{"id":92582,"date":"2023-07-21T09:59:53","date_gmt":"2023-07-21T06:59:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92582"},"modified":"2023-07-21T10:00:01","modified_gmt":"2023-07-21T07:00:01","slug":"shorlanish-tuproq-shorlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorlanish-tuproq-shorlanishi\/","title":{"rendered":"Sho&#8217;rlanish, tuproq sho&#8217;rlanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Sho&#8217;rlanish, tuproq sho&#8217;rlanishi \u2014 suvda eriydigan mineral tuzlarning tuproqsa to&#8217;planish jarayoni. Sho&#8217;rlanish, asosan, cho&#8217;l va chala cho&#8217;llardagi pasttekisliklar hamda er osti suvlari oqib chiqmaydigan botiqlarga xos. Sho&#8217;rlanish birlamchi va ikkilamchi bo&#8217;lishi mumkin. Birlamchi Sho&#8217;rlanish \u2014 sho&#8217;r (minerallashgan) sizot suvlarining bug&#8217;lanishi, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarkibidagi tuzlarning erishi yoki suv havzalari atrofidagi tuzli to&#8217;zonlarning shamol ta&#8217;sirida uchishi (eol omil), o&#8217;simliklar vositasida tuzlarning biologik to&#8217;planishi. Ikkilamchi Sho&#8217;rlanish tuproqda suv rejimining buzilishi, ya&#8217;ni noto&#8217;g&#8217;ri sug&#8217;orish natijasida birlamchi Sho&#8217;rlanishda yuz bergan joylarda sodir bo&#8217;ladi. Ikkilamchi Sho&#8217;rlanishning mavsumiy, dog&#8217;li va yoppasiga yuz berishi mumkin bo&#8217;lgan xillari bor. Mavsumiy Sho&#8217;rlanish tuzning tuproqda qishloq xo\u2019jalik ekinlarining vegetatsiya davrida to&#8217;planishi. Bu, asosan, yoz oylarida sug&#8217;orish natijasida sathi ko&#8217;tarilgan grunt suvlari bug&#8217;lanishining kuchayishi tufayli yuz beradi. Mavsumiy Sho&#8217;rlanishga qarshi tuproqda kuzgi-qishki sho&#8217;r yuvish ishlari o&#8217;tkaziladi. Dog&#8217;li Sho&#8217;rlanish maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli bug&#8217;lanadigan joylarda sodir bo&#8217;ladi. Yoppasiga Sho&#8217;rlanish kuchli minerallashgan grunt suvlar sathi yer yuzasiga yaqin bo&#8217;lgan joylarda ro&#8217;y berib, sug&#8217;oriladigan maydon yuzasining hamma qismini egallaydi. Sho&#8217;rlanishda ko&#8217;pincha sulfat, xlorid va karbonat kislota tuzlari, ayrim hollardagina cho&#8217;llarda nitrat kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari to&#8217;planadi. Bu turlarning ko&#8217;pchiligi o&#8217;simliklar uchun juda zararli. Xlorid va sulfat kislota tuzlarining miqdori tuproqda 0,1% bo&#8217;lgandayoq o&#8217;simlik zaharlana boshlaydi, 0,3%-0,5% ga et- ganda nobud bo&#8217;ladi. Xlorid kislotaning barcha tuzlari: osh tuzi (As1), magniy xlorid (M\u00a7S12) va kaltsiy xlorid (SaS12) o&#8217;ta zaharli. Xlorid kislota tuzlarining xavfli ta&#8217;siri yana shundaki, ular o&#8217;simlik to&#8217;qimalari devorini yemiradi va natijada o&#8217;simlik organizmida kechayotgan butun fiziologik jarayonlar buziladi, o&#8217;simlik nobud bo&#8217;ladi. Bu tuzlar tuproq eritmasining osmotik bosimini oshirib, fiziologik &#8220;quruqlik&#8221;ni vujudga keltiradi, bunday sharoitda o&#8217;simliklar xuddi quruq tuproqdagidek o&#8217;ziga zarur suv va oziq moddalarni shima olmaydi. Sho&#8217;rlanishning asosiy sababi yer yuzasiga yaqin minerallashgan grunt suvlar sathining ko&#8217;tarilib, bug&#8217;lanishidir. Bunda tuzlar tuproqning yuqori qatlamlari va yuzasida asta-sekin to&#8217;plana boradi. Mana shu jarayonlar kechadigan va kuchli bug&#8217;lanish boshlanadigan grunt suv sathi kritik chuqurlik deyiladi. Sho&#8217;rlanishni to&#8217;xtatish uchun grunt suvlar balandligini shu nuqtadan, ya&#8217;ni kritik chuqurlikdan drenaj yordamida doimo pasaytirib turish kerak. Tuzlarning kimyoviy tarkibi (Sho&#8217;rlanish tipi) ga ko&#8217;ra sodali, sodasulfatli, sulfatli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, xloridli va boshqalar Sho&#8217;rlanishlar bo&#8217;ladi. Ikkilamchi (qaytalangan) Sho&#8217;rlanish odam faoliyati ta&#8217;sirida vujudga keladi. Shuning uchun uni ba&#8217;zan antropogen Sho&#8217;rlanish ham deyiladi. Sugorish ta&#8217;sirida grunt suvlarining ko&#8217;payishi bilan sarflanishi o&#8217;rtasidagi muvozanat buziladi. Sug\u2019orishga beriladigan suvning tuproqqa ko&#8217;p miqdorda sizib ketishi (filtratsiyalanishi) natijasida tuproqda grunt suvlar zaxirasi keskin ko&#8217;payadn va sathi ko&#8217;tarilib, Sho&#8217;rlanishga sharoit yaratiladi. Agar funt suvlar sathi kritik chuqurlikdan past bo&#8217;lsa, u holda sug&#8217;orish ikkilamchi Sho&#8217;rlanishni vujudga keltirmaydi. Qayta Sho&#8217;rlanish, odatda, grunt yer osti suvlar yer osti oqimi yomon yoki umuman oqmaydigan maydonlardagi tuproqlarda sodir bo&#8217;ladi. Bunday gidrogeologik sharoit Mirzacho&#8217;l, Qarshi cho&#8217;li, Markaziy Farg&#8217;ona, quyi Amudaryo va boshqalar joylarga xos. Bu hududlarda grunt suvlar sathini pasay- tirish, ya&#8217;ni drenajlar qurish shart. Ad.: Rasulov A.M., Pochvm Karshin- skoy stepi, puti IX osvoeniya, T., 1976; Zasolyonnne pochvn Uzbekistana i voprosi IX osvoeniya i meliorasiya: (SB. statey), T., 1979; Abduganiev A.A., Problemn povnsheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya zasolyonnmx oroshaemmx zemel v Uzbskistane, T., 1980. Xushvaqt Namozov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sho&#8217;rlanish, tuproq sho&#8217;rlanishi \u2014 suvda eriydigan mineral tuzlarning tuproqsa to&#8217;planish jarayoni. Sho&#8217;rlanish, asosan, cho&#8217;l va chala cho&#8217;llardagi pasttekisliklar hamda er osti suvlari oqib chiqmaydigan botiqlarga xos. Sho&#8217;rlanish birlamchi va ikkilamchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorlanish-tuproq-shorlanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92582","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92582","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92582"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92582\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92599,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92582\/revisions\/92599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92582"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92582"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92582"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}