{"id":91489,"date":"2023-07-18T14:05:44","date_gmt":"2023-07-18T11:05:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=91489"},"modified":"2023-07-18T14:05:47","modified_gmt":"2023-07-18T11:05:47","slug":"xiva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xiva\/","title":{"rendered":"Xiva"},"content":{"rendered":"\n<p>Xiva \u2014 Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. O&#8217;zbekistonning shimoli g&#8217;arbida, viloyatning Janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 kilometr Janubda, 91 metr balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimgi Xeykaniq) kanali o&#8217;tgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Urganch (30 kilometr). Maydoni 0,08 ming kilometr kvadrat. Aholisi 51,2 ming kishi (2004). Xiva \u2014 O&#8217;zbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, shahar miloddan avvalgi 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimgi qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bog&#8217;liq. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar shahar nomini Xorazmiy tiliga yaqin bo&#8217;lgan qadimgi osetin tilidagi &#8220;Xiauv&#8221; \u2014 qal&#8217;a so&#8217;zidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan oqib o&#8217;tgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining o&#8217;zgartirilgan (Xeykaniq\u2014 Xeyvaniq\u2014Xeyvaq\u2014Xeva\u2014 Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qo&#8217;shmuhammad o&#8217;zining 1831 yilda yozgan &#8220;Dili g&#8217;aroyib&#8221; asarida Xorazmning qadimgi shaharlarini nomma-nom sanar ekan, &#8220;Bu mamlakatning yana bir qal&#8217;asi \u2014 Qal&#8217;ai Ramldir. Bu qal&#8217;aga som ibn Nuh asos solgan bo&#8217;lib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir&#8221; deydi. Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning o&#8217;g&#8217;li Som bo&#8217;lajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qal&#8217;asida qadimgi Xeyvaq (Xivak) qudug&#8217;i saqlanib qolgan. Xiva to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ishonchli ma&#8217;lumotlar 10-asrdan boshlab arab-fors tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi. Istaxriy (930) Xivani o&#8217;sha davrdagi eng yirik 30 ta shahar ro&#8217;yxatiga kiritgan. U Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yo&#8217;lida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra esa Xiva bilan Hazorasp o&#8217;rtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat bo&#8217;lgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yo&#8217;lida joylashgan shahar sifatida eslatib o&#8217;tiladi. 17-asrda yashab o&#8217;tgan Mahmud ibn Valiy bu shahar to&#8217;g&#8217;risida shunday yozadi: &#8220;Xiva keng va bahavo shahar. U Shayx Najmiddin Kubroning vatanidir&#8221;. Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning &#8220;Shajarai turk&#8221; va &#8220;Shajarai tarokima&#8221; asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub. Xiva o&#8217;zining tarixiy o&#8217;tmishi, me&#8217;moriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qadimgi shaharlar orasida alohida o&#8217;rin tutadi. Yer kurrasida mashhur bo&#8217;lgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh bo&#8217;lgan bu shaharning Ichan qal&#8217;a qismi (1990) Jahon merosi ro&#8217;yxatiga kiritilgan 100-shahar bo&#8217;lib, dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan Azim zamin hisoblanadi. Miloddan avvalgi 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, so&#8217;ngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida bo&#8217;lgan. Ilk o&#8217;rta asrlarda Xiva orqali Sharqni G&#8217;arb bilan bog&#8217;lovchi Buyuk ipak yo&#8217;li o&#8217;tgan. 4-asr boshlaridan Xiva \u2014 Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda u qal&#8217;a devori bilan o&#8217;rab olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyohlari Istaxriy va Mukaddasiy qo&#8217;lyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri bo&#8217;lgan. 1221 yildan mo&#8217;g&#8217;ullar imperiyasi, 1389 yildan Temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 Fevralgacha Xiva xonligi poytaxti bo&#8217;lgan. Xonlik 1873 yil rus qo&#8217;shinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita ko&#8217;ra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920-24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti bo&#8217;lib turgan. Xivani arxeologik jihatdan o&#8217;rganish qisman S.P.Tolstov, Ya.G&#8217;.G&#8217;ulomov, A.I.Terenojkin va boshqalar tomonidan 20-asr o&#8217;rtalarigacha olib borilgan. 