{"id":91609,"date":"2023-07-19T13:21:54","date_gmt":"2023-07-19T10:21:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=91609"},"modified":"2023-07-19T13:21:57","modified_gmt":"2023-07-19T10:21:57","slug":"xojalik-faoliyati-sohasidagi-jinoyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xojalik-faoliyati-sohasidagi-jinoyatlar\/","title":{"rendered":"Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar &#8211; xo&#8217;jalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog&#8217;liq holda yuzaga kelib shaxsning sog&#8217;lig&#8217;iga yoki jamiyat manfaatlariga yoxud davlatning iqtisodiy tizimiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar. Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni 2 guruhga: xo&#8217;jalik faoliyatini tashkil qilish bilan va bevosita xo&#8217;jalik ishlab chiqarish jarayoni bilan bog&#8217;liq holda yuzaga keluvchi jinoyatlarga bo&#8217;lish mumkin. Xo&#8217;jalik faoliyatini tashkil qilish bilan bog&#8217;liq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan ishlab chiqarish jarayonidan oldingi bosqichda, ya&#8217;ni xo&#8217;jalik faoliyatini yuritish uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga, O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga ko&#8217;ra, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug&#8217;ullanish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug&#8217;ullanish, qonunga xilof ravishda axborot to&#8217;plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchini obro&#8217;sizlantirish kabi jinoyatlar kiradi. Bevosita xo&#8217;jalik ishlab chiqarish jarayoni bilan bog&#8217;liq holda yuzaga keluvchi jinoyatlar asosan mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko&#8217;rsatish, ishlar bajarish jarayonida, shuningdek, xo&#8217;jalik faoliyati natijalarini realizatsiya qilish bosqichida yuzaga keladi. Ushbu guruhdagi jinoyatlarga O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga ko&#8217;ra, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish va sotish, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, savdo yoki xizmat ko&#8217;rsatish qoidalarini buzish kabi jinoyatlar kiradi. Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar oddiy va maxsus sub&#8217;yektlar tomonidan sodir etilishi mumkin. Jinoyatning oddiy sub&#8217;yektiga xo&#8217;jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmatlar ko&#8217;rsatish, ishlar bajarishni bevosita amalga oshiradigan, tashkil qiladigan, shuningdek, realizatsiya qiladigan fuqarolar kiradi. Bunday sub&#8217;yektlar tomonidan jinoyat sodir etilishi Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jinoyatning maxsus sub&#8217;yektlariga mansabdor shaxslar, uyushgan guruh, takroran jinoyat sodir etgan shaxslar hamda xavfli retsidivistlar kiradi. Ushbu toifadagi jinoyatlar maxsus sub&#8217;yektlar tomonidan sodir etilganda jinoyatni og&#8217;irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinishi kerak. Ya&#8217;ni xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni oddiy yoki maxsus sub&#8217;yektlar tomonidan sodir etilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga bevosita ta&#8217;sir qiladi. Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, asosan, harakat bilan, ayrim hollarda aralash tarzda (harakat va harakatsizlik bilan) sodir etilishi mumkin (savdo yoki vositachilik faoliyati bilan konunga xilof ravishda shug&#8217;ullanish), faoliyat bilan litsenziyasiz shug&#8217;ullanish. Ushbu toifadagi jinoyatlar fakat bir holatda, ya&#8217;ni savdo yoki xizmat ko&#8217;rsatish qoidalarini buzish jinoyatida harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar aksariyat hollarda qasddan, shuningdek, ehtiyotsizlik orqali ham sodir etiladi. Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar uchun jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qo&#8217;llanadi. Bunday jinoyatlarning deyarli barchasida muayyan huquqdan mahrum etish jazosi asosiy jazo sifatida qo&#8217;llanishi ushbu toifadagi jinoyatlar uchun jazo tayinlashning o&#8217;ziga xos xususiyatidir. Mirzayusuf Rustamboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xo&#8217;jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar &#8211; xo&#8217;jalik faoliyatini tashkil etish yoki bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog&#8217;liq holda yuzaga kelib shaxsning sog&#8217;lig&#8217;iga yoki jamiyat manfaatlariga yoxud davlatning iqtisodiy tizimiga zarar yetkazuvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xojalik-faoliyati-sohasidagi-jinoyatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-91609","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91609","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=91609"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91609\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":91611,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91609\/revisions\/91611"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=91609"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=91609"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=91609"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}