do\u2018kon ochgan bo\u2018lsa-da, asosan, she\u2019riyat bilan shug\u2018ullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xo\u2018jajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy-Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning \u00abToshkent shahrida bosma bo\u2018lg\u2018on\u00bbligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan o\u2018zgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uyg\u2018onadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, o\u2018z ko\u2018zi bilan ko\u2018rish ishtiyoqi zo\u2018rayadi. 1889 yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xo\u2018jandda to\u2018xtab, Toshxo\u2018ja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889 yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Ko\u2018kaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Ko\u2018zga ko\u2018ringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxo\u2018ja eshon tavsiyasi bilan ma\u2019lum muddat \u00abFarhat\u00bb (shodlik, xursandlik) taxallusida she\u2019rlar yozadi, lekin ko\u2018p o\u2018tmay, eski taxallusiga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor ma\u2019murlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli kontsertlarga kiritishni uyushtirdilar, ko\u2018rgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan o\u2018zgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy o\u2018zgarish bo\u2018ladi va bu hol uning ijodida o\u2018z badiiy ifodasini topadi \u2014 ma\u2019rifatparvarlik, yevropacha ilmmadaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir she\u2019rlarining yetakchi g\u2018oyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning ko\u2018p asrli o\u2018zbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi g\u2018oyalar olib kirishiga zamin bo\u2018ldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va san\u2019at o\u2018choqlarini, tobora ko\u2018proq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning \u00abIlm xosiyati\u00bb, \u00abGimnaziya\u00bb, \u00abVistavka xususida\u00bb, \u00abAkt majlisi xususida\u00bb, \u00abToshkent shaxrida bo\u2018lg\u2018on nag\u2018ma bazmi xususida\u00bb, \u00abSuvorov\u00bb va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890 yillarda \u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bbda chop qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targ\u2018ibotchisi sifatida namoyon bo\u2018ladi; o\u2018z vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilg\u2018or xalqlar qatoridan o\u2018rin olishga da\u2019vat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini so\u2018ngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan \u00abShoir ahvoli va she\u2019r mubolag\u2018asi xususida\u00bb asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida gap ochib, she\u2019riyatda realistik tasvir masalasini ko\u2018tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat hakli ravishda o\u2018zbek publitsistikasining asoschilaridan biri xisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlandi. \u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bbga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan ko\u2018proq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilg\u2018or ma\u2019rifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida o\u2018z maqolalarini e\u2019lon qildi. Masalan, 1891 yil 1-yarmida \u00abXo\u2018qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O\u2018zi yozgoni\u00bb publitsistik asarini yozib, shu gazetada e\u2019lon kildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1891 yil mayda Samarqandga bordi, osori-atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yo\u2018lladi, keyin Buxoroda bo\u2018ldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim ma\u2019lumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib o\u2018z yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891 yilning iyulida Marv \u2014Ashxobod\u2014Boku\u2014Batumi orqali Istanbulga bordi. Do\u2018stlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan \u00abSabog\u2018a xitob\u00bb she\u2019riy maktubida Vatan ishtiyoqi, do\u2018stlar sog\u2018inchi, g\u2018urbat azoblari va yolg\u2018izlik motivlari birinchi o\u2018ringa chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqat Istanbuldan Bulg\u2018oriya va Yunonistonga o\u2018tdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida bo\u2018ldi. 1892 yilning martida Istanbuldan O\u2018rta dengiz orqali Arabistonga \u2014 Makka, Jidda, Madina shahrilariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan \u00abHajnoma\u00bb asarini yaratdi. So\u2018ng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, ona yurt sog\u2018inchi va iztiroblari aks etgan. \u00abAdashganman\u00bb radifli hamda \u00abKashmirda\u00bb, \u00abBulbul\u00bb deb nomlanuvchi lirik she\u2019rlar turkumi shu jihatdan o\u2018ziga xos hijronnomadir.<\/p>\n\n\n\n<p>1893 yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkendda turg\u2018un yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor bo\u2018lgan shoir dorivor o\u2018simliklar bilan savdo qiluvchi do\u2018kon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shug\u2018ullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan \u00abSayohatnoma\u00bb asari ustidagi ishni Yorkendda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yo\u2018q. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Farg\u2018ona va Toshkentdagi yor-do\u2018stlariga maktublar yo\u2018llab turgan. Furqat o\u2018zbek matbuoti tarixida feleton janrini boshlab berdi (\u00abHind nayrangbozi Yorkendda\u00bb, 1905).<\/p>\n\n\n\n<p>Barkamol lirikasi, jozibali nasri va ggublitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qushgan Furqat ona vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkendning Dongdor qabristoniga ko\u2018milgan. 1990 yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Furqatning she\u2019rlari kitob holida dastlab 1913 yilda Muqimiy she\u2019rlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50\u201480-yillarda ko\u2018p bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinostsenariy va boshqa yaratildi. O\u2018zbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, ko\u2018cha va xiyobonlar, bog\u2018lar uning nomi bilan ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o\u2018g\u2018li) (1859, Qo\u2018qon \u20141909, Yorkend) \u2014 taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini o\u2018rgangan. Madrasada o\u2018qigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/furqat-1859-1909-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9150,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9147","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9147","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9147"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9147\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163850,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9147\/revisions\/163850"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9150"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9147"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9147"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9147"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}