{"id":92621,"date":"2023-07-21T10:38:01","date_gmt":"2023-07-21T07:38:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92621"},"modified":"2023-07-21T10:38:06","modified_gmt":"2023-07-21T07:38:06","slug":"shorxoklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorxoklar\/","title":{"rendered":"Sho&#8217;rxoklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Sho&#8217;rxoklar \u2014 yuqori qatlamida 1% dan ko&#8217;proq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) ko&#8217;p bo&#8217;lgan tuproq tiplari guruhi. Sho&#8217;rxoklar Markaziy Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shim. Amerika, Kaspiybo&#8217;yi pasttekisliklari, shimoliy Qrim va O&#8217;rta Osiyo cho&#8217;l zonasida va och tusli bo&#8217;z tuproqlar mintaqasida tarqalgan. Dasht, cho&#8217;l, chala cho&#8217;llarning terlaydigan suv rejimi va quruq iqlim sharoitida minerallashgan grunt suvlarining bug&#8217;lanishi va tuproqlarning sho&#8217;rlanishi natijasida shakllanadi. Sho&#8217;rxoklarda tibiiy holda faqat galofitlar (sho&#8217;rsevar o&#8217;simliklar) o&#8217;sadi. Sho&#8217;rxoklar 2 tipga ajratiladi: avtomorf Sho&#8217;rxoklar \u2014 yuqori gorizontda tarkibida (0,5\u2014 1%) engil eriydigan tuzlar (xloridlar, sulfatlar) bo&#8217;lgan sho&#8217;rlangan ona jinsning yuqoriga chiqishi va gidromorf Sho&#8217;rxoklar \u2014 tuproqgrunt suvlari tarkibidagi (6-8% va undan yuqori) tuzlarning suv bilan birga kapillyarlar orqali yuqoriga ko&#8217;tarilib, to&#8217;planishi. Oson eruvchi tuzlar tarkibiga ko&#8217;ra, Sho&#8217;rxoklarning xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali va sodali, kationlar tarkibiga bog&#8217;liq holda natriyli, magniynatriyli, kaltsiynatriyli, magniyli va kaltsiyli xillari farqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi sho&#8217;rlangan Sho&#8217;rxoklar farqlanadi. Birlamchi sho&#8217;rlangan Sho&#8217;rxoklar tabiiy bo&#8217;lib, dengiz, ko&#8217;l qirg&#8217;oqlari, Daryo vohalari va quyilish joylari, shuningdek, sho&#8217;rlangan jinslar chiqib qolgan yerlarda rivojlanadi, ikkilamchi sho&#8217;rlangan Sho&#8217;rxoklar esa noto&#8217;g&#8217;ri sug&#8217;orish natijasida paydo bo&#8217;ladi. Sho&#8217;rxoklarni o&#8217;zlashtirishda grunt suvlar sathi drenajlar yordamida pasaytiriladi va tuproqdagi tuzlar yuviladi. Sho&#8217;rxoklarni o&#8217;zlashtirishda dastlabki yillari sholi (tuproqning 1 \u2014 1,5 metr chuqurlikdagi qavatini sho&#8217;rsizlantiradi), keyin sabzavot, donli ekinlar, g&#8217;o&#8217;za, emxashak ekinlari va boshqalar ekiladi, qo&#8217;y-echki va tuyalar boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Ad.: Rabochev I. S., Meliorasiya zasolennnx pochv srednego techeniya Amudari, Ashxabad, 1964; Pankov M.A., Meliorativnoe pochvovedeniya, T., 1974. Xushvaqt Namozov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sho&#8217;rxoklar \u2014 yuqori qatlamida 1% dan ko&#8217;proq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) ko&#8217;p bo&#8217;lgan tuproq tiplari guruhi. Sho&#8217;rxoklar Markaziy Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shim. Amerika, Kaspiybo&#8217;yi pasttekisliklari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shorxoklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92621","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92621","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92621"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92621\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92625,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92621\/revisions\/92625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92621"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92621"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92621"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}