{"id":9174,"date":"2021-11-09T16:20:00","date_gmt":"2021-11-09T13:20:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9174"},"modified":"2025-10-30T13:26:42","modified_gmt":"2025-10-30T10:26:42","slug":"xurshid-davron-1952-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xurshid-davron-1952-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Xurshid Davron (1952) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Iste\u2019dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda ishlagan (1974\u2014 94). Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazida rahbar o\u2018rinbosari (1994\u201496), 1996 yildan O\u2018zbekiston televideniyesi \u00abYoshlar\u00bb telekanalining bosh direktori bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning ilk she\u2019rlari 1976\u20141977 yillardan boshlab \u00abSharq tongi\u00bb tuman gazetasi, \u00abLenin yo\u2018li\u00bb viloyat gazetasida bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili \u00abGuliston\u00bb jurnalida ustoz shoir Erkin Vohidovning oq yo\u2018li bilan boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki she\u2019rlar to\u2018plami \u2014 \u00abQadrdon quyosh\u00bb (1979). \u00abShahardagi olma daraxti\u00bb (1979), \u00abTungi bog\u2018lar\u00bb (1981), \u00abUchib boraman qushlar bilan\u00bb (1983), \u00abTo\u2018marisning ko\u2018zlari\u00bb (1984), \u00abBolalikning ovozi\u00bb (1986), \u00abQaqnus\u00bb (1987), \u00abPolyot odinokoy ptits\u044b\u00bb (1989), \u00abSamarqand xayoli\u00bb (1991), \u00abBahordan bir kun oldin\u00bb (1997) kabi she\u2019riy to\u2018plamlari nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>She\u2019rlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan o\u2018zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. Xurshid Davron so\u2018zga, ifoda vositalari va she\u2019riy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xurshid Davron 90-yillarda she\u2019riyatdan ko\u2018ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U olis o\u2018tmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi mo\u2018tabar qo\u2018lyozma manbalar bilan tanishdi va Bibixonim haqida \u00abSamarkand xayoli\u00bb (1991), Ulug\u2018bek haqida \u00abSohibqiron nabirasi\u00bb (1995), Shayx Kubro haqida \u00abShahidlar shohi\u00bb (1998) kabi tarixiy-ma\u2019rifiy kissalarni yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda O\u2018zbekistonda tarixiy o\u2018tmishga bo\u2018lgan munosabatning yana ham qizg\u2018in tus olishiga munosib hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xurshid Davron bunday tarixiy siymolar hayotini puxta o\u2018rganib, ular haqida sahna asarlari ham yozdi (\u00abMirzo Ulug\u2018bek\u00bb \u2014 \u00abAlg\u2018ul\u00bb, 1995; \u00abBoburshoh\u00bb, 1996). Xurshid Davron tarixiy mavzudagi bu asarlari bilan hozirgi o\u2018zbek dramaturgiyasiga o\u2018tmishda yashagan ajoyib vatandoshlarimizning yorqin obrazlarini olib kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xurshid Davron ayni paytda Samarqandda Amir Temurning 660, Ulug\u2018bekning 600 yilligiga, Parijda \u00abOdeon\u00bb teatrida Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag\u2018ishlab o\u2018tkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismdan iborat \u00abTemurnoma\u00bb videofilmi va \u00abBuxoroyi sharif\u00bb (2 qismli) telefilmi stsenariylari muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharq va G\u2018arb shoirlarining asarlaridan iborat \u00abQirq bir ishq daftari\u00bb (1989) va yapon shoirlarining she\u2019rlaridan tarkib topgan \u00abDengiz yaproqlari\u00bb (1988) to\u2018plamlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xurshid Davron 2-chaqiriq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. O\u2018zbekiston xalq shoiri (1999), \u00abDo\u2018stlik\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (1997).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u2019dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xurshid-davron-1952-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9177,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9174","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9174","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9174"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9174\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163832,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9174\/revisions\/163832"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9177"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9174"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9174"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9174"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}