{"id":92540,"date":"2023-07-21T09:04:38","date_gmt":"2023-07-21T06:04:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92540"},"modified":"2023-07-21T09:04:43","modified_gmt":"2023-07-21T06:04:43","slug":"shayboniyxon-sulton-muhammad-shayboniyxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayboniyxon-sulton-muhammad-shayboniyxon\/","title":{"rendered":"Shayboniyxon, Sulton Muhammad Shayboniyxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Shayboniyxon, Sulton Muhammad Shayboniyxon (1451\u2014 1510) \u2014 Shayboniylar sulolasi asoschisi. Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog&#8217; Sultonning o&#8217;g&#8217;li. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo&#8217;ygan. Otasining erta vafotidan so&#8217;ng, bobosining qaramog&#8217;ida qolgan Sulton Muxammad Shaybon Boyshayx otalig&#8217;ida voyaga etgan. U 15-asr 80-yillarida Abulxayrxon vafotidan so&#8217;ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatmoqchi bo&#8217;lgan. Shayboniyxon 1490 yillardan o&#8217;zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi bo&#8217;lgan Movarounnahrda ham o&#8217;z hukmronligini o&#8217;rnatish uchun harakat boshlagan. 15-asr oxiri \u2014 16-asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qo&#8217;liga o&#8217;tgan. U o\u2019zbek, fors tillarida g&#8217;azal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu g&#8217;azal, ruboiylaridan ayrimlari va &#8220;Baxrul Xudo&#8221; nomli dostoni, o&#8217;g&#8217;li Temur sultonga atab yozgan pandnasihatlardan iborat kitobi (Yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan. Shayboniyxon Turkistonning Sig&#8217;noq, Sabron, yassi sh.larini ham o&#8217;z qo&#8217;l ostiga kiritgan. 1504 yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505 yilda Xorazm, 1507 yilda Hirot ham Shayboniyxon qo&#8217;l ostiga o&#8217;tgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan. 1510 yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlog&#8217;ida Eron shohi Ismoil Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniyxon qo&#8217;shini o&#8217;rtasidagi jangda uning qo&#8217;shinlari mag&#8217;lubiyatga uchragan va Shayboniyxonning o&#8217;zi ham halok bo&#8217;lgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari o&#8217;rtasidagi burchakda joylashgan bo&#8217;lib, bu erga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Ad.: Istoriya Uzbekistana, t. 3, Bartold V.V., Sheybanidi Sochineniya, t. 2 (ch.2), M., 1964. Roziya Mukminova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayboniyxon, Sulton Muhammad Shayboniyxon (1451\u2014 1510) \u2014 Shayboniylar sulolasi asoschisi. Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog&#8217; Sultonning o&#8217;g&#8217;li. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo&#8217;ygan. Otasining erta vafotidan so&#8217;ng, bobosining qaramog&#8217;ida qolgan Sulton Muxammad &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayboniyxon-sulton-muhammad-shayboniyxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92540","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92540","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92540"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92540\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92542,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92540\/revisions\/92542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92540"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92540"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92540"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}