{"id":9219,"date":"2021-11-09T16:45:30","date_gmt":"2021-11-09T13:45:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9219"},"modified":"2025-10-30T10:16:44","modified_gmt":"2025-10-30T07:16:44","slug":"hamid-olimjon-1909-1944-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamid-olimjon-1909-1944-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Hamid Olimjon (1909-1944) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Iste\u2019dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang\u2018ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923\u20141926), so\u2018ng Pedakademiyada (1926\u2014 1931) o\u2018qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she\u2019riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan \u00abZarafshon\u00bb gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro\u2018znoma muharririyatiga ishga o\u2018tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamid Olimjonning \u00abKo\u2018klam\u00bb nomli ilk she\u2019riy to\u2018plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so\u2018ng \u00abOlov sochlar\u00bb (1931), \u00abO\u2018lim yovga\u00bb (1932), \u00abPoyga\u00bb (1932) kabi she\u2019riy to\u2018plamlari nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davr bilan birga odim tashlagan, o\u2018z ijodida xalqimizning mehnat jabhasidagi qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda qator ajoyib lirik she\u2019rlar bilan birga \u00abZaynab va Omon\u00bb dostonini yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamid Olimjon she\u2019riyatining lirik qahramoni \u2014 zamon bilan baravar odim otuvchi, vatanparvar, shodlik va baxt taronalarini kuylovchi insondir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a\u2019zosi (1943) Hamid Olimjon o\u2018zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo\u2018yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamid Olimjon A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarini tarjima qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek xalq og\u2018zaki ijodining ajoyib durdonasi \u00abAlpomish\u00bb dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib (1938), chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o\u2018tkazish yubiley qo\u2018mitasining a\u2019zosi sifatida ulug\u2018 shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxirigacha O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamid Olimjon \u00abDaryo kechasi\u00bb (1936), \u00abO\u2018lka\u00bb (1939), \u00abBaxt\u00bb (1940) to\u2018plamlari, \u00abIkki qizning hikoyasi\u00bb (1935\u20141937), \u00abOygul va Baxtiyor\u00bb (1937), \u00abSemurg\u2018\u00bb (1939) dostonlari bilan o\u2018zbek she\u2019riyatida romantik tasvir tamoyillarining qaror topishiga katta hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida uning \u00abMuqanna\u00bb nomli she\u2019riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning go\u2018zal namunalaridan biri bo\u2018lib kelayotir. Uning \u00abJinoyat\u00bb dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she\u2019riy to\u2018plamlari bilan bir qatorda \u00abJangchi Tursun\u00bb, \u00abRoksananing ko\u2018z yoshlari\u00bb kabi qator balladalari ham yaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iste\u2019dodli shoir 1944 yil 3 iyulda avtomobil halokatiga uchrab, vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u2019dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang\u2018ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923\u20141926), so\u2018ng Pedakademiyada (1926\u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamid-olimjon-1909-1944-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9222,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9219","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9219","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9219"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9219\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163230,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9219\/revisions\/163230"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9222"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9219"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9219"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9219"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}