{"id":92635,"date":"2023-07-21T10:45:40","date_gmt":"2023-07-21T07:45:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92635"},"modified":"2023-07-21T10:45:45","modified_gmt":"2023-07-21T07:45:45","slug":"shuhrat-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shuhrat-3\/","title":{"rendered":"Shuhrat"},"content":{"rendered":"\n<p>Shuhrat (taxallusi; asl nomi Alimov G&#8217;ulom Aminjonovich) (1918.19.4 \u2014 Toshkent \u2014 1993.20.6) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1986). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1978}. Transport texnikumi (1932\u2014 33), O\u2019rta Osiyo transport injenerlari tayyorlash instituti (1934-36) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1936-40)da o&#8217;qigan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-43). O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasining maslahat byurosida kotib (1934-36), adabiy maslahatchi (1955-58; 1960-70), Adabiyot jamg&#8217;armasida direktor (1958), yoshlar gazetasida bo&#8217;lim mudiri (1945-48), &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida bo&#8217;lim mudiri (1948-50), mas&#8217;ul kotib (196070). Shuhrat 1951 yilda qatag&#8217;on qilinib, qamoq lagerlarida bo&#8217;lgan. 1955 yilda oqlangan. Dastlabki asari \u2014 &#8220;Mehrol&#8221; (ertak- Doston, 1940). Shuhrat urushdan qaytgach, badiiy ijod bilan samarali shug&#8217;ullangan va ko&#8217;plab she&#8217;riy (&#8220;bizning ko&#8217;cha&#8221;, 1947; &#8220;Hayot nafasi&#8221;, 1948; &#8220;qardoshlar&#8221;, 1950; &#8220;balladalar&#8221;, 1958; &#8220;sening sevging&#8221;, 1961; &#8220;Ishqingda yonib&#8221;, 1964; &#8220;Buyuk muhabbat&#8221;, 1966; &#8220;Lirika&#8221;, 1973; &#8220;Shaydo ko&#8217;ngil&#8221;, 1976; &#8220;hali tun uzoq&#8221;, 1984 va boshqalar) va nasriy (&#8220;oila&#8221;, 1946; &#8220;Rustam&#8221;, 1947; &#8220;Balog&#8217;at&#8221;, 1958; &#8220;Bir kecha fojiasi&#8221;, 1976 va boshqalar) to&#8217;plamlarini e&#8217;lon qilgan. 60-70-yillarda yana Doston janriga qaytib, &#8220;mardlik afsonasi&#8221; (1959), &#8220;Guldursin&#8221; (1960), &#8220;so&#8217;lmas chechaklar&#8221;, &#8220;Jamila&#8221; (1962), &#8220;quvg&#8217;indi&#8221; (1963) singari dostonlar yozgan. Asarlari nafis lirizmi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqin ifodalanganligi, his-tuyg&#8217;ularning samimiyligi bilan ajralib turadi. Shuhratning so&#8217;nggi yillarda yozgan she&#8217;rlarida falsafiy o&#8217;ylar tasviri ustuvorlik qiladi; lirik qahramoni endi o&#8217;zining histuyg&#8217;ulari bilan emas, balki bir kam dunyoning siru sinoatlarini anglay boshlagan kishi sifatida, hayot va abadiyat, tabiat va jamiyat, o&#8217;tmish, hozirgi davr va kelajak haqida mushohada yurituvchi inson sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Shuhratning 2-jahon urushida ishtirok etib, vayron bo&#8217;lgan shahar va qishloqlarni, mag&#8217;lubiyat va g&#8217;alabani o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rishi uning yirik nasrga o&#8217;tib, &#8220;Shinelli yillar&#8221; (1958) romanini yozishiga turtki bergan. Shuhrat &#8220;Oltin zanglamas&#8221; (1965) romanida mustabid sovet tuzumi davrida inson haqhuquqlarining toptalishini o&#8217;zi guvoh bo&#8217;lgan voqealarni umumlashtirgan holda tasvirlagan, e&#8217;tiqod, Vatanparvarlik, vijdon amrini har bir kishining jamiyatdagi mavqei va insoniy qadrqimmatini belgilovchi muhim ma&#8217;naviy qadriyatlar sifatida talqin etgan. Shuhratning &#8220;Jannat qidirganlar&#8221; (1968) romani &#8220;Oltin zanglamas&#8221;ning mantiqiy davomidir. Shuhrat bu asarida haqiqat (Jannat) axtarib yashovchi kishilarning ikki xil ko&#8217;rinishini tasvirlashni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ygan. Yozuvchi umrining so&#8217;nggi kunlarida isyonkor shoir Mashrab haqidagi tarixiy roman ustida ishlagan, biroq asar tugallanmay qolgan. Shuhrat \u2014 &#8220;Besh kunlik kuyov&#8221; (1970), &#8220;Qo&#8217;sha qaringlar&#8221; (1971), &#8220;ona qizim&#8221; (1973) va boshqalar dramalarning muallifi. G. Geyne, A.S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, A.Miskevich, T. Shevchenko, M.Voqif asarlarini, shuningdek, yapon va Vetnam, Ozarbayjon shoirlarining she&#8217;rlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Vafotidan so&#8217;ng &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2003). As: tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1969\u2014 73; sening sevging, T., 2003. Ad.: Normatov U., Shuhrat, T., 1969; Adib hayotiga bir nazar [xotiralar], T., 1998.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shuhrat (taxallusi; asl nomi Alimov G&#8217;ulom Aminjonovich) (1918.19.4 \u2014 Toshkent \u2014 1993.20.6) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1986). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1978}. Transport texnikumi (1932\u2014 33), O\u2019rta Osiyo transport &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shuhrat-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92635","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92635","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92635"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92635\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92635\/revisions\/92637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92635"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92635"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92635"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}