1984-1993 yillarda arxeologik qazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog&#8217;iston bo&#8217;limi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridtsi. Shahar xududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qadimgi qismi \u2014 Ichan qal&#8217;ada 1200 metr kvadrat bo&#8217;lgan maydon qazib o&#8217;rganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo bo&#8217;lish davri qadimgi ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qal&#8217;a o&#8217;rnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr miloddan avvalgi 5-asrga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Miloddan avvalgi 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos bo&#8217;lgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarda qal&#8217;a atrofi 2 qavatli qalin devor bilan o&#8217;rab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom g&#8217;isht terilib, bunyod etilgan. G&#8217;ishtlarning aksariyatiga tamg\u2019a bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 metrli yo&#8217;lak bo&#8217;lgan. Devor bo&#8217;ylab, har 22\u2014 27 metr masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar to&#8217;g&#8217;ri burchakli bo&#8217;lgan. Qal&#8217;a devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4\u20148,5 metr masofadagi qo&#8217;shimcha to&#8217;siq \u2014 devor bilan o&#8217;rab chiqilgan. Devor ichi va yo&#8217;laklardan topilgan sopol buyumlar miloddan avvalgi 4-3-asrlarga taalluqli. Bo&#8217;yin qismi ingichka, nozik qilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir Nodir topilma \u2014 ko&#8217;zachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qadimgi qal&#8217;a devori va yo&#8217;laklar Xiva o&#8217;sha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir. Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Miloddan avvalgi 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qal&#8217;a devorlari vayron bo&#8217;ldi. Milodiy boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qal&#8217;a devorining g&#8217;arbiy qismida Ark bunyod etildi. 1-3- asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qal&#8217;a devorlari tashqarisidan qalin g&#8217;ishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5\u2014 9 metrga yetdi. Arxeologik tadqiqotlarning ko&#8217;rsatishicha, milodiy 4-5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6-8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki ko&#8217;shklari paydo bo&#8217;la boshladi. Ichan qal&#8217;ada shunday ko&#8217;shklardan 2 tasi topilgan. Shahar Xorazmshoxlar davri (12\u2014 13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220-21 yillarda Xiva Chingizxon qo&#8217;shinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi. Keyingi davrda ayniqsa, 16-19-asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, O&#8217;rta va yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari o&#8217;rnatildi. Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Me&#8217;moriy qiyofasi ham o&#8217;zgara bordi. Shahardan o&#8217;zaro ko&#8217;ndalang kesishgan 2 ta katta ko&#8217;cha va 4 darvoza (otadarvoza, Polvondarvoza, Bog&#8217;chadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qal&#8217;a (rabod) ga chiqiladi. Ichan qal&#8217;a devorining uzunligi 2200 metr, balandligi 6\u2014 8 metr, tag zaminining qalinligi 5-6 metr. Qal&#8217;a to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklida qurilgan bo&#8217;lib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, jami 26 gektar maydonga ega. Xivaning rabod qismi Dishan qal&#8217;a 1842 yil Olloqulixon davrida (1825\u2014 42) baland devor bilan o&#8217;rab olingan. O&#8217;sha davrda Ichan qal&#8217;ada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qal&#8217;ada 34 mahalla bo&#8217;lgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, elakchilik, kulollar, misgarlik, g&#8217;assollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik ko&#8217;cha, 79 masjid va 120 qorixona bo&#8217;lgan. Xivada 19-asr o&#8217;rtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi. 1874 yilda shahar ma&#8217;muriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona, O&#8217;r, Ko&#8217;hnabozor, Kaltaminor, Amin Chorsu, Mevaston, Qoraa&#8217;lam va yangi qal&#8217;a mavzelariga bo&#8217;lingan. Xiva xonning &#8220;mulki xolisasi&#8221; hisoblanib shaxsan uning o&#8217;zi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida Xivada 64 madrasa, 79 masjid bo&#8217;lgan. 1924 yil shaharda olingan aholi ro&#8217;yxatida 4029 xonadonda 18145 kishi qayd qilingan. Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1 ming metr, eniga 400 metr bo&#8217;lib, 40 gektar maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan o&#8217;rab olingan. Shaharga Sharq tomondan maxsus ko&#8217;prik orqali kirish mumkin bo&#8217;lgan. Ko&#8217;prik kechalari ko&#8217;tarib qo&#8217;yilgan. Ko&#8217;prik yonidagi darvozadan boshlangan katta ko&#8217;cha to&#8217;ppato&#8217;g&#8217;ri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy ko&#8217;chasi uni 2 qism (shimol va Janub) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona bo&#8217;lib, ular maxsus qal&#8217;a devori bilan o&#8217;ralgan. Lekin, o&#8217;sha davrdagi ba&#8217;zi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, shaharda o&#8217;sha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi bo&#8217;lgan. Shaharning juda aniq va mukammal bo&#8217;lgan so&#8217;nggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan so&#8217;ng rus topograflari tomonidan tuzilgan va o&#8217;sha yiliyoq &#8220;1873 yilgi Xiva yurishlari&#8221; maqolasiga ilova tarzida bosilgan. Me&#8217;moriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar O&#8217;rta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda O&#8217;rta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qal&#8217;a (Shahriston) qismi tarixiy-me&#8217;moriy yodgorliklar qo&#8217;riqxonasi deb e&#8217;lon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan o&#8217;rni YUNESKO Bosh konferentsiyasining (1995 yil oktabr\u2014noyabr) 28-sessiyasida alohida qayd qilindi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi. Shaharda &#8220;Xiva-Karpet&#8221; qo&#8217;shma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, tikuvchilik, &#8220;Xiva gilami&#8221; aktsiyadorlik jamiyati va boshqalar gilam to&#8217;qish korxonalari, non kombinati, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Urganch universitetining agromenejment fakulteti, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasining Xorazm Ma&#8217;mun akademiyasi bo&#8217;limi, Qoraqum ilmiy tadqiqot stantsiyasi, pedagogika, tibbiyot, turizm kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy ta&#8217;lim maktabi, Mehribonlik uyi, 2 Maxsus internat, viloyat qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, san&#8217;at maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i mavjud. Al-Xorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi o&#8217;zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, Markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug&#8217;ruqxona, bolalar kasalxonasi, tish davolash markazi, Markaziy dorixona, xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Tarixiy-me&#8217;moriy obidalardan Sayd Aloviddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud majmuasi, Juma masjid, ko&#8217;hna Ark, Oqshayx bobo ko&#8217;shki, Toshhovli, Nurullaboy saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Islomxo&#8217;ja madrasasi va minorasi, Olloqulixon madrasasi, Qutlug&#8217;murod inoq madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va TIMI, Anushaxon xammomi, oq masjid, polvon darvoza, ota darvoza, Bog&#8217;cha darvoza, tosh darvoza, Hazorasp darvoza, kush darvoza va boshqalar saqlanib qolgan. Shaharda &#8220;Xiva\u2014Sharq gavhari&#8221; jurnali (2001 yildan), &#8220;Xiva tongi&#8221; tuman gazetalar nashr etiladi. Shahar jahon turizmi markazlaridan birga aylangan. Xivaga har yili 200 mingdan ziyod sayyoh, shu jumladan, 7 mingga yaqin xorijlik sayyoh va mehmonlar tashrif buyuradi. Shaharda &#8220;O&#8217;zbekturizm&#8221; milliy kompaniyasiga qarashli va bir necha xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Xivadan Urganch shahriga trolleybus qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan (1997). Xiva\u2014Toshkent, Xiva\u2014Buxoro, Xiva\u2014Navoiy\u2014Samarqand\u2014Toshkent yo&#8217;nalishida, shuningdek, Urganch, Qo&#8217;shko&#8217;pir, Yangiariq, Bog&#8217;ot, Hazorasp va viloyatdagi boshqa shahar va yirik aholi punktlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Ad.: Gulyamov Ya.G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941; Abdurasulov A., Xiva, T., 1997; Zaxidov P.Sh., Xiva, T., 1980; Mamedov M.A., Muradov R.G., Srednevekoviye pismennie istochniki o drevnem Urganche, Ashxabad, 2000. Abdulla Abdurasulov, Ibrohim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xiva \u2014 Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. O&#8217;zbekistonning shimoli g&#8217;arbida, viloyatning Janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 kilometr Janubda, 91 metr balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimgi Xeykaniq) kanali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xiva\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-91489","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91489","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=91489"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91489\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":91494,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91489\/revisions\/91494"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=91489"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=91489"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=91489"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}