{"id":92571,"date":"2023-07-21T09:31:07","date_gmt":"2023-07-21T06:31:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92571"},"modified":"2023-07-21T09:31:13","modified_gmt":"2023-07-21T06:31:13","slug":"shorchi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorchi-tumani\/","title":{"rendered":"Sho&#8217;rchi tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Sho&#8217;rchi tumani \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. Shimoldan Oltinsoy, Denov, Janub va g&#8217;arbdan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,85 ming kilometr kvadrat. Aholisi 152,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Sho&#8217;rchi), 1 shaharcha (Elbayon bekati), 10 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Baxtlitepa, Dalvarzin, Jaloyir, kichik Savur, Oxunboboyev, Oqtumshuq, Sohibkor, Sho&#8217;rchi, Elobod, Yangibozor) bor. Tuman markazi \u2014 Sho&#8217;rchi shahri. Tabiati. Relefi, asosan, tekislik va adirlardan iborat. O&#8217;rtacha balandligi 400-700 metr. Tuman hududi o&#8217;rtasidan Surxondaryo oqib o&#8217;tadi (tuman hududidagi uzunligi 25 kilometr). Daryo qayirida mavjud bo&#8217;lgan Oqtumshuq, shaldiroq kabi to&#8217;qaylar quritilib, dehqonchilik uchun o&#8217;zlashtirildi. Tumanning Janubi g&#8217;arbida Janubiy Surxon, shim.sharqida Degrez suv omborlari qurilgan. Sho&#8217;rchi tumani hududida suvsiz quruq soy ko&#8217;p. Bahorda Bobotog&#8217;dan mavsumiy oqimga ega bo&#8217;lgan Fayzova, Xo&#8217;jakulsin, arg&#8217;amchi soylari oqib tushadi. Boysun tog&#8217;laridan oqib tushadigan Halqajar daryosi kichik sharsharalar hosil kilgan. Bobotog&#8217;ning adir va tog&#8217;zonasida neft, gaz va fosforit konlari topilgan. Iqlimi quruq, tipik subtropik iklim. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 15\u00b0, yanvarniki 2,6\u00b0. Eng past temperatura -25\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29\u00b0, eng yuqori temperatura 46\u00b0. Yiliga 240-260 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Ba&#8217;zan kuchli shamollar esadi. Tuprog&#8217;i o&#8217;tloqi va bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan shuvoq, sho&#8217;ra, yantoq, pista, tog&#8217;rayhoni, do&#8217;lana, rovoch, alqor va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, jayran, kala- mush, qo&#8217;shoyoq, yumronqoziq, ko&#8217;rsichqon, jayra; to&#8217;qaylarda to&#8217;qay mushugi, qobon, chiyabo&#8217;ri; qushlardan: mayna, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, kaklik, ko&#8217;rshapalak, g&#8217;oz, o&#8217;rdak, turna; sudraluvchilardan o&#8217;qilon, gekkon, ko&#8217;zoynakli ilon va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 179,2 kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tumanda &#8220;Don mahsulotlar&#8221;, &#8220;Sho&#8217;rchipaxta&#8221; aktsiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, aholiga maishiy xizmat ko&#8217;rsatish uyushmasi, &#8220;Sho&#8217;rchimebel&#8221; kompaniyasi, MTP, pillakashlik fabrikasi, 2 ta non yopish korxonasi, &#8220;Istiqlol&#8221; poyabzal ishlab chiqarish korxonasi va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Yirik elevator va 2 ta un tegirmoni ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jalik kompleks rivojlangan, asosan, paxta, g&#8217;alla, shuningdek, meva va uzum yetishtiriladi. Sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Emxashak ekinlari ekiladi. Tumanda 9 shirkat, 600 ga yaqin fermer xo&#8217;jaligi, 5 ta fermerlar uyushmasi mavjud. Sho&#8217;rchi tumanidagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, yilqi, parranda boqiladi. Sho&#8217;rchi tumani hududidan o&#8217;tgan temir yo\u2019l uzunligi 28 kilometr. 58 umumiy ta&#8217;lim maktabi (43 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), bolalar musiqa maktabi, qishloq xo&#8217;jaligi, kommunal xizmat ko&#8217;rsatish, tibbiyot kasb-hunar kollejlari, 2 ta maxsus maktab internati, ixtisoslashtirilgan internatmaktabi mavjud. 7 qishloq madaniyat uyi, 5 qishloq klubi, tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, ko&#8217;zi ojizlar kutubxonasi aholiga xiz- mat ko&#8217;rsatadi. 290 o&#8217;ringa mo&#8217;ljallangan 4 ta kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 8 qishloq vrachlik punkti, 24 ta dorixona, 3 ta poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalarda 263 vrach, 1100 ga yaqin o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida Dalvarzintepa xarobalari joylashgan. Sho&#8217;rchi tumani hududi orqali Moskva \u2014 Dushanba poezdi o&#8217;tadi. Sho&#8217;rchidan Termiz, Qarluq, Boysun, Denov, Sherobod, Qumqo&#8217;rg&#8217;on, Kofrun yo&#8217;nalishlarida avtobuslar qatnaydi. Termiz\u2014 Regar yo&#8217;nalishidagi avtobus ham tuman hududidan o&#8217;tadi. Tuman &#8220;Sho&#8217;rchi hayoti&#8221; gazetasi 1936 yildan chop etiladi (adadi 1710).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sho&#8217;rchi tumani \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. Shimoldan Oltinsoy, Denov, Janub va g&#8217;arbdan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,85 ming kilometr kvadrat. Aholisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorchi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92571","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92571","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92571"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92571\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92571\/revisions\/92573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92571"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92571"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92571"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}